69
O‘z-o‘zi tekshirish uchun savollari
1. Iqtisodiy axborot tizimlarida axborot ta‘minoti nima?
2. Axborot ta‘minoti qanday tashkil qilinadi?
3. Raqamli axborot ta‘minoti deb nimaga aytiladi?
4. Axborot ta‘minoti turlari?
5. Mashinaviy axborot ta‘minoti nima?
6. Nomashinaviy axborot ta‘minoti o‘zi nima?
70
2-BOB. AXBOROT KOMPLEKSLARIDA TARMOQ AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI
2.1. Axborot komplekslarida ma‘lumotlar bazasini (MB) tashkil etish va
boshqarish
MB ning o'zi nima, u
qanday ishlaydi? Dasturchilar tilida MB axborotlarni
saqlab, saralab, tizimga solib. tuzatib va to'ldirib turuvchi hamda so'rovlar,
tanlanmalar va hisobotlar tuzish uchun zarur vosita va usullarga ega bo'lgan
dasturiy tarzda tashkillashtirilgan tuzilmadir. MB dagi ma'lumollar
albatta
muayyan
bir sohaga, turdosh mavzular turkumiga yoki ma'lum
bir masalaga
taalluqli bo'ladi.
Ma‘lumotlarni integratsiyalashtirish darajasiga ko‗ra
avtomatlashtirilgan
axborot tizimlari (AAT) avtonom va ma‘lumotlar bazasidan tashkil topgan turlarga
bo‗linadi. Avtonom fayli tizimlarda (AFAAT) to‗plangan ma‘lumotlar o‗zaro
bog‗lanmagan holatda bo‗ladi. Shu sababli bunday turdagi tizimlar o‗rniga
ma‘lumotlar bazasidan (MB) foydalanilmoqda.
Taqsimlash darajasiga ko‗ra AAT elementlari bitta kompyuterda (lokal) va
hisoblash tarmog‗ida (taqsimlangan) joylashgan turdagi tizimlarga bo‗linadi.
Ma‘lumotlar bazasini tashkil qilish tamoyillari. Axborotga bo‗lgan
talablarning
turli-tumanligi, masalalar ko‗lamining
tobora ortib borishi va
boshqalar zamonaviy AT lari oldiga bir qator talablar qo‗ymoqda. Bunday talablar
jumlasiga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: