O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

BPM tizimini joriy etish
BPM tizimini joriy etish biznes-jarayonlarini boshqarish sikllari kabi 
quriladi. Joriy etish jarayonida BPM tizimini yaratish loyihalash jarayonli 
boshqarishning barcha bosqichlarini qamrab oladi, biznes-jarayonlarini boshqarish 
sikli bosqichlari esa joriy etish bosqichlari bilan qoplanadi. BPM tizimini joriy 
etish bosqichlari bilan biznes-jarayonlarini boshqarish bosqichlari o‗rtasidagi 
munosabatlarni chizmalar ko‗rinishida ifoda etilishi mumkin. 
BPM tizimini joriy etish, odatda, to‗rt bosqichdan iborat:
Loyihalash. Bu bosqichda biznes-jarayonni hujjatlashtirish, grafik modelini 
yaratish va uning dinamik tahlillarini olib borish, foydalanuvchi shakl va 
interfeyslarini ishlab chiqish, mazkur jarayonning biznes qoidalari va 
ma‘lumotlarini aniqlash ishlari olib boriladi. 
Amalga oshirish. Bu bosqichda yaratilgan biznes-jarayon modelini ishga 
tushirish amalga oshiriladi - mavjud axborot tizimlari bilan integratsiya bajariladi, 
o‗rnatilgan biznes qoidalar joriy etiladi, foydalanuvchi interfeysi va shakllari 


237 
sozlanadi. 
Boshqarish. Bu bosqichda jarayonning ishlashi "qo‗l" tartibida kuzatiladi, 
belgilangan biznes qoidalaridan farqli istisnolar aniqlanadi va o‗rnatiladi, 
boshqarish jarayoni real vaqt tartibida kuzatiladi, jarayonga kerakli qayta ishlov 
berishlar kiritiladi. 
Optimallashtirish. Bu bosqichda jarayon to‗g‗risidagi axborotlar tahlil 
qilinadi va ishlov beriladi, yaratilgan modelning muammoli joylari aniqlanadi, 
BPM tizimining boshqa axborot tizimlari bilan o‗zaro hamkorlik muammolari 
aniqlanadi va biznes-jarayonga o‗zgarishlar kiritadi.
Barcha bosqichlar tugagandan so‗ng bu bosqichlar navbatdagi jarayonga 
nisbatan takrorlanadi. 
BPM tizimini tanlash mezonlari
Samarali tanlangan BPM tizimi tashkilotlar mehnat unumdorligini oshirishi 
va jarayonlar bajarilish tezligini oshirishga yordam berishi kerak. Boshqaruv 
samaradorligi va jarayon natijalarining sifati tizimning to‗g‗ri tanlananligiga 
bog‗liq bo‗ladi. BPM tizimini tanlashda bir qator qadam ketma-ketligi 
ko‗rsatmalariga amal qilinishi zarur bo‗ladi. 
BPM tizimini tanlashning asosiy qadamlari quyidagilar:

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling