O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

Shakllar MBga yangi ma'lumotlarni kiritish hamda mavjudlarini ko'rib 
chiqishga mo'ljallangan vositadir. Oddiy foydalanuvchi shakllar vositasida ruxsat 
etilgan maydonlargagina ma'lumot kirita oladi. Loyihalovchi esa MBga ma'lumot 
kiritishni tezlatish, avtomatlash tirish maqsadida shaklga maxsus boshqaruv 
elementlarini (schotchiklarni doirachalar. kvadratchalar. yoyiluchi ro‘yxatlar va 
boshqalarni) joylashtiradi. Shakllarning afzalliklari ma'lumotlarni to'ldirilgan 
blanklar orqali kiritish amalga oshirilganda yanada yaqqol namoyon bo'ladi. Bu 
holda tayyor blankdagi barcha narsalar (bezaklar va boshqalar) grafik vositalar 
ko'magi bilan shaklda mutlaqo aynan aks ettlriladi. Demak, shakllar yordamida 
nafaqat ma'lumotlar kiritilar ekan. balki ularda MBdagi mavjud qaydlar 
ko'rgazrmali tarzda aks ellirilar ham ekan. Albalta. ma'lurnolarni bevosita MBning 
asosiy jadvallaridan yoki so'rovlar tomonidan hosil qilinuvchi natijaviy 
jadvallardan ham ko'rib olish mumkin, faqatgina. hech bir bezaklarsiz, Shakl 


89 
haqida gap kelganda, uning bezash vositalariga ega ekanligiga alohida etibor 
qaratamiz, Shakllarning bezagi MBga ma'lumot kirituvrhi va MBdan axborot 
oluvchi foydalanuvchilarda xotirjamlik, jiddiylik ruhini uyg
:
otish kabi omillarga 
ega bolishi kerak. 
 
 
 
 
2.1.8-rasm. ―Форма‖yoki shakllar yaratish piktogrammalari 

Hisobotlar - o'zlarining xossalari va tuzlllshiga ko'ra ko'proq shakllarga 
o'xshab ketadi. "Hisobotlar" bazadagi malumotlarni qog'ozga chiqarish uchun 
xizmat qiladi. Shu boisdan, ular boshqa obyektlardan. chop eliluvchi 
ma'lumotlarni turkumlash imkonij'atlari borligi bilan. shuningdek, bosma 
hujjatlarga xos bo'lgan yuqori va quyi kolontitullar, sahifa raqamlari, hisobot 
tuzilgan sana hamda vaqt kabi maxsus rasmiylashtirish elementlarini ham asosiy 
ma'lumotlar qalori qog'ozga chiqarish uchun mo'ljallangan alohida jihatlari 
mavjudligi bilan ajralib turadi. 

Sahifalar - aslida "ma'lumotlarga kirish sahifalari" deb ataluvchi bu obyekt 
Internetda WWW xizmatining juda ham tez ommaviylashuvi natijasida hosil 
bo'lgan desak yanglishmaymiz. Bu obyekt Web-sahifada joylashadi va u bilan 
birga foydalanuchiga uzatiladi. Dcmak. HTMLda bajariluchi mazkur vosita MB 
obyekti bo'lishiga qaramay MBdan olisda joylashishi mumkin. Mazkur obyektni 
o'z ichiga olgan Web-sahifani uning qobig'i deb qaraymiz. Sahifalar" obyektida u 
joylashgan Web-sahifani o'zining, aytaylik, serverda qolgan MBsi bilan boq'lab 
turuvchi imkoniyat mavjuddir. Bu imkoniyatdan foydalangan holda "sahifalar" 


90 
obyekti qobig'ini o'z ichiga olgan Web-tugun tashrifchisi MBdagi qaydlarni 
"ma'lumotlarga kirish sahifasi" maydonlari orqali ko'zdan kechirishi mumkin. Shu 
asnoda, 
"ma'lumotlarga 
kirish 
sahifasi" 
olisdagi 
toydalanuvchi 
bilan 
serverdajoylashgan MD ortasidagi aloqani amalga oshiradi. 


Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling