O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
Elektron hujjat aylanish tizimini yaratilish
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
5.4. Elektron hujjat aylanish tizimini yaratilish
texnologiyasi Hujjat aylanish tizimining paydo bo‘lishi kompaniya va tashkilotlarni 338 o‘zlaridagi barcha mumkin bo‘lgan turli tadbirkorlik jarayonlarini (yoki, boshqacha qilib aytganda «biznes-jarayonlar») boshqarishni aniq bir shaklga solishga intilishlari bilan bog‘liqdir. Bunday holda ertami-kechmi boshqaruv operatsiyalariga tegishli bo‘lgan jarayonlarni juda bo‘lmaganda bir qismini tartiblangan hujjatlashtirish asoslariga (masalan, shartnomalarda vizalar yig‘ish, keyinchalik oxirini topish qulay bo‘lishi uchun kiruvchi va chiquvchi xatlarni ro‘yxatga olish va shunga o‘xshashlar) o‘tkazish zaruriyati kelib chiqadi. Natijada hujjat aylanish tizimi yuzaga keladi. Agarda ular boshqarilib turilmasa, ma‘lum vaqtdan so‘ng ularga tegishli qandaydir muammolar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, hujjat yo‘qolib qoladi va ma‘lum vaqt o‘tib, ularga zaruriyat bo‘lmagan vaqtda qaerdandir chiqib qoladi yoki rahbar summasi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan shartnomaga imzo qo‘yib qo‘yadi va buning ustiga uning bajarilishiga bevosita mas‘ul bo‘lgan xodimning bu hujjatda vizasi yo‘q va oqibatda ish to‘xtab qoldi. Tabiiyki, kompaniya rahbarlari tartib o‘rnatib, hujjat aylanishlardagi u yoki bu muammolarning tashkiliy echimlarini topadilar. Ko‘p hollarda, bu hujjatlarni tez topishga sharoit yaratish uchun serverda fayllarni joylashtirish sxemasini tashkil qilib, hujjatlarni muhokama qilish qo‘yish uchun jo‘natish va ijroning bajarilishini nazorat qilish uchun elektron pochtadan asosiy vosita sifatida foydalandilar. Ammo bu ko‘rilgan choralar faqat ma‘lum vaqtgacha samarali ishlashi mumkin. So‘ngra, kompaniya o‘z oldiga yanada murakkab vazifalarni qo‘yganda va ustiga- ustak bu hujjatlar qo‘shimcha ravishda hajm jihatdan kattalashganda axborotlarni saqlashdagi bunday vositalarning hamkorlikni ta‘minlashdagi qobiliyatsizligi ko‘rinib qoladi. Hujjat aylanish tizimining asosiy vazifasi aynan shunday muammolarni echishga qaratilgan bo‘ladi. Yaqin vaqtlargacha bu masalalar klassik usul bo‘lgan qog‘ozli hujjat aylanish tizimi yordamida yechilar edi. Elektron xabarlardan keng foydalanish inson faoliyatining hamma sohalariga kirib borayotgan hozirgi kunda hujjat aylanishlar elektron tizimini joriy qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Korxonani boshqarish faoliyatida ko‘p uchraydigan ikki «ish yuritish» va 339 «hujjat aylanish» atamalari o‘rtasidagi farqlarni bilib olish zarurdir. Har bir korxonada o‘ziga xos hujjat aylanish tizimi mavjud bo‘ladi. Bu hujjatlar nafaqat qarorlar, topshiriqlar yoki buyruqlardan iborat bo‘lib qolmay, bu qaror, topshiriq yoki bo‘yruqlarning mazmunini ifoda qiluvchi hujjatlardan tashkil topadi: tashkilotdagi barcha boshqaruv jarayonlari hujjatlar orqali amalga oshiriladi. Bit o‘lchovi kibernetikada axborotlarni o‘lchash birligi bo‘lgani kabi, hujjat aylanish tizimida axborot o‘lchov birligi hujjat hisoblanadi. An‘anaviy texnologiyaning asosiy muammosi - bu texnologiya operativ axborotlarni olishda ko‘plab miqdordagi jurnal va kartotekalar yuritilishini talab qilishidan hujjatlar harakatini har daqiqada markazlashtirilgan holda kuzatib borishdan iborat bo‘lib, ish yuritish amaliy jihatdan aynan hujjatlarni o‘zi bilan ishlashdan tashqarida bo‘ladi: rahbar va ijrochilar bevosita hujjatlar bilan iishaydilar (yoki ularni nusxasi bilan), ish yuritish xodimi ro‘yxatga olish va nazorat kartochkalari yordamida ular harakatini kuzatib boradi. Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling