O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 3.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi va dizayn
7.4 Tasodifiy fraktal
Ko‗plab matematik modellar shundan dalolat beradiki, haqiqatdan ham nochiziqli muhitda yangi shakllar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, ko‗plab murakkab tizimlarni sinergetik tadqiq etishda Mandelbrotning o‗lchamlilik nazariyasi qo‗llaniladi. Bu nazariyaga ko‗ra, oddiy matematik formulalar nuqtalarning tekislikda joylashishini aniqlay turib, bu nuqtalar kutilmagan murakkab tuzilmaga ega geometrik obyektlar-fraktallarni yuzaga keltiradi. Benua Mandelbrot fraktal haqida «Nega ba‘zan geometriyani sovuq va quruq deb atashadi? Buning sabablaridan biri uning bulut, tog‗larni, daraxt yoki dengiz sohilini ta‘svirlay olmaganligidandir. Bulut – bu sfera emas, tog‗lar – konus emas, sohil - aylana emas, daraxtning qobig‗i tekis emas, olov to‗g‗ri harakatlanmaydi ... Tabiat bizga faqat oddiylikni emas, balki umuman boshqacha murakkablikni namoyon etadi. Bu kabi obyektlarning mavjudligi esa bizga ularning shakllarini o‗rganishga da‘vat etadi». Fraktal geometriya faqat chiziqli matematika va Evklid geometriyasi nuqtai nazaridan tartibsizlik (tuzilmaga ega emas) hisoblanuvchi fenomenlarni o‗rganish usullaridan biridir. Bu nazariyaga ko‗ra, muhit tabiati, uning tuzilmasi ko‗p sonli har xil shakllarni yaratishga imkon beradi. Sinergetik nuqtai nazardan, dunyoning o‗zi dastlab xaosdan kelib chiqqan. Fraktal geometriya dunyodagi tartibsiz shakllarni o‗rganadi. Va ularni ma‘lum bir geometrik shakllarga – fraktallarga keltiradi. Demak, bizning fikrimizcha, ushbu nazariya tabiatdagi o‗zini-o‗zi tashkillashtiruvchi jarayonlarning matematik (geometrik) modelini beradi va shuni ham ta‘kidlaymizki, ushbu nazariyani afsonaviy qarashlar bilan ham mos keladi. Masalan, afsonaga ko‗ra, Dionis xudosi xaosdan juft bo‗lmagan ko‗plab shakllarni keltirib chiqarsa, uyg‗unlashtiruvchi boshlang‗ich asos – Apollon xudosi ularni tenglashtiradi. Shuningdek, qadimgi hind afsonasiga ko‗ra, Braxma xudosi xaosni tartibga solsa, dunyoni yaratsa, Shiva xudosi esa uni buzadi. Ular o‗rtasida turuvchi tenglashtiruvchi boshlang‗ich asos – Vishna xudosi ta‘sirida dunyo barqaror tus oladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling