O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
Bank elektron xizmatlari xavfsizligi
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
6.2. Bank elektron xizmatlari xavfsizligi Iqtisodiyotda qo‘llaniladigan axborot tizimlarida ham xavfsizlikni ta‘minlash chora tadbirlari ko‘rilmoqda. Shu jumladan bank ma‘lumotlari har doim turli hil yomon niyatli firibgarlarning diqqat e‘tiborini o‘ziga tortgan, shuning uchun hozirgi kunda banklar tehnikaning oxirgi yutuqlari bilan jihozlangan qal‘alarga aylangan , lekin jinoyat texnikasining rivojlanishi bank texnologiyalarning rivojlanishidan ortda qolmayapti. Banklar uchun asosiy havfni kompyuter jinoyatlari tug‘diradi. Avtomatik rejimda aloqa vositalari yordamida katta miqdorda foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadigan kompyuter smetalarining ochiq harakterli pul mablag‘larining to‘planishi va harakatlanishi jinoyatchilikning 416 kompyuter shakli paydo bo‘lishiga olib keldi. Ma‘lumotlarga ko‘ra bank electron tizimlari faoliyatiga aralashish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlardan ko‘rilgan talofat yiliga 170 mln dollardan 41 mld dollargacha tashkil qiladi. Yomon niyatli firibgarlarning harakatlari ko‘pchilik banklar ularga yaxshi ma‘lum bo‘lgan bir hil standart hisoblash vositalaridan ( IBM - shaxsiy kompyuterlar,dasturiy ichki tarmoqlar,dasturlashning standart tillarida yozilgan bank faoliyatini avtomatlashtirish dasturlari) foydalanishi sababli samara beradi. Bu vositalarning himoya mexanizmlarini yengish qiyin emas. Mijozlarning kompyuter savodxonligi oshishi ham muammolar tug‘diradi. Xavfsizlik masalalariga ahamiyat bermaslik banklarga katta talofat keltirishi mumkin. Ma‘lumki tijorat banklari o‘z mablag‘lariga ega emas, ularning barcha mablag‘lari mijozlar tomonidan topshirilgan. Shuning uchun bankka bo‘lgan ishonchga putur yetkazmaslik juda muhimdir. Bank electron tizimining xavfsizligi bu faqat o‘g‘irlikdan himoya qilish emas. Chunki bank tizimida saqlanayotgan muhim ma‘lumotni bu tizimning ishlamasligi sababli foydalanuvchiga o‘z vaqtida berolmaslik yoki mijozga xizmat ko‘rsata olmaslik o‘z oqibatlari ma‘lumot yo‘qolishi bilan tengdir. Shu sababli o‘z electron tizimlarini tuzishda banklar ularning xavfsizligiga alohida e‘tibor berishlari lozim.Zamonaviy texnologiyalar banklarga mahsulotlar va hizmatlar yetkazib berish tizimini tashkil etishda imtiyozlar tug‘diradi. Elektron aloqa vositalaridan foydalanish quyidagi imkoniyatlarini beradi: Sotish joylarida electron to‘lovlar va hisob-kitob; Bank bilan bevosita bog‘langan mijozlar terminallari; Shaxsiy kompyuter yoki telefon yordamida uyda bank hizmatlarini ko‘rsatish; Turli xil hizmatlar tarmog‘ida electron ma‘lumotlar almashish; Electron bank kartalari tehnologiyasi , shu jumladan, magnit va elektron plastic kartalari; 417 Bank xizmatinig muayyan tizimlarida bu va boshqa uslublarini amalga oshirish ular faoliyatida tasodifiy yoki qasddan qilingan uzilishlarini oldini olish uchun qat‘iy himoya choralarini ishlab chiqishni talab qiladi. Kompyuter jinoyatchiligiga qarshilik ko‘rsatish yoki talofatni kamaytirish uchun ma‘lumotlarni atayin buzishdan, o‘g‘irlashdan va ruxsatsiz egalik qilishdan himoyalash choralari va vositalarini to‘g‘ri tanlash zarur.Shuningdek asosiy qonunlarini ,xavfsizlikning tashkiliy ,iqtisodiy va boshqa choralarini bilish lozim. Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling