317
3. Nima uchun bizning vatanimizda bunday texnologiyalarga qiziqish unchalik
katta emas?
4. Kriptotanga nima?
5. Blokcheynning afzalligi va kamchiligi?
5.2. Elektron hukumat asoslari
Elektron hukumat tushunchasi dastavval XX asrning 90-yillari
boshida
AQSHda paydo bo‘lgan. Mazkur tushuncha, 1991 yilda, AQSHning o‘sha
vaqtdagi prezidenti
Bill Klinton davrida, internet va umuman axborot
kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlantirishga
davlat darajasida, alohida
e‘tibor qaratgan paytda yuzaga kelgani ma‘lum. Klinton ma‘muriyati
davrida
davlat idoralari hujjatlari orqali OAVga tarqalgan «Elektron hukumat»
tushunchasi, 1999 yildan boshlab, okean orti va Yevropaning yetakchi nashrlarida
davriy ravishda va tez-tez uchray boshladi. Aynan shu davrda, «Elektron hukumat»
va unga bog‘liq tamoyillar tahlil va tadqiq qilingan ilmiy ishlar ham paydo bo‘ldi.
Misol uchun: Bellami Teylorning «
Axborot asrida hukumat boshqaruvi» asarida
davlat boshqaruviga elektron axborot kommunikatsiya vositalari,
xususan
internetni tadbiq etishning nazariy masalalari ko‘rib chiqilgan bo‘lsa; 2002 yilda
chop etilgan «
Elektron hukumat strategiyasini baholash mezonlari: strategik
tahlil xulosasi» nomli risolada, elektron hukumatning joriy qilishning istiqbollari,
uning texnik va ijtimoiy talablari asosida tahlil qilingan edi. Keyingi davrda,
axborot kommunikatsiya texnologiyalari
borasida rivojlangan, yetakchi davlatlar
hukumatlarining maxsus qarorlari orqali amaliy ishga o‘tildi.
Davlat boshqaruvi
sohasiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni ko‘plab nufuzli
xalqaro tashkilotlar ham qo‘llab quvvatlay boshlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: