O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
Korxona resurslarini boshqarish (ERP-tizimlar)
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
Korxona resurslarini boshqarish (ERP-tizimlar). Hozirgi kunda
kompaniya ichki va tashqi faoliyatini optimallashtirish va avtomatlashtirish uchun rejalashtirish, tayyorlash, ro‗yxatga olish va nazorat kabi jarayonlarni takomillashtirishga yo‗naltirilgan ERP (Enterprise Resources Planning — Korxona resurslari boshqarish) deb nomlanuvchi tizimlar keng joriy etib borilmoqda. ―ERP-tizim‖ tizim atamasi APICS (American Production and Inventory 203 Control Society) mos holda ikki xil talqin bilan qo‗llanilishi mumkin. Birinchidan (keng ma‘noda), bu – savdo, ishlab chiqarish va xaridlar, ishlab chiqarish sohasida mijoz buyurtmalari bajarishda ro‗yxatga olish, xizmat ko‗rsatishni amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan korxona barcha resurslarini samarali rejalashtirish va boshqarish uslubiyotidir. Ikkinchidan, savdo, ishlab chiqarish va xaridlar, mijoz buyurtmalarini bajarilish jarayonlarini ro‗yxatga olishni amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan korxona barcha resurslarini samarali rejalashtirish va identifikatsiya qilish axborot tizimidir. ERP tizimda asosiy atama Enterprise – Korxona, shundan so‗ng – resurslarni rejalashtirish keladi. ERP tizimlarni qo‗llashdan asosiy maqsad kompaniyaning barcha funksiya va bo‗linmalarini alohida bo‗limlarning xususiy zaruriyatlariga xizmat qiluvchi yagona kompyuter tizimiga birlashtirishdir. ERP-tizimlar – bu tadbirkorlik operatsiyalariga ishlov berish va majmuaviy hamda tezkor (aniq vaqt lahzasiga) rejalashtirish, ishlab chiqarish, mijozlarga xizmat ko‗rsatishda hamkorlik qilish uchun yaratilgan kompyuter tizimidir. Kompaniya ERP tizimlarida mijozga ―tashqi olam elementi‖ sifatida qaraladi va ahamiyatli ta‘sir kuchiga ega bo‗lmaydi. Boshqacha aytganda, ERP –tizimlar ichki biznes-jarayonlarni optimallashtirish hisobiga raqobat ustuligiga erishishga yo‗naltiriladi. ERP-tizimlar quyidagi tasniflarga ega bo‗ladi: – an‘anaviy va internet-texnologiyalarga asoslangan mijoz-server muhiti uchun tayyor dasturiy ta‘minot – majmua; – bu tizim ko‗plab yuiznes-jarayonlarni birlashtiradi; – u yordamida tashkilot tadbirkorlik operatsiyalarining katta qismiga ishlov beriladi; – bunday tizimlar tashkilotning barcha ma‘lumotlar bazasidan foydalanadi, ma‘lumotlarni har bir namunaviy nusxasi, odatda, bir marta kiritiladi va saqlab qolinadi; – bu tizimlar ma‘lumotlarga joriy lahza tartibida kirishni ta‘minlaydi; – ayrim hollarda tizim ma‘lumotlari tadbirkorlik operatsiyalariga ishlov 204 berish va rejalashtirish bo‗yicha ishlarni birlashtirishga imkon beradi (masalan, ishlab chiqarishni rejalashtirish). Bundan tashqari, ko‗p hollarda ERP-tizimlar: – bir necha valyuta va tillarni quvvatlash (bu transnatsional kompaniyalar uchun o‗ta muhim); – aniq tarmoqlarni quvvatlash (masalan, neft va gaz tarmoqlari, sog‗liqni saqlash, kimyoviy sanoat va bank ishi kabi ko‗plab tarmoqlarni quvvatlaydi; – qayta dasturlashtirilmasdan sozlanishlarga xususiyatliligi. ERP-tizimlarni joriy etish va foydalanishdagi ustunliklarni ko‗rib chiqamiz. Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling