O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


-qadam. BPM tizimlarini etkazib beruvchilar ro‗yxatini tuzish


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

4-qadamBPM tizimlarini etkazib beruvchilar ro‗yxatini tuzish. Etkazib 
beruvchilar ro‗yxatini tuzishda, barcha etkazib beruvchilar ham BPM tizimini joriy 
etish ishlarida quvvatlab turish, ya‘ni, yordam berish xizmatini taqdim 
etavermasligini ta‘kidlash o‗tish joiz. Ro‗yxatni shakllantirishda foydalanuvchi 
talablariga muvofiq tizimga zaruri o‗zgartirishla keiritilishini ta‘minlaydigan 
etkazib beruvchilarni tanlab olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
5-qadam. Jarayon talablariga maksimal darajada qondira oladigan 
BPM tizimini tanlash. BPM tizimini tanlashda tashkilot biznes-jarayonlarining 
ehtiyojini to‗liq hisobga olish kerak. BPM tizimini joriy etishdan maksimal natijani 
olish uchun jarayonni istiqboldagi takomillashtirish bo‗yicha imkoniyatlarini ham 
e‘tiborga olish zarur. 
 
 


239 
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 
1. Menejment sohasida axborot tizimlari o‘zi nima? 
2. Korxonalarni boshqarishda qanday tizimlar ishlatiladi? 
3. Manufacturing Resource Planning MRP II tizimining maqsadi? 
4. Enterprise Resource Planning ERP tizimining ishlash texnologiyasi? 
5. SAP ERP tizimi nima? 
6. CRM tizimining tuzilishi qanday? 
7. CRM tizim turlari? 
8. Elektron biznesdan qanday tizimlar qo‘llaniladi? 
 
4.3. Buxgalteriya hisobidagi 1C:Buxgalteriya va UzASBO dasturlarining
ishlash texnologiyalari 
 
Iqtisodiyotni boshqarishdagi o‘zgarishlar, bozor munosabatlariga o‘tish 
buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib brishga katta ta‘sir ko‘rsatadi. 
Xisobning xalqaro tizimlariga o‘tishi amalga oshirilmokda, bu uning 
uslubiyotining yangi shakllarini ishlab chiqishning talab qiladi. Buxgalteriya 
hisobining axborot tizimi va uni kompyuterda ishlab chiqishni tashqil qilishning 
an‘anaviy shakllari katta katta o‘zgarishlarga uchragan. Hisobchidan korxona 
moliyaviy holatining ob‘ektiv baholarini bilish, moliyaviy tahlil usullarini egallash, 
qimmatli kog‘ozlar bilan ishlashni bilish, bozor sharoitlarida pul mablag‘lari 
investitsiyalarini asoslash va boshqalar talab qilinadi. 
Buxgalteriya hisobining axborotli tizimlari an‘anaviy ravishda vazifalarning 
quyidagi majmualarini o‘z ichiga oladi: 
asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish xaki (maosh) 
hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi
ishlab chiqarish xarajatlari hisobi, yig‘ma hisob va hisobotlar tuzish. 
Shaxsiy kompyuterlar bazasida avtomashtirilgan ish joylarining tashkil 
qilinishi, korxonalarda maxalliy hisoblash tarmoo‘larini yaratish, axborot bazasini 
tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda yangi talablarni 


240 
ilgari surdi. Ma‘lumotlarning taqsimlangan bazalari tizimini yaratish, turli 
foydalanuvchilar o‘rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda boshlang‘ich 
xujjatlarni avtomatik shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo‘ldi. 
Buxgalteriya hisobi majmualari murakkab ichki va tashqi aloqalarga ega.

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling