O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
Bank tizining texnik ta‘minoti
Axborot texnologiyalar (IT) sohasidagi har qanday qaror mavjud axborot va texnologik muhit bilan qo‗llab quvvatlanishi kerak. Tarmoqlar, serverlar, ishchi stansiya va boshqa texnik jihozlar har qanday dastur mahsulotining tizim talabi ro‗yxatiga kirishi mumkin. Tizimli talab, odatda quyidagi apparat va dastur vositalarining texnik parametrlari bilan belgilanadi: protsessorlar bilan — tizim boshqaruvini bajaradigan va ma‘lumotlarni qayta ishlashni amalga oshiradigan qurilma; tizim xotirasi bilan—axborotni saqlash uchun taqdim etilgan ko‗plab qurilmalar bilan; interfeyslar bilan — texnik qurilmalar mexanizmlarining o‗zaro va tashqi muhit bilan munosabati; kommunikatsiya tizimi yoki tarmoq bilan — tizim komponentlari orasida axborot almashinuvini amalga oshiradigan tuzilish va mexanizmlar; operatsion tizimlar bilan — tizimning texnik komponentlari bilan boshqarish uchun funksiyalarning asosiy to‗plami bilann ta‘minlaydigan dasturiy ta‘minot. Oddiy tizimlar uchun bitta kompterga talab belgilanadi. Odatda bu barcha tizim ishini ta‘minlay oladigan shaxsiy kompter. Bunday arxitektura markazlashtirilgan tizim deb ataladi. Kompter asoslanadigan kuchiga ko‗ra markazlashtirilgan tizimlar yanada global vazifalarni hal etishlari mumkin. SHaxsiy kompterni ko‗p foydalanuvchili katta, supermini yoki miniEHMga almashtirish yagona markaziy tizim doirasidagi ko‗plab vazifalarni markazlashtirishga imkon beradi. Biroq ushbu qarorning yuqori narxi, shuningdek, etarlicha mutaxassis 176 yo‗qligi hamda markaziy kompyuterga asoslangan dasturiy echimlarning kam soni bu kabi tizimlardan foydalanishni chegaralaydi. Murakablik, axborot hajmi va bir vaqtning o‗zida amalga oshiriladigan jarayonlar o‗sishi natijasida texnik talablar bitta qurilma chegarasidan chiqadi va taqsimlangan tizimlar yaratilishiga olib keladi. Taqsimlangan hisoblash— qayta ishlash tarmoqqa ulangan bir nechta kompyuterlar bilan amalga oshiriladigan kompyuter tizimi. Bunda shakliga ko‗ra istalgan kompyuter tizimi mavjud va har bir kompyuter o‗z vazifasini yuajaradi, tarmoq esa tizim ishlashini bir butun sifatida qo‗llab quvvatlaydi. «Mijoz-server» — taqsimlangan hisoblash muhiti modeli, bunda vazifaning interfeys qismi foydalanuvchi mashinasida amalga oshiriladi, ko‗p resurslarni talab qiluvchi so‗rovlarni qata ishlash bir yoi bir necha serverlar bilan amalga oshiriladi. 1. Klasterlar — avtonom tizimlarga (komterlarning) nisbatan umumiy disklar xotirasi (umumiy fayl tizimlari bilan), mashinalararo munosabat vositalari va ma‘lumotlar bazasi yaxlitligini qo‗llab quvvatlashning jamuljamligini aks ettiruvchi hisoblash tizimi. Klasterlarni qo‗llash tizim foydaliligi va ishonchliligini oshiradi, bitta kompyuterning to‗xtab qolish holatida uning ishini o‗ziga boshqasi oladi. Foydalanuvchi nuqtai nazaridan klaster yagona tizim sifatida haraatlanadi. Bu arxitekturalar bir-birini rad etmaydi, arxiteturaning bir qismi uchun ―mijoz-server‖dan foydalanish boshqa resurslar uchun tarqatilgan hisoblashni olib borish bilan birlashtirilishi mumkin. Taqsimlangan tizimni tuzishda eng birinchi vazifa - qanday resurs shakllari taqsimlanishini belgilash bo‗lishi shart. Hissoblash kuchini bo‗lish kerak bo‗lgan holatda, taqsimlangan hisoblash tizimi yoki ―mijoz-server‖ arxitekturasi ko‗rib chiqiladi. Agar tizim ma‘lumotlarning juda katta oqimi va ularni saqlashni qayta ishlashni amalga oshirsa, unda klaster mexanizmlari tahlil qilinadi. «Mijoz-server» texnologiyalari axborot tizimni tashkil etuvchi ixtisosliklar tamoyiliga asoslanadi. Bunda ikki turdagi komponent: server va foydalanuvchining ish o‗rni (Desktop) belgilanadi. Server—ixtisoslashtirilgan yoki umumiy vazifalarni echish uchun xizmat 177 qiladigan dasturiy ta‘minotdir. Foydalanuvchining ish o‗rni – bu konkret foydalanuvchi vazifasini echish uchun, masalan, tizimning foydalanuvchi interfeysini amalga oshirish uchun xizmat qiladigan axborot tizimi komponentlaridir. «Server» atamasi ikki tomonlama talqin qilinishi mumkin: ham konkret kuchli ajratilgan kompyuter, yoki xizmatlardan bittasini amalga oshiradigan dasturiy ta‘minot. Ushbu bobda ayrim vazifalarni mustaqil bajarishni ta‘minlaydigan dastur server deb ataladi. Bunda vazifa ajratilgan kompyuterda ham ishchi stansiyasida ham bajarilishi mumkin. Oxirgi qaror ko‗pincha tizimni ishlab chiqaruvchilar tomonidan foydalaniladi. ―Mijoz-server‖ arxitekturasini tanlashda, birinchi navbatda, qaror serverlarga ko‗chiriladigan vazifalar ro‗yxati hajmini aniqlash zarur. Odatda, bu vazifalar umumiy kirishni yoki ko‗proq hisoblash kuchini talab etadigan bo‗lishadi. Quyida server sifatida eng ko‗p foydalaniladigan axborot xizmatlari ro‗yxati keltirilgan. Domen serveri tarmoq segmenti foydalanuvchilari ro‗yxatini, shuningde, ularning kirish huquqini belgilaydi. Birlashish monitoringini amalga oshiradi. ―Mijoz-server‖ tamoyili bo‗yicha ishlaydigan istalgan tarmoq operatsiyasining yadrosi hisoblanadi. Fayl-server fayl shaklidagi axborotni unga taqsimlangan kirish maqsadida saqlash uchun xizmat qiladi. Ularning har biriga kirishga nazoratni amalga oshiradi. Fayl- server sifatida shaxsiy disk masofada foydalanishga ruxsat beradigan istalgan kompyuter xizmat qilishi mumkin. Biroq, ko‗plab tarmoq operatsiya tizimlari fayl- serverni boshqarish uchun qo‗shimcha servislarning katta miqdorini taqdim etadi. Ma‘lumotlar bazasi serveri saqlash, qayta ishlash va strukturalangan axborotga kirishni ta‘minlashga xizmat qiladi. Bugungi kunda qarorlar uchun eng ko‗p SQL so‗rovlar tilini qo‗llab quvvatlovchi ma‘lumotlarning relyasion bazasi serverlari foydalaniladi. Ularga SUBD ORACLE, Microsoft SQL, DB2, SYBASE kiradi. Internet-server internet kelishuvi va qoidalariga mos keladigan axborotni etkazadi. Eng oddiy holatda esa – xuddi shunday faylli server bilan bir xil. Biroq, internet-server tushunchasi, odatda, axborotni qayta o‗zgartirish bilan bog‗liq 178 qo‗shimcha servislar to‗lamini ham qamrab oladi. Eng ko‗p tarqalgan serverlar APACHE va Internet Information Server (IIS) hisoblanadi. Taklif serveri ixtisoslashtirilgan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Ko‗plab bank tizimlari biznes-mantiq ilova bajarilishini ta‘minlovchi ilova serverlariga ega. Bunda ma‘lumotlarni saqlash vaunga kirishni nazorat qilish uchun ma‘lumotlar bazasi serveri javob beradi. Arxivlash serveri arxivlar – kamdan-kam foydalaniladigan axborotlarning katta hajmini saqlashni amalga oshiradi. Odatda fayl-serverdan serverlarning ushbu tipi kompressiyaning shaxsiy mexanizmlari, saqlangan axborot indeksatsiyasi va o‗zgarishlar kiritilgan tarixni saqlash bilan farq qiladi! Chop etish serveri umumiy printerda nashr qilishni boshqaradi. Agar ixtisoslashtirilgan qurilma hisoblanmasa, unda operatsion tizim tarmog‗i tarkibiga kiradi. Nashr qilish serverining asosi nashrga buyurilgan vazifalarni navbat bilan boshqarish mexanizmi hisoblanadi. ―Mijoz- server‖ arxiteturasining yangilanishidagi qarorlarni ko‗rib chiqishda ishchi stansiyalari qaror qilgan va mijoz vazifasi sifatida belgilangan vazifalar ro‗yxati aniqlanadi. Ularga quyidagilar kiradi: Foydalanuvchi interfeysi bilan boshqarish. Bu ishchi stansiya uchun foydalanuvchi interfeysining ekrandagi tasvir, tugma, kiritish maydoni, ro‗yxat kabi turli elementlar xizmatini o‗z ichiga olgan eng ko‗p tarqalgan vazifadir. Foydalanuvchi interfeysi bilan boshqarish ―mijoz-server‖ arxitekturasi va terminalli kirish o‗rtasidagi aniq chegarani ko‗rsatadigan vazifa hisoblanadi; Ofis takliflari. Bu erda ma‘lumotlarni tahrirlashni ta‘minlovchi vazifalar ro‗yxati keltirilgan. Bu turli muharrirlar, matnli va jadvalli protsessorlardir. Odatda ma‘lumotlarni tahrir qilishda qo‗lyozma kiritish jarayoni tarqalgan vazifa hisoblanmaydi va serverlar resursini tejash uchun mijoz o‗rniga almashadi; Bosib chiqarish. Yirik axborot tizimlarida bosib chiqarish funksiyasi serverda va mijoz stansiyasida amalga oshirilishi mumkin. Odatda, server 179 orqali bosib chiqarish qog‗ozga katta hajmdagi ma‘lumotlarni, masalan, hisoblar bo‗yicha ko‗chirmani ta‘minlaydi. Bu har bir ish o‗rniga qo‗yish mumkin bo‗lmagan yuqori mehnat samarasiga ega bo‗lgan printerga yuqori talab bilan bilan izohlanadi. Mijoz stansiyasi bilan konkret foydalanuvchiga zarur bo‗lgan hujjatlarni bosib chiqarish amalga oshiriladi; Ma‘lumotlarni yuklash va yuksizlantirish ham mijoz o‗rnida va ham serverda bajarilishi mumkin. Odatda, agar ma‘lumotlar avtomatik rejimda yuklansa va yuklashni ro‗yxatga olishni talab etmasa, ko‗rsatilgan operatsiyalarni server bajaradi. Agar ma‘lumotlarni yuklash yoki yuksizlantirish tasodifan bo‗lsa, unda ularning amalga oshirilishi mijoz o‗rnida yuz beradi. Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling