O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 3.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/90
Sana03.11.2023
Hajmi3.55 Mb.
#1743254
TuriУчебное пособие
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   90
Bog'liq
Kompyuter grafikasi va dizayn

6.3. Dizering 
Agar rastrli aks ettirish qurilmasi har bir piksel uchun minglab ranglarni 
qaytadan tiklay olsa – bu yaxshi. Yaqin – yaqinlargacha ham bu hatto kompyuter 
displeylari (aniqrog‗i – videoadapterlar) uchun ham muammo edi. Zamonaviy rastrli 
displeylar millionlab ranglarni keraklicha sifatli aks ettirish mumkin, shu tufayli 
rangli fotografiyalarni hech bir muammosiz aks etdiradi. Ma‘lumki, qog‗ozga chop 
etuvchi rastr qurilmalarining ruxsat berilgan xatolik miqdori displeylarga nisbatan 
ikki barobar kichik. Boshqacha aytganda bir dyuym uzunlikdagi nuqtalar soni (dpi) 
ikki barobar ortiq. Ammo, million ranglar haqida gapirmay ham turib, oq - qora 
fotografiyalarning piksellari uchun kul rangning hatto yuzdan bir gradatsiyasini ham 
bevosita tasvirlash mumkin emas. Har qanday gazeta va jurnallarda bezaklarni, 
tasvirlarni ko‗ramiz – ko‗z deb e‘tiroz bildirilishi mumkin. Lupani olib pechat 
qilingan suratga qaralsa, ularda ko‗pchilik hollarda ranglarni nozik turlari (rangli 
tasvirlarda) yoki yarim tus gradatsiyalarini (oq - qora tasvirlarda) nuqtalar qorishig‗i 
bilan immitatsiya qilinganligini ko‗rish mumkin. Poligrafik uskuna qanchalik sifatli 
bo‗lsa, nuqtalar va ular orasidagi masofa shunchalik kichik bo‗ladi.


101 
Ba‘zan fotografiyadagi alohida nuqtalarni ajratib bo‗lmaydi. Bu narsa ikki 
holda yuz berishi mumkin – yo bizning omadimiz kelib, bir necha yuz xil bo‗yoqli 
pechatni ko‗rganimiz, yoki pechat qiluvchi qurilmaning ajratish qobiliyati juda 
yuqori. Ammo bu holatlarning har ikkalovi ham hozircha deyarli uchramaydi. Ammo 
albatta vaqt o‗tishi bilan sifatli pechatlash usuli kashf etilishiga shubha yo‗q.
Qog‗ozda pechatlash qurilmalari uchun buyoqlar soni anchagina muhimdir. 
Odatda poligrafiya sifatida rangli tasvirlar uchun uch rangli va bir qora rangdan 
foydalanilib, bularning qo‗shilishidan (qora rang va qog‗ozning oq rangini ham 
qo‗shgan holda) sakkiz xil rang hosil qilinadi. Katta miqdordagi bo‗yoq turlari bilan 
pechat qilish namunalari masalan, sakkiz turdagi bo‗yoqdan foydalanib pechatlangan 
kartalar – uchrab turadi, ammo pechat qilishning bunday texnologiyasi ancha 
murakkabdir. Rangli tasvirlarni pechat qilishning holatini nisbatan sodda bo‗lgan 
idora printerlari misolida baholashimiz mumkin. Yaqinda odatda uch xil rangli 
bo‗yoq o‗rniga olti xil bo‗yoqdan foydalanadigan purkovchi (struyniy) printerlar 
paydo bo‗ldi. Bunday printerlarda (etti rangli printerlar) odatdagi CMYK – bo‗yoqlar 
tarkibiga och – havo rang, och – pushti va och – sariq ranglar qo‗shilgandir. Olti 
rangli printerlarda och – sariq rang bo‗lmaydi. Bo‗yoqlar sonining ortishi shubhasiz, 
tasvirlarni pechat qilish sifatini ancha oshirdi, ammo bu hozircha aniq kamlik qiladi. 
Agar grafik qurilma ranglar miqdorini etarlicha ta‘minlay olmasa, unda 
qurilma rastrlari yoki rastrli emasligidan qat‘iy nazar, rastrlash usuli qo‗llaniladi. 
Rastrlash usuli poligrafiyada anchadan beri ma‘lum. U bundan bir necha yuz yil oldin 
gravyuralarni pechat qilishda foydalangandir. Gravyuralarda tasvir ko‗plab shtrixlar 
vositasida vujudga keltiriladi, bunda yarim tonlar gradatsiyasi bir xil uzunlikdagi turli 
qalinlikdagi shtrixlar, yoki bir xil qalinlikdagi shtrixlar joylashish qirraligini 
o‗zgartirish bilan amalga oshirilgan. Bunday usullar inson ko‗rishining o‗ziga xos 
xususiyatlaridan birinchi navbatda fazoviy integratsiyadan, foydalanadi. Agar turli 
rangdagi kichkina nuqtalarni bir-birlariga etarlicha yaqin masofalarda joylashtirsak, 
ular xuddi o‗rtacha rangdagi bir nuqta sifatida qabul qilinadi. 
Agar tekislikdagi ko‗pgina turli rangdagi nuqtalarni quroq bir tarzda 
joylashtirib chiqsak, unda tekislikni o‗rtacha bir rang bilan yaxshi bo‗yab chiqqanga 


102 
o‗xshab ko‗rinadi. Ammo agar nuqtalarning o‗lchamlari va (yoki) ular orasidagi 
masofa oshirilsa, yaxlit bo‗yalganga o‗xshab tuyulishi illyuziyasi yo‗qoladi – kishilar 
ko‗rishning boshqa bir xususiyati, ya‘ni alohida obyektlarni ajrata olish, ularning 
konturlari haqida yaqqol tasavvur qilish qobilyati namoyon bo‗ladi. 
Kompyuter grafika tizimlarida bu usullar tez-tez qo‗llab turiladi. Ular rastrli 
tasvirning fazoviy ajratish qobiliyatini pasaytirish hisobiga oshirish ranglar 
ottenoklari miqdorini imkoniyatini beradi. Boshqacha qilib aytganda, bu ajratish 
qobiliyatini ranglar miqdoriga almashish degani bo‗ladi. Kompyuter grafikasiga oid 
adabiyotda bu usullar dizering (titrash, suyultirish) nomini olgandir. 
Dizeringni eng sodda varianti sifatida ikkita qo‗shni piksel bilan rang 
ottenokini paydo qilishni aytish mumkin. 
Agar ikki pikseldan iborat yacheykalarni qaraydigan bo‗lsak (4 – rasm), unda 1 
raqamli yacheyka S

va S

grafik qurilma har bir piksel uchun bevosita tiklay oladigan 
rang ottenoklaridan. S

va S

larning raqamli qiymatlarini yarim tonlar gradatsiyasida 
yoki RGB modelida har bir tashkil etuvchisi CMY uchun ayrim – ayrim hisoblash 
mumkin.

Download 3.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling