O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

ishlash texnologiyasi ASKID 
 
Xozirda jahon bozorida elektron hujjat aylanish tizimlari juda ko‘p. Bular 
AQSH, Rossiya, Evropa, O‘zbekiston va h.q. davlatlarining elektron hujjat aylanish 
tizimlari mavjud. 
5.4.4-rasm. Jahon bozorida mavjud EHAtizimlari 
Hujjat aylanishlar tizimining asosiy farq qiluvchi qirralarini ko‘rib chiqamiz. 
Ularni tavsiflashda tizimlarning oddiy hujjat aylanishlarga taalluqli bo‘lgan 
xususiyatlarini tashlab o‘tamiz. Bunday xususiyatlarga misol sifatida Microsoft-
office ilovalari bilan integratsiyalarni, hisobotlarni generatsiya qilish, izlashni 


343 
standart vositalarini kiritish mumkin. U yoki bu standart funktsionallik qandaydir 
aniq bir mahsulotning kuchli yoki aksincha kuchsiz tomoni bo‘lgan holdagina ko‘rib 
o‘tiladi. 
Docs Fusion va Docs Open hujjat aylanish tizimi. Bu mahsulotni 
Nummingbird kompaniyasi ishlab chiqqan bo‘lib, «elektron arxivlar» sinfiga oid 
eng dunyodagi mashhur tizimlardan biridir. Mahsulotning turli avlodlari va 
komponentlari turli nomlarga ega bo‘lganligidan ular bilan tanishishda 
anglashilmovchiliklarga olib kelishi mumkin. 
Dastavval «ma‘lumotli» mijozlarning mijoz-server ilovasi - Docs Open tizimi 
mavjud edi. So‘ngra bunday mijozga ega bo‘lish zaruriyatidan xalos bo‘lishga 
imkon berib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma‘lumotlar bazasiga murojaat qila oladigan Docs 
Fusion ilovalar serveri ishlab chiqildi. Uning ikkita mijozi bor: PowerDocs 
Windows-mijoz va CuberDocs Web-mijoz. Kompaniyalar uchun DocsFusion 
platformasi istiqbolli hisoblanadi. Bundan keyin soddalik uchun Docs Fusion, 
PowerDocs va CuberDocs mijozlarni e‘tiborga olgan holda tizimni Docs nomi bilan 
ataymiz. 
Documentum. 
Documentum - yirik korxonalar va tashkilotlarda hujjatlar, bilimlar va biznes-
jarayonlarni boshqarishga imkon beruvchi tizimidir. Documentum - bu 
taqsimlangan arxivlarni yaratish, sifat standartlarini quvvatlash, taqsimlangan 
loyihaviy guruhlar loyihalarini boshqarish, korporativ ish yuritishni tashkil qilish, 
korporativ internet-portallarni dinamik boshqarish uchun mo‘ljallangan. 
Mahsulotda yirik korxonalar uchun kerak bo‘lgan hamma hujjat aylanishlar 
e‘tiborga olingan, bu esa keng doirada masalalarni majmuali echish uchun etarli 
bo‘lib, tadbirkorlik jarayonlari, ya‘ni, manzillashtirish, tasdiqlash, taqsimlash, 
xabarlantirish va ijro nazoratini avtomatlashtirish uchun zarur bo‘lgan 
funktsiyalarga ega. Documentum - etarlicha kengayuvchan bo‘lib, tizimda 
saqlanayotgan barcha axborotlar DocsBase ombori - ajratilgan server bilan 
boshqariladi. Documentum axborotlar saqlanishini boshqarishga imkon beruvchi 
quyidagi mexanizmlarni o‘z ichiga oladi: axborot versiyalari, nashr qilish, kirish, 


344 
ularni joylashgan joyini boshqarishni quvvatlaydi va arxivatsiya qilishni amalga 
oshirishga imkon beradi. 
Documentum mahsuloti o‘z muhitida turli ilovalarni, shu jumladan, Web 
ilovalarni yaratishga imkon beruvchi vositalarni o‘z ichiga oladi. Ammo, 
Documentum uchun ilovalarni ishlab chiqish va uni boshqa ilovalar bilan 
birlashtirishda tashqi vositalarning turli ishlanmalaridan ham foydalanish mumkin, 
chunki bu mahsulot zamonaviy ochiq texnologiyalar asosida qurilgan. 
Documentum eng yaxshi va samarali mahsulot bo‘lib, bunday tizimlarni 
hujjat aylanishlarni avtomatlashtirish muammolariga jiddiy yondashadigan, unga 
etarli moliyaviy va intillektual resurslarni ajratishiga qodir tashkilotlargina hrnata 
olishlari mumkin. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling