O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
Point» usulidir.
87 2.1.7-rasm. Jadval yaratish elementlari So'rovlar kerakli ma'lumotlrani MB jadvallaridan foydalanuvchiga qulay tarzda tanlab beruvchi vositadir. So'rovlar yordamida MB jadvallari ustida ko'pgina amallar bajariladi, yani so'rovlar orqali ma'lumotlarni saralash, "elakdan o'tkazish, ya'ni filtrash, ma'lumotlarni berilgan tartibda o'zgartirish, ma'lumotlar ustida hisob-kitoblar, jadvallarni boshqa manbalardan avtomatik tarzda chaqirib olingan (import) ma'lumotlar bilan to'ldirish kabilar amalga oshiriladi. Aytilgan amallaming aksariyatini bevosita MB jadvallarining o'zida ham bajarish mumkin. Lekin bunda ko'proq mehnat, ko'proq vaqt sarf bo'ladi. So'rovlar esa ishlash tezligi va MB xavfsizligi nuqtai nazaridan ham qulaydir. MB loyihasi bilan shug'ullanmaydigan MBga faqat ma'lumot olish uchungina murojal etadigan foydalanuvchilarning baza jadvallarga kirishini chegaralash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki, bu bilan bazi jadvallarning butunligi himoyalanadi, ya'ni muhim ma'lumotlarga ehtiyotsiz, no'noq hattiharakatlar oqibatida ziyon yetishi yoki mutloqo o'chirib yuborilishining oldi olinadi. Turli bo'linmalardan iborat tashkilot MBBTdan foydalangudek bo'lsa, u holda MBga kirish uchun qo'yiladigan cheklovlar bo'limlar xodimlarining shaxsiy majburiyatlari va xizmat vazifalariga muvofiq ravishda turlicha ko rinishga ega bo'lishi tabiiy. So'rovlarning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki. ular ma'lumotlarni MB jadvallaridan turli xil usullarda ajratib oladilar va shu asosda vaqtincha qo'llaniluvchi natijaviy jadval yaratadilar. Buning ma'nosini quyidagicha izohlash 88 mumkin: MBning asosiy Jadvallari bilan ishlayotganingizda Siz qattiq diskdagi malumotlarni o'qiysiz so'rov asosida natijaviy jadval olganingizda esa qattiq diskda izi ham bo'lmagan elektron jadval bilan ish ko'raslz, yani ajratib olingan maydonlar va qaydlarning aksi bilan ishlagan bo'lasiz. Tabiiyki, bunday "aks" bilan ishlash jarayoni qattiq diskdagiga niabatan anchagina tez va samarali kechadi. Bu afzallik so'rovlardan unumli foydalanlshga turtki bo'luvchi omillardandir. Ma'lumki. tartibga solingan jadvalli tuzilmalarda jadvallarni yangilash, ularga qo'shimcha qaydlar(satrlar) kiritish tufayli o'rnatilgan tartib o'zgaradi, ayni paytda. bu tartibni saqlab qolish vositasi ishlab chiqilmagan. Tiklash esa bir muncha vaqt talab etadi. Mazkur muammo MBBTlarda yuzaga kelmaydi, chunki ular "so'rovlar"dek kuchli vositaga egadirlar. MB jadvallaridagi barcha qaydlar kelib tushishiga ko'ra mutlaqo tabiiy tartibda jadvallarga kiritilgan bo'ladi. MB jadvallaridan hech qanday tartiblanganlik talab etilmaydi. Ulardagi qaydlarni saralangan yoki elakdan o'tkazilgan (filtrlangan) ko'rinishga keltirish uchun tegishli sorovdan foydalanish yetarli. demak. so'rovlar bazadagi malumotlarni tahlil etish uchun ham qo'l keladi. Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling