O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

Kriptografiyaning vazifasi xabarlarning maxfiyligini va haqiqiyligini 
ta‘minlashdan iborat. 
Kriptotahlilning vazifasi esa kriptograflar tomonidan ishlab chiqilgan 
himoya tizimini ochishdan iborat. 
Hozirgi kunda kriptotizimni ikki sinfga ajratish mumkin: 
 simmetriyali bir kalitlilik (maxfiy kalitli); 
 asimmetriyali ikki kalitlilik (ochiq kalitli).
 
Simmetriyali tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud: 
1. Axborot almashuvida ishtirok etuvchilar qanday yo‗l bilan maxfiy kalitni 
bir-birlariga uzatishlari mumkin? 
2. Jo‗natilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa bo‗ladi? 
Ushbu muammolarning yechimi ochiq kalitli tizimlarda o‗z aksini topdi. 
Ochiq kalitli asimmetriyali tizimda ikkita kalit qo‗llaniladi. Biridan 
ikkinchisini hisoblash usullari bilan aniqlab bo‗lmaydi. 
Birinchi kalit axborot jo‗natuvchi tomonidan shifrlashda ishlatilsa
ikkinchisi axborotni qabul qiluvchi tomonidan axborotni tiklashda qo‗llaniladi va 
u sir saqlanishi lozim. Ushbu usul bilan axborotning maxfiyligini ta‘minlash 
mumkin. Agar birinchi kalit sirli bo‗lsa, u holda uni elektron imzo sifatida 
qo‗llash mumkin va bu usul bilan axborotni autentifikatsiyalash, ya‘ni 
axborotning yaxlitligini ta‘minlash imkoni paydo bo‗ladi. 


397 
Axborotni autentifikatsiyalashdan tashqari quyidagi masalalarni yechish 
mumkin: 
foydalanuvchini autentifikatsiyalash, ya‘ni kompyuter tizimi 
zaxiralariga kirmoqchi bo‗lgan foydalanuvchini aniqlash: 
tarmoq abonentlari aloqasini o‗rnatish jarayonida ularni o‗zaro 
autentifikatsiyalash. 
Hozirgi kunda himoyalanishi zarur bo‗lgan yo‗nalishlardan biri bu elektron 
to‗lov tizimlari va Internet yordamida amalga oshiriladigan elektron savdolardir. 
Axborotlarni kriptografiyali himoyalash tamoyillari. Kriptografiya - 
ma‘lumotlarni o‗zgartirish usullarining to‗plami bo‗lib, ma‘lumotlarni himoyalash 
bo‗yicha quyidagi ikkita asosiy muammolarni hal qilishga yo‗naltirilgan: 
maxfiylik; yaxlitlilik. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling