O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Avvalo – boshqaruv barcha jarayonlarini barqarorlashtirish va


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

Avvalo – boshqaruv barcha jarayonlarini barqarorlashtirish va 
unifikatsiya. ERP guruhidagi tizimlar o‗zida boshqaruvning integrallashgan 
tizimini ifoda etadi, ya‘ni:
– ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita bog‗liq bo‗lmaydi, texnologik 
jarayonlarni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi hisoblanmaydi, ammo, 
texnologik jarayon modeli bilan ishlash xususiyatiga ega bo‗ladi;
– uning ishlari korxona faoliyatini yaxshilashda, ish joylaridan kiritilgan 
axborotlar asosida material va moliyaviy oqimlarni optimallatirishdan iborat 
bo‗ladi;
– bir tizimda xom-ashyo sotib olishdan boshlab, iste‘molchiga mahsulotni 
yuklash bilan tugallanadigan ishlab chiqarish korxonasining barcha faoliyatini 
rejalashtirish va boshqarishni qamrab oladi;
– axborotlar vujudga keladigan bo‗linmadan bir marta kiritiladi, bir joyda 
saqlanadi va manfaatdor bo‗linmalar tomonidan ko‗p marta foydalaniladi. 
Boshqacha aytganda, ERP-tizimlarni qo‗yilishi – kompaniya turli 
bo‗linmalari kelishuviga erishish, bu esa ma‘muriy ushlanib qolishlarni sezilarli 
tushirish va butunlay korxona yagona tizimda ishlaganligidan turli ilovalar uchun 
ma‘lumotlar integratsiyasi muammolarini bartaraf etishga imkon beradi.
Xarajatlarni tushirish va raqobatdoshlikni oshirish. ERP-tizimlardan 
foydalanish 
kompaniyani 
biznes-jarayonlarni 
optimallashtirish 
hisobiga 
raqobatchilar oldida jiddiy ustunliklarga va opreativ xarajatlarni sezilarli 
tushirishga olib keladi. Boshqaruv tizimlari aniq foydalarga olib keluvchi mahsulot 
tannarxini nazorat qilish uchun yaratilgan. Tizimga boshidanoq rejalashtirish va 


207 
boshqaruv usullari qo‗yilgan bo‗lib, quyidagilarga iimkon beradi:
– defitsit yoki ortiqchalilikni bartaraf etib mahsulotlar miqdorini tartibga 
solish, bu saqlash xarajatlarini tushirishga imkon beradi;
– ishlab chiqarish jarayonlarini aniq mahsulotga bo‗ladigan talablarni 
o‗sishi yoki kamayishiga mos holda rejalashtirish;
– korxonada mavjud bo‗lgan ish quvvatini tahlil qilish asosida 
buyurtmalarni bajarish imkoniyatini baholash;
– ishlab chiqarishda moddiy va vaqtinchalik xarajatlarni qisqartirish yo‗li 
bilan biznes-jarayonlarni optimallashtirish;
– har bir ishlab chiqarish birligini haqiqiy ishlab chiqarilishini kuzatib 
borish va tahlil qilish,uni rejadagi ishlab chiqarish bilan solishtirish va ishlab 
chiqarish rejasida tahrir va o‗zgarishlarni tezkor kiritish;
– ishlab chiqarish sikli va buyurtmani bajarish vaqtini kamaytirish yo‗li 
bilan talablarni ta‘sirchan e‘tiborga olish;
– etkazib berishlarni o‗z vaqtida bajarilishi va servislarni optimallashtirish 
hisobiga mijoz va buyurtmachilar ishonchi darajasini oshirish.

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling