O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

5.2.1-rasm. E-hukumat arxitekturasi 
Elektron hukumat: Texnologik tamoyillar.  
Jahon tajribasida elektron hukumat tizimi quyidagi asosiy texnologik 
tamoyillar poydevorida shakllangan: (shu jumladan O‘zbekiston elektron hukumat 
tizimi ham). 
1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga
2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga
3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga
4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga
Ba‘zi davlatlarning elektron hukumat tizimi shuningdek quyidagi 
tarmoqlarga ham ega: G2S (Government to Science) – Davlat–Ilm-fanga; G2N 


324 
(Government to third sector) – Davlat-uchinchi sektor. 
Endi mazkur yo‘nalishlarni batafsil tahlil qilsak: 
1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga – bunda Davlat 
boshqaruvi apparati ichki strukturalari, markaziy va mahalliy hokimiyatlar, turli 
davlat idora, tashkilot va muassasalari orasidagi o‘zaro munosabatlarda elektron 
hukumat tizimini joriy etish, elektron hujjat aylanishi, davlat organlari 
faoliyatining shaffofligi ortishi, doimiy monitoring va hisobot shakllari kabilar 
amalga oshiriladi. 
2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga – bu tizimda esa, 
fuqarolar, yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali, o‘zlarining davlat 
organlariga ariza, shikoyat yoki taklif kabi murojaatlarini elektron tarzda 
yuborishlari va ularga javob olishlari, turli xil davlat xizmatlaridan foydalanishlari, 
ya‘ni, masalan, rasmiy hujjatlarning elektron nusxalarini shakllantirib olishlari, 
turli xil ma‘lumotnoma, xabarnomalarni olishlari, shuningdek turli xil to‘lovlar 
bo‘yicha tranzaksiyalarni on-layn usulda amalga oshirishlari mumkin bo'ladi. 
3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga – bu tizimda, 
Davlat va xorijlik shaxslar o‘rtasida, milliy qonunchilik va xalqaro hujjatlarga 
tayangan holda interaktiv xizmatlar ko‘rsatilishi nazarda tutiladi. Masalan, viza
masalalari, investitsiyalar, ta‘lim va turizm sohalariga oid xizmatlar ko‘rsatilishi 
nazarda tutiladi. 
4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga – mazkur tizim esa, 
yuridik shaxslar, ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun ruxsatnomalar olish, turli xil 
rasmiy jarayonlarni interaktiv usulda soddalashtirilgan tarzda amalga oshirish, 
shuningdek, davlat yig‘imlari, to‘lovlar va ho kazolarni on-layn amalga oshirish, 
hisobotlar va rasmiy murojaatlarni on-layn yuborish imkonini berishi ko‘zlanadi. 
―Elektron hukumat‖ tizimi doirasida o`zaro munosobatning asosiy shakllari 
quyidagilar hisoblanadi: 

davlat organlarining aholi bilan o`zaro axborot munosoboti; 

davlat organlarining tadbirkorlik sub`ektlari bilan o`zaro axborot 
munisabati; 


325 

davlat organlarining o`zaro axborot munosabati. 
―Elektron hukumat‖ tizimini shakllantirish samaradorligining muhim 
ko`rsatkichlaridan biri bo`lib, interaktiv davlat xizmatlarini ko`rsatish va ulardan 
foydalanish huquqini ta`minlash tartibiga muvofiq elektron ko`rinishdagi ustuvor 
davlat xizmatlarini joriy etish hisoblanadi. 
―Elektron hukumat‖ tizimi orqali amalga oshiriladigan interaktiv davlat 
xizmatlari, yuqorida sanab o`tilgan yo`nalishlarga muvofiq guruhlangan bo`lishi 
lozim. 
O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi – statistika sohasida 
yaxlit statistik axborot tizimini yaratish va faoliyat yuritishiga yo`naltirilgan 
yagona siyosatni amalga oshiruvchi davlat hokimiyatining ijro etuvchi organidir. 
Davlat statistika organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan 
foydalanishning asosiy maqsadi – statistik ishlab chiqarish jarayonlarini 
avtomatlashtirishdir. Bunga, respublikada sodir bo`layotgan ijtimoiy-iqtisodiy 
hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari haqidagi statistika axborotlarini yig`ish, 
qayta ishlash, to`plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va chop etish kiradi. 
Hozirgi vaqtda, tuman va shahar statistika bo`limlarini o`z ichiga olgan 
Davlat statistika qo`mitasining korporativ axborot tarmog`i faoliyat yuritmoqda. 
Davlat statistika organlarining barcha axborot resurslari, axborot tizimlari
dasturiy-apparat 
ta`minoti 
va 
telekommunikatsiya 
vositalarini 
o`zida 
mujassamlashtirgan Davlat statistika qo`mitasining Yagona axborot tizimi 
shakllantirilgan. 
Davlat statistika qo`mitasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, 
davlat statistika organlari tomonidan 14 ta xizmatlar taqdim etilmoqda, ulardan 10 
tasi interaktiv ko`rinishda 
http://www.stat.uz
rasmiy sayti orqali amalga 
oshirilmoqda. Aholi va biznes uchun davlat xizmatlarini taqdim etishni 
maqbullashtirish hamda ularning ochiqligi va sifatliligini oshirish bo`yicha 
muntazam ravishda ishlar olib borilmoqda. 
―Elektron hukumat‖ tizimida, asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichlar 
bo`yicha statistik ma`lumotlarning samarali qayta ishlanishi va saqlanishini 


326 
ta`minlash, shuningdek hududiy joylashishidan qat`iy nazar, barcha darajadagi 
boshqaruv organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga axborotlarni o`z vaqtida va 
to`liq taqdim etish mexanizmlarini yaratish ko`zda tutilmoqda. Shu munosabat 
bilan, ―Elektron hukumat‖ tizimini rivojlantirish uchun, davlat statistika 
organlarida 
AKTdan 
keng 
foydalanish 
asosida 
statistika 
faoliyatining 
samaradorligini oshirish, axborot-tahlil jarayonlari tizimini takomillashtirish 
bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Davlat statistika organlari, fuqarolar va 
tashkilotlarning axborot jamiyati sharoitlarida faoliyat yuritishlariga imkon 
beruvchi me`yoriy-huquqiy va uslubiy asoslar shakllantirilmoqda. 
Interaktiv xizmatlarning rivojlanishi, ulardan foydalanishning soddaligi va 
saytning har qanday tashrif buyuruvchisiga qulayligi, davlat statistika 
organlarining ochiqligini, aholi va tadbirkorlik sub`ektlari bilan o`zaro 
munosabatlari jarayonlari esa uni yanada shaffofligini ta`minlaydi. 
O‘zbekistonda Elektron hukumat tizimini shakllantirish va amaliyotga joriy 
qilish borasidagi ilk portal bu – O‘zbekiston Respublikasi Hukumati portali – 
www.gov.uz
 bazasida boshlangan edi. Hukumat portalining asosiy sahifasida, saytga 
tashrif buyuruvchining e‘tiboriga yaqqol tashlanadigan joyda alohida ajratib 
ko‘rsatilgan havola-tugmalar orqali taqdim etilgan. Bu, vazirliklar, idoralar va 
boshqa davlat tashkilotlarining veb-saytlarida taqdim etilayotgan interaktiv 
xizmatlarning yaxlit majmuasini tashkil qilib, zaruriy aloqa shakllari va 
giperhavolalar bilan ta‘minlangan. Shuni alohida ta‘kidlab o‘tish kerakki, hukumat 
portali – 
www.gov.uz
dagi interaktiv davlat xizmatlari tizimi, Yagona Portal 
(YDIXP)dagidan bir oz farq qiladi va u Interaktiv davlat xizmatlari uchun maxsus 
alohida portal – 
www.my.gov.uz
tashkillangan va samarali faoliyat olib borayotgan 
bugungi kunda ham o‘z funksional vazifalari hamda dolzarbligini saqlab 
kelmoqda. 2012 yil so‘ngida, ya‘ni Yagona Portal hali mavjud bo‘lmagan davrda, 
Hukumat portalidagi interaktiv davlat xizmatlari soni 91 tani tashkil etar edi. 
Hukumat portalidagi interaktiv davlat xizmatlari 27 ta tegishli bo‘limlarga 
ajratilgan bo‘lib, ulardan 11 tasi fuqarolar va biznesga (G2C va G2B) 
mo‘ljallangan: 


327 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling