345
Optima Workflow
Tizim Optima Workflow deb nomlansada, aslida Workflow mahsulotdan bir
muncha ustunroqdir. Bu tizim hujjatlar oqimini tashkil qilish umumiy
mexanizmidan
tashqari, ish yuritish mobaynida jarayonga taalluqli barcha
hujjatlarni saqlab borishga imkon beradi. Buning uchun
ombor sifatida Microsoft
Exchangening umumiy papka mexanizmidan foydalaniladi. Inqirozli yo‘llarni
kuzatib borish va o‘zaro bog‘langan ishlar majmuasini diagramma ko‘rinishida
ifoda qilishi uning eng foydali imkoniyatidir. Shuningdek,
MS Project muhitidan
foydalanib ham uning hamma imkoniyatlarini amalga oshirish mumkin,
chunki
Optima Workflowda ish jarayonidagi barcha ma‘lumotlarni bu dasturga eksport
qilish imkoniyati bor.
Optima Workflow tizimida elektron arxiv sifatida
Exchangedan foydalanish
imkoni yo‘q, buning uchun boshqa mahsulotlar, masalan, yuqorida yoritib berilgan
Microsoff SharePoint Portal Server mavjuddir. Optima Workflow hujjatlarni bu
hujjatlar bilan bog‘liq jarayonlar tugamaguncha saqlab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: