O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- «home- banking»
Masofaviy bank xizmatlari. Masofaviy bank xizmatlariga (MBX) mijozning 188 bank ofisiga kelmasdan, bank xodimlari bilan uydan, ofisdan, avtomobil va hokazolardan turib hech qanday bevosita aloqalarsiz (masalan, «home- banking»), masofadan turib bank xizmatlarini ko‗rsatish (bank mahsulotlarini etazish) qabul qilingan. MBX mijozga shaxsiy hisoblarini nazorat qilish, xarid qilish va naqd valyutasiz sotish, kommunal xizmatlarga to‗lov, Internetga kirish, uyali va peydjing aloqa operatorlari hisobi, naqd pulsiz bank va banklararo to‗lovlarni olib borish, mablag‗larni hisoblarga ko‗chirish va boshqalarga imkon beradi. MBX bankga quyidagi raqobat afzalliklarini ta‘minlaydi: opretsion xarajatlarni sezilarli qisqartirish; katta bo‗lmagan mablag‗ga ega bo‗lgan va an‘anaviy bank ishini yuritish nuqtai nazaridan unchalik ―foydali‖ bo‗lmagan iste‘molchi segmentini oshiradi; masofaviy xizmat ko‗rsatish texnologiyasini qo‗llashning imijli jihatini kuchaytirish. Mijozlarga quyidagi turli xil MBX ajratib ko‗rsatadi: PC-banking, Internet- banking, videobanking, telefon orqali xizmat ko‗rsatish, WAP-banking va SMS- banking. PC-banking mijozning shaxsiy kompyuterini bank tarmog‗i bilan to‗g‗ridan- to‗g‗ri qo‗shilishini qo‗llab quvvatlaydi. Bunda, albatta, maxsus DT va modem bo‗lishi shart. Internet-banking — Bu mijozga Internet vositasi orqali taqdim etiladigan bank xizmatlarining majmuidir, bu quyidagilarni o‗z ichiga oladi: shaxsiy hisobini nazorat qilish; naqd valyutasiz sotib olish va sotish; kommunal xizmatlarga to‗lov, Internetga kirish, hisoblarning uyali va peyjing aloqa openratorlariga xizmat o‗rsatishi; naqb pulsiz to‗lovlarni amalga oshirish, hisoblarga mablag‗larni ko‗chirish. Bugungi kunda Intenet-bankingning uchta bosqichi mavjud: informatsion, kommunikatsion va to‗liq funksiyali tranzaksion bank. Shunday tizimlar mavjudki, Internet unda faqat ma‘lumotlarni uzatish vositasi sifatida xizmat qiladi va ba‘zilarida Internet mustaqil axborot texnologiyasi sifatida qo‗llaniladi. Birinchi holatda Internet bank va mijoz o‗rtasida aloqa kanali sifatida xizmat qiladi va mohiyatan o‗zida faqat klassik ―bank mijoz‖ tizimlariga 189 qo‗shimchalarni aks ettiradi. Bu tezorlikni va biznes hamkorlar aloqalarining mobilligini oshiradi, biroq tranzaksiya amalga oshirilish xavfini hech qancha pasaytirmaydi, chunki – Internet bu ochiq tarmoq. Ikinchi holatda amaliy dasturiy- matematik ta‘minot (DT) o‗zida mijozning bank bilan faqat suhbat seansida ishlaydigan maxsus internet-ilovani aks ettiradi. Ushbu holatda mijoz o‗zining bank hisobiga kirishi mumkin, oldindan o‗zining paroli va PIN kodni kiritib, istalgan kompyuterdan internetda bank serveriga kiradi. Videobanking — bu mijozning bank xodimi bilan interfaol muloqoti, o‗z vazifasiga ko‗ra videokonferensiya, uni tashkillashtirish uchun kioska (mijozga turli axborotlarga kirishga imkon beruvchi, shuningdek, bank xizmatchilari bilan muloqot qilishda uning yordamida turli operatsiyalarni olib boruvchi sensor ekranli apparat) qurilmadan foydalaniladi. Kiosklar ommaviy joylarda va ko‗pincha bankomatlar bilan qo‗shib o‗rnatiladi. Telefonga hisob to‗lovlarini amalga oshirish uchun bank mijozi bank kompyuteri bilan ulangan, hisob raqamida mablag‗lar harakati va moliya bozori holati haqida eng turlicha bo‗lgan axborotlarni olishga, shuningdek, tovarlar, tibbiyot xizmatlari, elektr energiyasi va hokazolar uchun to‗lovlarni amalga oshirishda maxsus qurilmadan foydalanadi. Mijoz bank kompyuteriga ulanadi va hisob raqami, shaxsiy identifikayiya raqami, kod raqami, oluvchi kompaniya nomi, pul va to‗lov summasini kiritadi. WAP-banking (Wireless Application Protocol) — hisobni maxsus dasturiy ta‘minot bilan qurollantirilgan mobil telefon vositasida ma‘lumotlarni simsiz uzatish asosida masofaviy boshqarish. Biroq, banklar WAP-bankingni xizmatlarning alohida shakli sifatida ajratib ko‗rsatmaydi. Bank operatsiyalarini faqat mobil telefoni orqali olib borishni xoxlovchi mijozlarga baribir internet banking tizimiga ulanishga to‗g‗ri keladi. Hozirgi vaqtda WAP-banking xizmati xavfsizligini oshirishga qodir dasturiy ta‘minot ishlab chiqilmoqda. Hozircha to‗lovlar xavfsizligini ta‘minlash maqsadida ayrim banklar mijoz bilan opersiyalar ro‗yxatini kelishadi va ularning har biriga mos keluvchi kod belgilaydi. YAna bir banklar tomonidan uyali telefon egalariga taqdim etilgan xizmat— 190 SMS-banking. Har bir uyali aloqa operatorida mavjud bo‗lgan qisqa xabarlar xizmati yordamida (SMS — Short Message Service) mijozga xarajat hisoblari (hisob qoldiqlari) haqida barcha axborotlar etkaziladi. Mutaxassislar fikricha, bu xizmat WAR-bankingga nisbatan ko‗proq istiqbolga ega. Birinchidan, arzon, ikkinchidan esa ma‘lumotlarni uzatishning yuqori tezligi -10 barobar tezroq va uchinchidan, operatsiyalar xavfsizligini sezilarli oshiradi. SMS-servis ko‗plab mijozlarda qo‗llaniladi. Dasturiy apparat himoyaning zamonaviy texnologiyalari operatsiyalarning maxfiyligi va mablag‗ saqlanishiga kafolatni 100% ta‘minlovchi darajada. Biroq, eng asosiysi, mablag‗ni saqlanishiga, eng avvalo, internet-banking xizmatini taqdim etuvchilar, nafaqat mijozlarining moliyaviy hisoblarini saqlanishi, balki o‗zining mablag‗lari va obro‗si uchun javob beradigan banklar qiziqishadi. Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling