O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

 
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 
1. Kriptovalyuta deganda nimani tushunasiz? 
2. Blokcheyn nima? 


317 
3. Nima uchun bizning vatanimizda bunday texnologiyalarga qiziqish unchalik 
katta emas? 
4. Kriptotanga nima? 
5. Blokcheynning afzalligi va kamchiligi? 
5.2. Elektron hukumat asoslari 
Elektron hukumat tushunchasi dastavval XX asrning 90-yillari boshida 
AQSHda paydo bo‘lgan. Mazkur tushuncha, 1991 yilda, AQSHning o‘sha 
vaqtdagi prezidenti Bill Klinton davrida, internet va umuman axborot 
kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlantirishga davlat darajasida, alohida 
e‘tibor qaratgan paytda yuzaga kelgani ma‘lum. Klinton ma‘muriyati davrida 
davlat idoralari hujjatlari orqali OAVga tarqalgan «Elektron hukumat» 
tushunchasi, 1999 yildan boshlab, okean orti va Yevropaning yetakchi nashrlarida 
davriy ravishda va tez-tez uchray boshladi. Aynan shu davrda, «Elektron hukumat» 
va unga bog‘liq tamoyillar tahlil va tadqiq qilingan ilmiy ishlar ham paydo bo‘ldi. 
Misol uchun: Bellami Teylorning «Axborot asrida hukumat boshqaruvi» asarida 
davlat boshqaruviga elektron axborot kommunikatsiya vositalari, xususan 
internetni tadbiq etishning nazariy masalalari ko‘rib chiqilgan bo‘lsa; 2002 yilda 
chop etilgan «Elektron hukumat strategiyasini baholash mezonlari: strategik 
tahlil xulosasi» nomli risolada, elektron hukumatning joriy qilishning istiqbollari, 
uning texnik va ijtimoiy talablari asosida tahlil qilingan edi. Keyingi davrda, 
axborot kommunikatsiya texnologiyalari borasida rivojlangan, yetakchi davlatlar 
hukumatlarining maxsus qarorlari orqali amaliy ishga o‘tildi. Davlat boshqaruvi 
sohasiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni ko‘plab nufuzli 
xalqaro tashkilotlar ham qo‘llab quvvatlay boshlashdi.

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling