O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Xususiy bulut (ommaviy bulut kabi) – bu nafaqat infratuzilmali


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

Xususiy bulut (ommaviy bulut kabi) – bu nafaqat infratuzilmali 
xizmatlar. Serverli virtuallashtirish – yirik munosabat va shuning uchun xususiy 
bulutli hisoblashlarning yuqori quvvatli harakatlantiruvchisi hisoblanadi. Ammo 
xususiy bulut xizmat sifatidagi infratuzilishga (IaaS) keltirilmaydi. Masalan, yangi 
DTni ishlab chiqish va testdan o‗tkazish uchun yuqori darajadagi xizmat sifatidagi 
platforma (PaaS) virtual mashinalarni taqdim etishga nisbatan ancha katta ma‘noga 
ega hisoblanadi. 
Hozirgi kunda IaaS bulutli hisoblashlarni eng tez o‗sibborayotgan sigmenti 
hisoblanadi. Eng quyi darajadagi MIBM resurslarini foydalanishda sodda shaklda 
taqdim etiladi, ammo ishlash tamoyillari asosini o‗zgartirmaydi. 
Boshidanoq bulut uchun mo‗ljallangan va avvalgi ilovalar ko‗rsatgan 
xizmatlardan katta far qiluvchi umuman yangi xizmatlarni taqdim etuvchi yangi 
ilovalarni yaratish uchun ishlab chiquvchilarga PaaSdan foydalanish qulay 
hisoblanadi. 
Xususiy bulut xususiy bo‗lmay qolishi mumkin. Bir tomondan, xususiy 
bulut tez qayta qurishga ko‗lamlanuvchanligi va samaradorlik, ommaviy bulutlar 
uchun xarakterli bo‗lgan real va salohiyatli xavfsizlik tahdidlarii bartaraf qilish 
ustunliklariga ega. Ikkinchi tomondan, ommaviy bo‗lgan bulutli xizmatlarda vaqti 
bilan xizmat ko‗rsatish, xavfsizlik va talablarga rioya etishni nazorat qilish darajasi 
so‗zsiz ortibboradi. SHuning uchun, ba‘zi xususiy bulutlar to‗laligicha ommaviylik 


63 
toifasiga kirib qoladi. Xususiy bulutning ko‗plab xizmatlari esa ommaviy bulut 
xizmatlari va boshqa tashqi resurslardan foydalanishi hisobiga kirish imkoniyatlar 
ini kengaytirgan holda gibrid bulut xizmatlariga aylanib boradi. 
Bulutli texnologiyalarning asosiy xossalari 
NIST Standart va texnologiyalar milliy instituti hujjatida quyidagi tavsiflarni 
aniqlab bergan: 
- provayder tomonidan tizimning yuqori darajada avtomatlashtirilgan o‗z-
o‗ziga xizmat ko‗rsatish imkoniyati; 
- alohida ish faoliyatini olib boorish uchun tizimining mavjudligi; 
- resurslarni samarali taqsimlanishi uchun alohida maydonlarda jamlanishi; 
- tezda ko‗lamlanuvchanligi (resurslar talablarga bog‗liq holda tezlikda 
cheklanmagan holda ajratiladi va chiqariladi; 
- boshqariluvchan xizmat (bulutni boshqarish tizimi resurslar ajratilishini 
nazorat qiladi va optimallashtiriladi). 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling