O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 
 
 
1. Masofadan o`qitish tizimi deganda nimani tushunasiz? 
2. Masofada o`qitishning uslubiy materiallarini sanab o`ting? 
3. Sputnik orqali videokonferensiyalar deganda nimani tushunasiz? 
4. Vertual kutubxona hqida nimalarni bilasiz? 
5. Elektron kitobning strukturasi? 
6. Masofaviy ta`limga jalb qilinuvchi ijtimoiy guruhlarga mansub shaxslar? 
7. Onlayn bo‘yicha ta‘lim oluvchiga qo‘yiladigan talablar? 
8. Onlayn bo‘yicha ta‘lim beruvchining ma‘suliyatlari? 
9.Ta‘lim koordinatorining vazifalarini sanab o`ting? 


393 
10. Onlayn Markazi tuzilishini tavsiflab bering? 
11. Online asosida ta‘lim olishning afzalliklari? 
12. LMS (Learning Management Systems) deganda nimani tushunasiz?
13. LMS tizimlariga misollar keltiring.
14. Qanday qilib ta‘lim jarayonida LMS tizimlaridan foydalanish mumkin? 
Misollar keltiring.
 
 


394 
6-BOB. AXBOROT KOMPLEKSLARIDA XAVFSIZLIKNI TA‘MINLASH 
ASOSLARI 
 
6.1. Axborot komplekslarida xavfsizlikni tashkil etish jarayonlari 
Hozirgi zamonda xar bir sohada xavsizlikni ta‘minlashni tashkil qilish 
eng asisyi vazifalarda biri hisoblanadi. Axborot komplekslarida xavsizlikni 
tashkil etishda kriprodrafiyaga murojat qilamiz.
«Kriptografiya» atamasi dastlab «yashirish, yozuvni berkitib qo‗ymoq» 
ma‘nosini bildirgan. Birinchi marta u yozuv paydo bo‗lgan davrlardayoq aytib 
o‗tilgan. Hozirgi vaqtda kriptografiya deganda har qanday shakldagi, ya‘ni diskda 
saqlanadigan sonlar ko‗rinishida yoki hisoblash tarmoqlarida uzatiladigan 
xabarlar ko‗rinishidagi axborotni yashirish tushuniladi. Kriptografiyani raqamlar 
bilan kodlanishi mumkin bo‗lgan har qanday axborotga nisbatan qo‗llash 
mumkin. Maxfiylikni ta‘minlashga qaratilgan kriptografiya kengroq qo‗llanilish 
doirasiga ega. Aniqroq aytganda, kriptografiyada qo‗llaniladigan usullarning o‗zi 
axborotni himoyalash bilan bog‗liq bo‗lgan ko‗p jarayonlarda ishlatilishi 
mumkin. 
Kriptografiya axborotni ruxsatsiz kirishdan himoyalab, uning maxfiyligini 
ta‘minlaydi. Masalan, to‗lov varaqlarini elektron pochta orqali uzatishda uning 
o‗zgartirilishi yoki soxta yozuvlarning qo‗shilishi mumkin. Bunday hollarda 
axborotning yaxlitligini ta‘minlash zaruriyati paydo bo‗ladi. Umuman olganda 
kompyuter tarmog‗iga ruxsatsiz kirishning mutlaqo oldini olish mumkin emas
lekin ularni aniqlash mumkin. Axborotning yaxlitligini tekshirishning bunday 
jarayoni, ko‗p hollarda, axborotning haqiqiyligini ta‘minlash deyiladi. 
Kriptografiyada qo‗llaniladigan usullar ko‗p bo‗lmagan o‗zgartirishlar bilan 
axborotlarning haqiqiyligini ta‘minlashi mumkin. 
Nafaqat axborotning kompyuter tarmog‗idan ma‘nosi buzilmasdan 
kelganligini bilish, balki uning muallifdan kelganligiga ishonch hosil qilish juda 
muhim. Axborotni uzatuvchi shaxslarning haqiqiyligini tasdiqlovchi turli usullar 
ma‘lum. Eng universal protsedura parollar bilan almashuvdir, lekin bu juda 


395 
samarali bo‗lmagan protsedura. Chunki parolni qo‗liga kiritgan har qanday shaxs 
axborotdan foydalanishi mumkin bo‗ladi. Agar ehtiyotkorlik choralariga rioya 
qilinsa, u holda parollarning samaradorligini oshirish va ularni kriptografik 
usullar bilan himoyalash mumkin, lekin kriptografiya bundan kuchliroq parolni 
uzluksiz o‗zgartirish imkonini beradigan protseduralarni ham ta‘minlaydi. 
Kriptografiya sohasidagi oxirgi yutuqlardan biri — raqamli signatura — 
maxsus xossa bilan axborotni to‗ldirish yordamida yaxlitlikni ta‘minlovchi usul, 
bunda axborot uning muallifi bergan ochiq kalit ma‘lum bo‗lgandagina 
tekshirilishi mumkin. Ushbu usul maxfiy kalit yordamida yaxlitlik tekshiriladigan 
ma‘lum usullardan ko‗proq afzalliklarga ega. 
Kriptografiya usullarini qo‗llashning ba‘zi birlarini ko‗rib chiqamiz. 
Uzatiladigan axborotningn ma‘nosini yashirish uchun ikki xil o‗zgartirishlar 
qo‗llaniladi: kodlashtirish va shifrlash. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling