248
―Операции‖ menyusi – bu bolimda 1C: buxgalteriya
dasturi Excel va
boshqa standart dasturlardan farqlanishi ko‘rish mumkin. Bu bo‘limda joylashgan
buyruqlar yordamida buxgalteriya sohasiga oid ko‘pgina vazifalarni oz vaqt ichida
ilgor natijalarga erishish imkoniyatiga egamiz.
Bu bo‘limda joylashgan «Журнал документов» - Hujjatlar jurnali
buyrugidan korxonaga va unga bog‘liq bo‘lgan boshqa
tashki tashkilotlarga
tegishli bo‘lgan hujjatlar saqlanadi. Hujjatlar jurnali o‘z ichiga «Кассовая книга»
buyrug‘ini yuritishi mumkin. Bu buyruq darchasida to‘liq gazna tegishli bo‘lgan
barcha hujjatlarni yuritish mumkun. Hujjat tayyorlangan sana,
hujjat nomi,
o‘tkazilgan hisob rakami, kirim «приход», chiqim ―расход‖, ―корреляция‖ va
kimdan olinganligi yoki kimga berilganligi haqida barcha ma‘lumotlar yuritiladi.
4.3.6.-rasm. ―1C: Предприятие‖ dasturining ―Журнал операции‖ oynasi
«Журнал операции»- Operatsiyalar jurnali buyrugidan korxonaga va unga
bog‘liq bo‘lgan boshqa tashki tashkilotlardan kelib
tushgan yoki chikib ketgan
mablag‘larga tegishli bo‘lgan ma‘lumotlar – kun, oy, mavsum, yarim yillik, 9 oy
va yil bo‘yicha har bir operatsiyalarni tartibini tashkil etadi.