O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


-rasm. MRP II tizimining funktsional bloklari


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

4.2.1-rasm. MRP II tizimining funktsional bloklari 
 
Ishlab chiqarish va savdoni rejalashtirish. Biznes-reja va talablar rejasi
Ishlab chiqarish quvvatiga talablarni rejalashtirish. Odatda, bu modulda 
mavjud va talab etilayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini aniqlash va solishtirish 
amalga oshiriladi. Kichik bo‗lgan o‗zgarishlar bilan nafaqat ishlab chiqarish 
quvvatlari uchun, balki, korxona ishlab chiqarish o‗rin almashish xususiyatiga ega 
boshqa turdagi ishlab chiqarish resurslari uchun ham qo‗llanilishi mumkin. 
Mijoz buyurtmasi. Bu erda mijozlarning mavjud talablari mahsulot ishlab 
chiqarish rejasi bilan mos qo‗yiladi. Haqiqatda, qabul qilingan ishlab chiqarish 
algoritmiga (omborga joylashtirish uchun ishlab chiqarish, buyurtmaga asosan 
ishlab chiqarish, buyurtmani loyihalashtirish) bog‗liq holda mijozlarning yangi 
buyurtmasini kiritish rejalashtirish jarayonlarigacha yoki undan keyin amalga 
Talabni rejalashtirish 
Manzillashtirish va 
ishlab chiqarish 
joriy quvvati 
Zahiralar 
darajasi 
Mahsulot 
xususiyatlari 
Ishlab chiqarish reja-
grafigi 
Materiallarga 
talablarni rejalashtirish 
Ishlab chiqarish va savdoni 
rejalashtirish 
Ishlab chiqarish 
quvvatiga talablarni 
rejalashtirish 
Mijozlar buyurtmasi 
Ishlab chiqarish bo‘linmasi 
darajasida boshqaruv 
Natijalarni baholash 
Biznes-rejalashtirish 
yo‘q 
Mavjud resrurslar etarlimi? 
Rejalarni bajarish mumkinmi? 
ha 
yo‘q 
ha 


200 
oshirilishi mumkin. 
Ishlab chiqarish bo‗linmasi darajasidagi boshqaruv. Bu erda tezkor reja-
grafiklar shakllanadi. Rejalashtirish muddati katta emas - bir necha kundan bir 
oygacha.
Ijroni baholash. Rejalashtirishning keyingi barcha bosqichlarida tahrirlash 
kiritish uchun yuqorida sanab o‗tilgan barcha rejalarning haqiqatdagi ijrosi 
baholanadi.
MRP II tizimni keyingi rivojlantirishlar yangi sinfdagi – ―Korxona 
resurslarini rejalashtirish‖ (Enterprise Resource Planning - ERP) tizimlariga qayta 
shakllantirish bilan bog‗liq. Bu sinfdagi tizimlar resurslari hududiy tarqalgan katta 
korporatsiyalarni boshqarish masalalarini echishda moliyaviy axborotlar bilan 
ishlashga yo‗naltirilgan. Resurslarni olish, mahsulotni tayyorlash, jo‗natish va 
mijoz buyurtmalari bo‗yicha hisob-kitoblarida zarur bo‗lgan barcha jarayonlar 
uning tarkibiga kiradi. Bu sinfdagi tizimlar 1980 yillar oxiridan boshlab faol 
rivojlanib kelmoqda. ERP-tizimlar birinchi navbatda moliya va xodimlarni 
boshqarish bilan bog‗liq yangi funksional modullari bilan kengayib borishi bilan 
birga MRP II sinfidagi tizimlarni o‗z ichiga to‗liq qamrab oladi. Keyingi yilllarda 
ERP-tizimlarida moliyani boshqarish funksiyalarini qo‗llanishi rossiya va evropa 
tizimlari o‗rtasidagi o‗zaro raqobatni avj olishiga olib keldi. Evropa tizimlari 
asosida rejalashtirish va prognozlashdan boshlab, faoliyatning barcha moliyaviy 
ko‗rsatkichlarini nazorat qilishgacha bo‗lgan jarayonlarni, ya‘ni, moliyani real 
boshqarishni qurish mumkin degan fikrlar mavjud bo‗lsada, mahalliy ishlab 
chiqilgan echimlar mamlakat haqiqiy holatiga yaxshi moslashgan bo‗ladi.
ERP tizimlarida ishlab chiqarishni rejalashtirish masalalarini echishdagi 
yondashuvlar yaqin vaqtgacha MRP II tizimlari asosiga kiritilgan standartlar 
ko‗rinishda bo‗lgan. Qisqacha qilib, ishlab chiqarish jarayonlariga kalendar-reja 
modulida o‗rnatilgan me‘yorlarini faol qo‗llashga asoslangan yondashuv deb 
aytish mumkin, rejalashtirishni optimallashtirish zaruriyati bilan raqobatga borishi 
bunday yondashuvning asosiy kamchiligi hisoblanadi. An‘anaviy MRPII/ERP-
tizimlarida rejalashtirishning optimallashtirish elementlari faqat quyi darajada - 


201 
tezkor rejalashtirish masalalarini echishda uchraydi.
MRPII/ERP tizimlarni joriy etish va hisoblash quvvatini o‗sishi, 
raqobatchilik muhiti sharoitlarida boshqaruvning yangi usullarini izlash natijasida 
1990 
yillar 
o‗rtasida 
MRPII/ERP 
tizimi 
standartlariga 
asoslangan
―rejalashtirishning rivojlangan tizimlari‖ (Advanced Planning/Scheduling – APS) 
nomini olgan yangi sinfdagi tizimlar paydo bo‗ldi. Bu tizimlar rejalashtirish 
masalalarini echishda ishlab chiqarish jarayonlarida kalendar-reja o‗rnatilgan 
me‘yorlari o‗rniga iqtisodiy-matematik usullarni qo‗llab borishi bilan farq qiladi. 
APS tizimi ananaviy MRP-rejalashtirishga qo‗shimcha ravishda kiritish mumkin 
bo‗lgan alohida optimallashtiruvchi modullarni ifoda etadi. 
Bunday yondashuv murakkab ko‗p turdagi ishlab chiqarish uchun o‗ta 
samarali bo‗ladi. SHu bilan bir vaqtda, boshqaruv xodimining tabiiy ravishda 
malakaviy darajasiga yangicha talablar qo‗yadi.
MRPII/ERP konsepsiyalarini har bir lahzada shartli ravishda uch qatlamga 
ajratish mumkin. Birinchi qatlamda tajribada sinalgan va standartlar ko‗rinishida 
mustahkamlangan vosita va usullar joylashadi. AQSHda davlat, qisman, mudofa 
Vazirligi tomonidan qo‗llab-quvvatlanadigan standartlar tizimi mavjud. Bu 
standartlarda davlat buyurtmalarini bajaradigan kompaniya axborot tizimlari uchun 
alohida talablar shakllantirilgan. Natijada shartnoma tuzish bosqichida byudjet 
xarajatlari to‗g‗ri tarqatilayotganligiga davlatning ishonchi ortadi, uni bajarish 
bosqichida esa bajarilish muddati va haqiqiy xarajatlar har tomonlama nazorat qilib 
boriladi.
Ikkinchi qatlam etarlicha barqaror xususiyatga ega bo‗lib, har doim 
qo‗llaniladigan usul va qoidalar majburiylik tavsifiga ega bo‗lmaydi. Ularni 
funksional tuzilishni chuqur tahlil etgan holatdagina aniqlash mumkin bo‗ladi.
Ishlab chiqaruvchilarning asosiy tizimga kiritadigan yangi dasturiy 
mahsulotlari MRPII/ERP g‗oya va usullarining uchinchi qatlamiga kiritiladi. Bu 
mahsulotlar asosida foydalanilayotgan axborot texnologiyalari turli dasturiy 
mahsulot ishlab chiquvchilarning ―nou-xou‖larini o‗zida ifoda etadi va odatda, 
aynan shu qatlam dasturiy mahsulot ishlab chiquvchi turli firma mahsulotlaridagi 


202 
sezilarli farqlarni aniqlab olishga imkon beradi. Ba‘zi yangi texnologiyalar yirik 
axborot tizimlarini qurish samaradorligiga jiddiy ta‘sir etish xususiyatiga ega 
hisoblanadi. 
YAngi innovatsiyalar asosida tashkil etilgan korxonalarda tizimni qurishda 
etarli infratuzilish va uslubiyotning mavjudligi MRP II/ ERP turidagi boshqaruv 
avtomatlashtirilgan 
axborot 
tizimlarini 
joriy 
etishda 
yuqori 
darajadagi 
samaradorlikka erishishning asosiy omili bo‗lib xizmat qiladi. Ba‘zi baholashlarga 
ko‗ra, bunday tizimlarni joriy etilishi zahirada ushlab turish zaruriyatini 8-30% 
qisqarishiga, ishlab chiqarish unumdorligini 8-27% o‗sishiga, muddatida bajarilgan 
buyurtmalar sonini 7-20% o‗sishiga olib keladi. Axborot tizimlarini rivojlantirilishi 
biznesni takomillashtirish talablarida ham o‗z aksini topadi. Aniq biznes-
jarayondagi boshqaruv sifatini axborot jarayonlari, hujjat aylanishlar va boshqaruv 
qarorlarini qabul qilishga tayyorgarlikni tezlashtirishga qo‗yiladigan talablarga 
mos holda oshirish zamonaviy axborot tizimlarini rivojlantirish yo‗lidagi asosiy 
talablardan biri hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, boshqaruvni avtomatlashtirilgan axborot texnologiya 
va tizimlari biznes strategiyalarni ishlab chiqish, boshqaruvdagi o‗zgarishlar, 
xodim bilan maqsadli yo‗naltirilgan ishlarda bog‗lovchi bo‗g‗in hisoblanib, 
korxona strategiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda ahamiyatli o‗ringa ega 
bo‗ladi. Jahon amaliyotida to‗plangan tajriba va usullarga asoslangan holda 
biznesni boshqarishni ko‗plab quvvatlashga yo‗naltirilgan integrallashgan axborot 
tizimlarini 
rivojlantirish 
konsepsiyasini 
yaratish 
istiqbolli 
boshqaruvni 
avtomatlashtirilgan axborot texnologiya va tizimlarini yaratishning bosh mezoni 
hisoblanadi.

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling