O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Kriptovaluta va raqamli pullarning ishlash texnologiyasi


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

Kriptovaluta va raqamli pullarning ishlash texnologiyasi. O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PQ-3549-sonli ―O‗zbekiston 
Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligi faoliyatini tashkil etish to‗g‗risida‖gi Qarori ijrosini ta‘minlash hamda 
2018-2019 yillarda axborotkommunikatsiya texnologiyalari tizimini tubdan 
takomillashtirish bo‗yicha "Yo‗l xaritasi"ning 7-bo‗limida belgilangan "Mirzo 
Ulugbek Innovatsion sentr" innovatsion markazi tashkil qilingan. Innovatsion 
vazirlik tashabbusi bilan innovatsion markaz qoshida hozirgi davrda shiddat bilan 
rivojlanayotgan 
blokcheyn 
texnologiyasi 
imkoniyatlaridan 
foydalanish 
shartsharoitlarni yaratish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda mahalliy dasturchilar 
tomonidan ushbu texnologiyani o‗zlashtirishni qo‗llab-quvvatlash maqsadida 
taqsimlangan reestr (blokcheyn) texnologiyalari bo‗yicha vakolatlar markazini 
yaratish ko‗zda tutilgan. Shuning uchun ham hozirgi paytda blokcheyn 
texnologiyasini atroflicha tushunish va undan moliya-kredit-bank sohalarida 
unumli foydalanish yo‗llarini chamalash maqsadida ushbu maqola omma 
e‘tiboriga havola etilmoqda.
Ko‗pincha ―Blokcheyn — ma‘lumotlarni saqlash uchun taqsimlangan 
reestr…‖ deb tushuntiriladi. 
Blokcheyn — bir-biri bilan internet orqali bog‗langan ko‗plab 


311 
kompyuterlarda bir vaqtning o‗zida axborotlarni saqlovchi ma‘lumotlar bazasi.
Uning asosiy vasifasi va ishlash texnologiyasini misol tariqasida qo‘rishimiz 
mumkin.
AQSHdagi biror bir firmaga bank jo‗natmalari orqali 1000 dollar 
yubordingiz deb tasavvur qiling. Jo‗natma shaklini to‗ldirganingizdan so‗ng, bank 
xodimi shaxsiy hisobingizdan pulni echib olib, uni xalqaro o‗tkazmalar uchun 
bankning yagona hisobiga o‗tkazadi. Shundan so‗ng, boshqa xodim bu pullarni 
agent bankning hisobiga o‗tkazadi, u esa, o‗z navbatida, pullarni AQSHga 
o‗tkazadi. U erda o‗tkazmangiz aynan shu taxlitda firmaning shaxsiy hisobiga 
tushadi. Jo‗natma davomida hech kim xatoga yo‗l qo‗ymagan bo‗lsa, uch kun 
o‗tib, firma barcha banklarning komission foizlari olingandan so‗ng 970 dollarni 
oladi. Biroq shu uch kun ichida na siz va na sizning firmangiz, qolaversa, bank 
xodimlaridan hech biri ayni vaqtda pullaringiz qaerda ekanligi va ularning hisobini 
kim yuritayotganligini bilmaydi. Undan tashqari, jahon banklararo moliyaviy 
tizimlarida turli moliyaviy to‗lovlarni amalga oshirishda ma‘lumotlarning o‗zgarib 
qolishi, to‗liq etib bormasligi yoki yo‗qolib qolishi kabi holatlar ham bo‗lishi 
mumkin. Ana shunday holatlarda moliyaviy to‗lovlarni blokcheynlardan 
foydalanib amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Hozirda blokcheynlardan asosan kriptovalyuta jo‗natmalari uchun 
foydalanilmoqda. Biroq u jahonning bir qancha mamlakatlarida turli 
tashkilotlarning turli maqsadlari uchun ham faol joriy etilmoqda. Masalan, er 
kadastrini yuritishda, tibbiyot korxonalarida mijozlarning anketalarini saqlashda, 
davlat interaktiv xizmatlarini tashkil qilishda va xakozolarda.
Blokcheynning afzalligi - uning shaffof, tezkor, soddaligi va qiymatida. Siz 
kriptovalyuta yoki biror ma‘lumotni blokcheyn orqali jo‗natgan bo‗lsangiz, bunday 
jo‗natma haqida ma‘lumotni o‗zgartirish yoki qalbakilashtirishning umuman 
imkoni yo‗q. Chunki u butun dunyo bo‗yicha yuz minglab kompyuterlar hamda 
maynerlar tomonidan tasdiqlanadi. Aynan ushbu kompyuterlarda ushbu 
ma‘lumotning ko‗plab nusxalari saqlanadi, ular bilan istagan foydalanuvchi istagan 
vaqtda tanishishi mumkin. Jo‗natma jarayoni bor-yo‗g‗i bir necha daqiqa vaqt 


312 
oladi va bank jo‗natmasidan bir necha o‗n marta arzondir. Agar siz pullar yoki 
ma‘lumotni blokcheynda saqlasangiz, ushbu qaydlar hech qachon yo‗qolib 
qolmaydi yoki soxtalashtirilmaydi.
Moliyaviy bozorning istagan ishtirokchisi istagan daqiqada sizning 
moliyaviy ahvolingizga ishonch hosil qilishi mumkin. Bunda hech qanday 
uchinchi tomon yoki vositachi ishtirokisiz, to‗liq shaffoflik va hisoblar aniqligining 
matematik kafolati ta‘minlab beriladi. SHuning uchun ham O‗zbekistonda 
Prezidentimiz tashabbusi bilan blokcheyn texnologiyasini rivojlantirish borasida 
bir qator muhim topshiriqlar berildi. Endi esa blokcheynlar bilan bir vaqtda hozirgi 
paytda jahonning barcha mamlakatlarida rivojlanib borayotgan ICO (Initial Coin 
Offering – kriptotokenlarni moliyaviy bozorlarga birlamchi joylashtirish) nimaligi 
haqida qisqacha ma‘lumot berishga harakat qilamiz. Buni tushunish uchun 
attraksionlar parkini tasavvur qiling. Uning kirish qismida park emblemasi 
tushirilgan jetonni xarid qilasiz va turli ko‗ngilochar o‗yinlar va attraksionlar 
uchun u bilan to‗lov qilasiz. Blokcheynlar bilan ishlovchi turli loyihalar (masalan, 
ma‘lumotlarni saqlashga ixtisoslashganlar) ham ana shunday jetonlar chiqaradi. 
Ular tanga yoki token deb ataladi. Xaridor ana shunday tokeni xarid qilib, uning 
yordamida loyihaning biror-bir xizmati, aytaylik, ma‘lumotlar bazasidagi o‗z 
ma‘lumotlarini saqlash joyi hajmini oshirish uchun to‗lovni amalga oshiradi. Agar 
bunday loyiha ommalashsa, tokenlarning ham qiymati oshadi. Blokcheyn-loyihalar 
tokenlar chiqarganda, ularni odamlar harid qilishi uchun moliyaviy bozorga 
joylashtiradi.

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling