65
ega.
Ta‘minlovchi qism o‘z navbatida axborot ta‘minotidan tashkil topadi.
Axborot
ta‘minoti texnik, matematik, dasturiy, tashkiliy, huquqiy va lingvistik ta‘minotdan
iborat bo‗ladi.
Axborot ta‟minoti — tashkilotda aylanib yuruvchi axborotlarni tashkil etish
shakli, joylashtirilish hajmi (axborotni tasniflash va kodlashtirish,
hujjatlarni
unifikatsiyalashgan tizimi, axborot oqimlarining yagona tizimi) bo‗yicha loyiha
qarorlarining,
shuningdek, ma‘lumotlar bazasi tuzilish uslubining majmuidir.
U ko‗rsatkichlarni, ma‘lumotnomalarni axborotni tasniflovchi hujjatlarning
unifikatsiyalashgan tizimini, tashuvchi vositalardagi axborotlarni o‗z ichiga oladi.
Texnik ta‟minot. Texnik ta‘minot —
axborot tizimi ishi uchun
mo‗ljallangan texnik vositalar kompleksi, shuningdek, ushbu vositalar va
texnologik jarayonlarga tegishli hujjatlardir.
Matematik ta‟minot. Matematik ta‘minot — axborot
tizimida vazifalarni
hal etishda foydalaniladigan axborotlarni qayta ishlash algoritmi,
modellari,
matematik uslublari majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: