O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

Hybrid cloud (gibrid bulut) – bu infratuzilma tarqatish modellarini 
barchasini o‗z ichiga oladi (xususiy, ommaviy). Odatda, korxonalarda yaratiladi, 
ularni boshqarish bo‗yicha mas‘uliyat esa korxona va ommaviy bulutni etkazib 
beruvchi o‗rtasida taqsimlanadi. Gibrid bulut bir qismi ommaviy bulutga, bir qismi 
xususiy bulutga tegishli bo‗lgan xizmatlarni taqdim etadi. Odatda, bunday turdagi 
bulutlar mavsumiy faollik davriga ega tashkilotlarda foydalaniladi. Boshqacha 
ifodalaganda, ichki AT-infratuzilma joriy masalalarni echish xususiyatiga ega 
bo‗lmay qolishi bilan quvvatning bir qismi ommaviy bulutga tashlanadi (masalan, 
ishlov berilmasa korxona uchun xech qanday qiymatga ega bo‗lmaydigan katta 
hajmdagi statistik axborotlar), shuningdek, ommaviy bulut orqali korxona 
resurslariga (xususiy bulutga) foydalanuvchilar kirishini taqdim etish uchun ilmiy-
amaliy asoslangan gibrid bulut mijozlardan va ikkinchi darajali to‗lovlarni olishda 
ham xavfsizlikni talab qiluvchi o‗ta muhim jarayonlarda xizmat ko‗rsatishi 
mumkin. 
Hybrid cloudning asosiy kamchiligi bunday echimlarni samarali yaratish va 
ularni boshqarishni murakkabligi hisoblanadi. Turli manbaalardan xizmatlar olish 
uchun ularni yagona manbaa sifatida tashkil etilishi zarur bo‗ladi. Xususiy va 
ommaviy komponentlar o‗rtasidagi o‗zaro hamkorlik echimni yanada 
murakkablashtirib yuboradi. Bu bulutli hisoblash sohasida yangi arxitekturali 
konsepsiya hisoblanadi, bu model uchun yangidan-yangi amaliy tavsiya va 
instrumentlar paydo bo‗ladi, uni keng tarqalishi to‗liq tadqiq etilmaguncha 
cho‗zilib ketadi. 
Amerika ―Gartner‖ tadqiqot va konsalting kompaniyasi vitse prezidenti va 


61 
etakchi analitigi Tom Bittman fikriga ko‗ra
10
, yuqorida sanab o‗tilgan uch turdagi 
tarqatish modellari orasida ayni damda biznes uchun eng dolzarb bo‗lgan 
texnologiya xususiy bulut hisoblanadi. T. Bittman xususiy bulut to‗g‗risida yanada 
aniq tasavvur olish uchun yordam beradigan beshta asosiy lahzani ajratib berdi: 
1. Bulut – bu nafaqat virtuallashtirish. Server va infratuzilishni 
virtuallashtirish xususiy bulutli hisoblashning asosi hisoblanadi, virtuallashtirish va 
virtuallashgan muhitni boshqarish o‗z-o‗zidan xususiy bulut bo‗lib qolmaydi. 
Virtuallashtirish serverlarni, desktoplar, saqlash hajmlari va boshqalarni 
samarali tuzilmalashtirish, birlashtirishga imkon beradi. Ammo, texnik bulut bulut 
hisoblanishi uchun, ya‘ni, virtual mashina, ot yoki Otni bog‗lovchi konteynerlar, 
yuqori bardoshli OT, grid-hisoblash DT, saqlash resurslarini abstaktlovchi DT, 
ko‗lamlashtiruvchi va klasterlovchi DT kabilardan tashkil etuvchilar bo‗lishi zarur. 
―Xususiy bulut‖ atamasi ommaviy yoki gibbriddan farqli ravishda yagona 
tashkilot tomonidan foydalaniladigan resurslarga tegishli, yoki tashkilotning bulut 
resurslari bulutdagi boshqa komponentlardan to‗liq izolyasiya qilinganligini 
aniqlab beradi. 
2. Bulut – tejamkorlik manbaasi bo‗lishi shart emas. Bulut pul 
mablag‗larini tejaydi degan tushuncha eng katta va asosiy aldanish hisoblanadi. 
Tejamkorlik bo‗lishi mumkin, ammo bu majburiy atribut hisoblanmaydi. 
Bulut korporativ talablarni qondirishi uchun resurslarni yanada samarali 
taqsimlashga imkon beradi va qurulmalarga qilinadigan kapital xarajatlarni 
kamaytirish xususiyatiga ega bo‗ladi. Ammo, xususiy bulut avtomatlashtirishga 
sarmoyalar kiritishni talab qiladi va tejab qolish to‗liq qiymatini qoplay olmasligi 
mumkin. Demak, xarajatlarni tushirilishi bu modelning bosh ustuvorligi 
hisoblanmaydi. Shu nuqtai-nazardan, bulutli modelni joriy etishdagi bosh rag‗bat 
tejab qolish emas, balki bozorga chiqish, yangi xizmatlarni joriy etish tezligini 
oshirishga imkon beruvchi talabga mos holda tezda moslashish va dinamik 
ko‗lamlanuvchanlik imkoniyati bo‗lishi kerak. 
10
Облачные вычисления (Cloud computing). 2012. URL: 
http://www.tadviser.ru/index.php/Статья:Об-
лачные_вычисления_(Cloud_computing)
, Gartner призывает к правильному пониманию частного облака. 
2012. URL: http://www.crn.ru/news/ detail.php?ID=73064 


62 
3. Xususiy bulut doim ham buyurtmachida joriy etilavermaydi. Xususiy 
bulut atamasi aniq bir joyda joylashuvni emas, konfidensiallik, resurslarga egalik 
qilish yoki mustaqil boshqaruvni aniqlab beradi. 
Ko‗plab etkazib beruvchilar lokal bo‗lmagan xususiy bulutlarni taklif etadi, 
ya‘ni, resurslarni yagona buyurtmachiga ajratib beradi. ―bulut o‗zining qaerda 
ochilganligiga emas balki, maxfiyligi, unga kim egalik qiladi va boshqarishga kim 
mas‘uliyatni olishiga ko‗ra xususiy hisoblanadi. Masalan, o‗zining ma‘lumotlarga 
ishlov berish markazlarini (MIBM) xosting-provayderda joylashtirish yoki turli 
buyurtmachilar resurslarini birlashtirib, virtual xususiy tarmoqlari (Virtual Private 
Network – VPN) yordamida bir-biridan ximoya qilishi mumkin. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling