O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bulut – bu nafaqat virtuallashtirish
- Bulut – tejamkorlik manbaasi bo‗lishi shart emas.
- Xususiy bulut doim ham buyurtmachida joriy etilavermaydi
Hybrid cloud (gibrid bulut) – bu infratuzilma tarqatish modellarini
barchasini o‗z ichiga oladi (xususiy, ommaviy). Odatda, korxonalarda yaratiladi, ularni boshqarish bo‗yicha mas‘uliyat esa korxona va ommaviy bulutni etkazib beruvchi o‗rtasida taqsimlanadi. Gibrid bulut bir qismi ommaviy bulutga, bir qismi xususiy bulutga tegishli bo‗lgan xizmatlarni taqdim etadi. Odatda, bunday turdagi bulutlar mavsumiy faollik davriga ega tashkilotlarda foydalaniladi. Boshqacha ifodalaganda, ichki AT-infratuzilma joriy masalalarni echish xususiyatiga ega bo‗lmay qolishi bilan quvvatning bir qismi ommaviy bulutga tashlanadi (masalan, ishlov berilmasa korxona uchun xech qanday qiymatga ega bo‗lmaydigan katta hajmdagi statistik axborotlar), shuningdek, ommaviy bulut orqali korxona resurslariga (xususiy bulutga) foydalanuvchilar kirishini taqdim etish uchun ilmiy- amaliy asoslangan gibrid bulut mijozlardan va ikkinchi darajali to‗lovlarni olishda ham xavfsizlikni talab qiluvchi o‗ta muhim jarayonlarda xizmat ko‗rsatishi mumkin. Hybrid cloudning asosiy kamchiligi bunday echimlarni samarali yaratish va ularni boshqarishni murakkabligi hisoblanadi. Turli manbaalardan xizmatlar olish uchun ularni yagona manbaa sifatida tashkil etilishi zarur bo‗ladi. Xususiy va ommaviy komponentlar o‗rtasidagi o‗zaro hamkorlik echimni yanada murakkablashtirib yuboradi. Bu bulutli hisoblash sohasida yangi arxitekturali konsepsiya hisoblanadi, bu model uchun yangidan-yangi amaliy tavsiya va instrumentlar paydo bo‗ladi, uni keng tarqalishi to‗liq tadqiq etilmaguncha cho‗zilib ketadi. Amerika ―Gartner‖ tadqiqot va konsalting kompaniyasi vitse prezidenti va 61 etakchi analitigi Tom Bittman fikriga ko‗ra 10 , yuqorida sanab o‗tilgan uch turdagi tarqatish modellari orasida ayni damda biznes uchun eng dolzarb bo‗lgan texnologiya xususiy bulut hisoblanadi. T. Bittman xususiy bulut to‗g‗risida yanada aniq tasavvur olish uchun yordam beradigan beshta asosiy lahzani ajratib berdi: 1. Bulut – bu nafaqat virtuallashtirish. Server va infratuzilishni virtuallashtirish xususiy bulutli hisoblashning asosi hisoblanadi, virtuallashtirish va virtuallashgan muhitni boshqarish o‗z-o‗zidan xususiy bulut bo‗lib qolmaydi. Virtuallashtirish serverlarni, desktoplar, saqlash hajmlari va boshqalarni samarali tuzilmalashtirish, birlashtirishga imkon beradi. Ammo, texnik bulut bulut hisoblanishi uchun, ya‘ni, virtual mashina, ot yoki Otni bog‗lovchi konteynerlar, yuqori bardoshli OT, grid-hisoblash DT, saqlash resurslarini abstaktlovchi DT, ko‗lamlashtiruvchi va klasterlovchi DT kabilardan tashkil etuvchilar bo‗lishi zarur. ―Xususiy bulut‖ atamasi ommaviy yoki gibbriddan farqli ravishda yagona tashkilot tomonidan foydalaniladigan resurslarga tegishli, yoki tashkilotning bulut resurslari bulutdagi boshqa komponentlardan to‗liq izolyasiya qilinganligini aniqlab beradi. 2. Bulut – tejamkorlik manbaasi bo‗lishi shart emas. Bulut pul mablag‗larini tejaydi degan tushuncha eng katta va asosiy aldanish hisoblanadi. Tejamkorlik bo‗lishi mumkin, ammo bu majburiy atribut hisoblanmaydi. Bulut korporativ talablarni qondirishi uchun resurslarni yanada samarali taqsimlashga imkon beradi va qurulmalarga qilinadigan kapital xarajatlarni kamaytirish xususiyatiga ega bo‗ladi. Ammo, xususiy bulut avtomatlashtirishga sarmoyalar kiritishni talab qiladi va tejab qolish to‗liq qiymatini qoplay olmasligi mumkin. Demak, xarajatlarni tushirilishi bu modelning bosh ustuvorligi hisoblanmaydi. Shu nuqtai-nazardan, bulutli modelni joriy etishdagi bosh rag‗bat tejab qolish emas, balki bozorga chiqish, yangi xizmatlarni joriy etish tezligini oshirishga imkon beruvchi talabga mos holda tezda moslashish va dinamik ko‗lamlanuvchanlik imkoniyati bo‗lishi kerak. 10 Облачные вычисления (Cloud computing). 2012. URL: http://www.tadviser.ru/index.php/Статья:Об- лачные_вычисления_(Cloud_computing) , Gartner призывает к правильному пониманию частного облака. 2012. URL: http://www.crn.ru/news/ detail.php?ID=73064 62 3. Xususiy bulut doim ham buyurtmachida joriy etilavermaydi. Xususiy bulut atamasi aniq bir joyda joylashuvni emas, konfidensiallik, resurslarga egalik qilish yoki mustaqil boshqaruvni aniqlab beradi. Ko‗plab etkazib beruvchilar lokal bo‗lmagan xususiy bulutlarni taklif etadi, ya‘ni, resurslarni yagona buyurtmachiga ajratib beradi. ―bulut o‗zining qaerda ochilganligiga emas balki, maxfiyligi, unga kim egalik qiladi va boshqarishga kim mas‘uliyatni olishiga ko‗ra xususiy hisoblanadi. Masalan, o‗zining ma‘lumotlarga ishlov berish markazlarini (MIBM) xosting-provayderda joylashtirish yoki turli buyurtmachilar resurslarini birlashtirib, virtual xususiy tarmoqlari (Virtual Private Network – VPN) yordamida bir-biridan ximoya qilishi mumkin. Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling