O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
Sarmoyaviy
jozibadorlik. ERP-tizimlarni joriy etish qo‗shimcha sarmoyalarni jalb qilishga imkon beradi, chunki, faoliyatni avtomatlashtirish tashqi sarmoyadorlar ishonchi va sarmoyadorlar uchun jozibadorligini avtomat trazda oshirib kompaniya faoliyati shaffofligini ta‘minlaydi. Yangi iqtisodiyotga integratsiya imkoniyati. Oxirgi yillarda Internet-iqtisod jadal shakllanib bormoqda. Ko‗plab kompaniyalar biznes yuritish uchun Internet qanday ustunliklar berishini tushunib oldi. An‘anaviy kompaniyalar biznesni ma‘lum bir qismini Internetga kiritib bir nechta maqsadlarni ko‗zda tutadi: xarajatlarni qisqarishidan boshlab mijozlarga xizmat ko‗rsatishni yaxshilash va dilerlar hamda oxirgi xaridorlarni topish yangi onlayn tarmoqlarini tashkil etish. 208 Mijozlar bilan o‗zaro munosabatlarni boshqarish (CRM-tizimlar) CRM-tizimlar (Customer Relationship Management yoki Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish) — bu, tashkilotlar uchun buyurtmachilar (mijozlar) bilan o‗zaro aloqa strategiyalarini, xususan, mijozlar to‗g‗risidagi axborotlar va ular bilan o‗zaro aloqa tarixini saqlash yo‗li bilan savdo darajasani oshirish, mijozlarga xizmat ko‗rsatish, marketingni optimallashtirish, biznes-jarayonlarni o‗rnatish va yaxshilash hamda natijalarni tahlil qilishni avtomatlashtirish uchun mo‗ljallangan amaliy dasturiy ta‘minotdir. CRM-tizimlar – iste‘molchilar bilan o‗zaro aloqalarni boshqarish uchun imkon beruvchi avtomatlashtirilgan tizimlar alohida guruhidir. O‗z ichiga turli biznes aloqalardan boshlab sotuvgacha bo‗lgan, shuningdek, mijoz so‗rovlariga javob berishgacha jarayonlarni olgan o‗zaro hamkorlik yo‗nalishlarini oladi. CRM- tizimlarni qo‗llashdan asosiy maqsad mijoz to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni tizimlashtirish va boshqarishdan iborat bo‗ladi. Bu mijozlar hulqini tahlil etish va yanada samarali aloqalarni tashkil etishga imkon beradi. Mijozlar bilan o‗zaro hamkorlik jarayonlarini avtomatlashtirishni sifat tizimi doirasida ISO standartlari talabini amalga oshirishda tabiiy holda yordam beradi va soddalashtiradi. Sifat tizimi tashkilot va uning buyurtmachilari (mijozlari) o‗rtasidagi o‗zaro aloqalar bilan bog‗liq barcha savollar boshqaruv ostida bo‗lishini talab qiladi. Bunday savollar qatoriga quyidagilar kiradi – talablarni yuzaga chiqarish bo‗tsicha harakat, iste‘molchilar talablarini aniqlash, buyurtmalar to‗g‗risidagi axborotlarni taqdim etish, iste‘molchilar bilan teskari aloqani o‗rnatish va olish kabilar. Odatda bunday axborotlar turli manbaalarda saqlanadi va ishlov beriladi. CRM-tizimlar turli manbaalardagi axborotlarni bitta tizimda birlashtirishga imkon beradi. Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling