O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Bulutli hisoblash xizmatlarini taqdim etish asosiy modellari


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

Bulutli hisoblash xizmatlarini taqdim etish asosiy modellari. Tarqatish 
modellari bo‗yicha bulutli texnologiyalar xususiy, korporativ, ommaviy va gibrid 
texnologiyalarga ajratiladi.
Private cloud (xususiy bulut) – bu infratuzilma bulutli hisoblashni tadbiq 
etishda yagona tashkilot doirasida foydalanilib, korxonaning ichki bulut 
infratuzilishi va xizmati. Bunday bulut korporativ tarmoq doirasida joylashadi.
Tashkilot xususiy bulutni mustaqil boshqarishi yoki bu masalan tashqi pudratchiga 
topshirishi mumkin. Infratuzilish buyurtmachi binosida yoki tashqi operatorda
yoki qisman buyurtmachi va qisman operator binosida joylashtirilishi mumkin. 
Xususiy bulutning ideal (tarqatilgan) varianti – o‗zining xodimlari tomonidan 
xizmat ko‗rsatiladigan va nazorat qilinadigan bulutdir. 
1.3.3-rasm. Bulutli hisoblashning tuzilishi 
9
Dallas К. The Internet of Things is Here. 2012. URL: http://blogs.msdn.com/b/windows-
embedded/archive/2013/09/06/the-internet-of-things-is-here.aspx


59 
Xususiy bulut ham ommaviy model kabi barcha imkoniyatlarga ega bo‗ladi. 
SHu bilan birga yana bir muhim jihati – bulutni o‗rnatish va quvvatlab turish bilan 
tashkilotning o‗zi shug‗ullanadi. Ichki bulutni bahosi va murakkabligi juda ham 
yuqori bo‗lishi, undan foydalanish xarajatlari ommaviy bulutdan foydalanish 
xarajatlaridan oshib ketishi mumkin. 
Ta‘kidlash joizki, xususiy bulut xususiy bulutga nisbatan ustunliklari mavjud 
bulutdan turli resurslarni kuchli nazorat qilish kompaniyasiga har qanday mumkin 
bo‗lgan konfiguratsiya variantlarini ta‘minlab beradi. Bundan tashqari, xavfsizlik 
nuqtai-nazaridan ommaviy bulutga ishonish mumkin bo‗lmaydigan ishlarni 
bajarish zarur bo‗lganda xususiy bulut ideal bulut hisoblanadi. 
Public cloud (ommaviy bulut) - bu infratuzilma bulutli xisoblash 
xizmatlaridan keng omma foydalanish imkoniyatiga ega, etkazib beruvchilar 
tomonidan taqdim etiladi va korporativ tarmoqdan tashqarida joylashadi. Bunday 
bulut foydalanuvchilari bulut ma‘lumotlarini boshqarish yoki unga xizmat 
ko‗rsatish imkoniyatiga ega bo‗lmaydi, barcha ma‘lumot bulut egasiga yuklatiladi. 
Bulut xizmatlarini etkazib beruvchi dasturiy ta‘minotni taqdim etish va xizmat 
ko‗rsatish, ilovalar va jismoniy infratuzilishni o‗rnatish hamda boshqarish 
mas‘uliyatini o‗z zimmasiga oladi, mijozlar esa foydalanayotgan resurslari uchun 
haq to‗laydi. 
Taklif etilayotgan xizmat abonentlari ixtiyoriy kompaniya yoki yakka 
foydalanuvchi bo‗lishi mumkin. Ular boshqa echimlarda mumkin bo‗lmagan katta 
ko‗lamli kengayuvchanlik imkoniyatiga ega biznes-tizim yoki veb-sayt (tarqalish) 
usullarini engil-oson va mumkin qadar qoniqarli narxlarda taklif etadi. Masalan: 
Amazon EC2 i Amazon Simple Storage Service (S3), Google Apps/Docs, 
Salesforce.com, Microsoft Office Web
onlayn-xizmatlari.
Shu bilan birga, ommaviy bulut xizmatlari asosan standart konfiguratsiyalar 
ko‗rinishida, ya‘ni, eng ko‗p tarqalgan foydalanish holatlaridan kelib chiqib taqdim 
etiladi. Bu, foydalanuvchida resurslarni foydalanuvchining o‗zi boshqaradigan 
tizimlarga solishtirganda konfiguratsiyalarni tanlash imkoniyati qat‘iy 


60 
chegaralangan bo‗ladi. SHuni e‘tiborga olish lozimki, foydalanuvchi 
infratuzilishini kuchsiz nazorat qilinganligidan, me‘yoriy talablarga mos kelishlik 
va qat‘iy xavfsizlik choralarini talab qiluvchi jarayonlarni ommaviy bulutda 
amalga oshirish har doim ham to‗g‗ri kelmaydi. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling