O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot tizimilarining vazifasi.
Nazorat qilish — boshqariladigan obyektlarning me‘yorida ishlashidan
chalg‗ishi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar mazmunini aniqlashdan iborat. 8. Boshqarish — tasodifiy ta‘sirlar sababli tizim ishining me‘yoriy rejasidan chetlashishini bartaraf etash maqsadida qaror qabul qilish, ya‘ni qayta aloqa asosida tuzatish, olinadigan samaraning sifat va miqdor o‗lchovlari o‗zgarishiga ko‗ra boshqariluvchi obyektga ta‘sir ko‗rsatishidir. 9. Tahlil — tizimning joriy holatini o‗rganishda ish samaradorligini oshirish uchun uning imkoniyatlarini tahlil etishdan iborat. Axborot tizimlari axborot va axborot texnologiyalari kabi jamiyat paydo bo‗lgan vaqtdan buyon mavjud, chunki uning har qanday rivojlanish bosqichida boshqaruvga ehtiyoj bo‗ladi. Boshqaruv uchun esa tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborot talab qilinadi. Avtomatlashtirilmagan axborot tizimida axborot va qarorlar qabul qilish bilan bog‗liq barcha harakatlar inson tomonidan amalga oshiriladi. Axborotni qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish algoritmlar doirasida hal qiluvchi qoidalarni qayta ishlashning yuzaga kelishiga olib keladi. Bu ham o‗z navbatida «sof axborot tizimi»ning boshqaruv axborot tizimiga, ya‘ni boshqaruv jarayonida qo‗llaniladigan ma‘lumotlarni yig‗ish, saqlash, to‗plash, qidirish, qayta ishlash va uzatish tizimiga aylanishiga olib keladi. Axborot tizimida boshqarish va shuningdek insonning qaror qabul qilish bo‗yicha ishi qisman amalga oshirilgan. Axborot tizimilarining vazifasi. Axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiqilgan boshqariluvchi jarayonga maqsadli ta‘sir ko‗rsatish — qaror qabul qilish deb 140 ataladi. Qarorning shakllanish jarayoni esa — qaror qabul qilish jarayoni deb yuritiladi. Tashkilotni boshqarish doirasida mehnat taqsimotiga muvofiq qabul qilinadigan qarorlar boshqaruvning u yoki bu vazifasiga kiradi. Qaror qabul qilish jarayonini ta‘minlash, ya‘ni aynan, kerakli axborotni kerakli vaqtda va kerakli joyga taqdim etish — tashkilot axborot tizimining asosiy vazifalaridan biridir. Shu bois ham qaror mohiyati, uni qabul qilish jarayoni, qaror qabul qilishning barbod bo‗lishi tashkilotning axborot tizimi faoliyatiga, u yerda qo‗llaniladigan texnologiyaga sezilarli ta‘sir qiladi va hatto axborot tizimining butun boshli sinfi — qaror qabul qilish tizimini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Tashkilotni boshqarishning yuqorida ko‗rib chiqilgan tizimi albatta, unga kibernetik nuqtai nazardan yondashuviga ko‗ra belgilangan. Agar boshqaruv tizimi haqida ayrim mavhumliklarsiz gapiradigan bo‗lsak, yuqorida qayd etilganlardan tashqari tashkilotning boshqaruv tizimiga uning tashkiliy tarkibi, xodimlar, vazifani bajarish choralarini ko‗rish, tashkilotning ichki madaniyati va hokazo omillar ta‘sir ko‗rsatadi. Xo‗sh, ta‘sir ko‗rsatish nima degani? Bu axborot tizimida qanday axborot mavjudligi, u qanday saqlanishi, qay yo‗sinda qayta ishlanishi, ushbu tizim qanday ishlashi va hokazolarni oldindan belgilashni anglatadi. Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling