O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Download 3.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/90
Sana03.11.2023
Hajmi3.55 Mb.
#1743254
TuriУчебное пособие
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   90
Bog'liq
Kompyuter grafikasi va dizayn

 
7.2 Geometrik fraktal 
O‗ziga o‗xshash xususiyatiga ega geometrik shakl, ya‘ni butun shaklga 
o‗xshash bir necha qismlardan iborat bo‗lgan shaklni bildiruvchi atama. Kengroq 
ma‘noda fraktal deganda Evklid makonida kasriy metrik o‗lchamlar yoki 
topologikdan qat‘iy kattaroq bo‗lgan metrik o‗lchamga ega nuqtalar ko‗pligi 
tushuniladi. Fraktallar yordamida tasvirlarni siqish algoritmlari mavjud.Tabiatdagi 
ko‗pgina tizimlar ikki xil xususiyatni o‗ziga jamlagan: birinchidan, ular juda ulkan, 
serqirra va murakkab, ikkinchidan esa ular oddiy qonuniyatlarning juda kichik 


109 
miqdori ta‘sirida shakllanadi va ushbu oddiy qonuniyatlarga bo‗ysingan holda 
rivojlanib boradi. 
7.3 Algebraik fraktal 
Bular kristallardan va oddiygina klasterlardan (bulutlar, daryolar, tog‗lar, 
materiklar, yulduzlar kabi turli xildagi to‗plamlar) tortib, to ekotizimlar va biologik 
obyektlargacha (qirqquloq bargidan to inson miyasigacha) bo‗lgan turli tuman 
tizimlardir. Fraktallar aynan shunday obyektlar sirasiga kiradi: bir tomondan – 
murakkab (cheksiz ko‗p elementlardan iborat), boshqa tomondan esa – juda oddiy 
qonuniyatlar asosida qurilgan. Ushbu xususiyati tufayli fraktallar ko‗plab tabiat 
obyektlari va hodisalari bilan juda ko‗p umumiy jihatlarga ega. Ammo fraktal, tabiat 
obyektiga nisbatan ma‘lum qulaylik bilan farqlanadi, ya‘ni qat‘iy matematik 
aniqlikga ega va qat‘iy tavsif, ta‘rifga va tahlilga bo‗ysinadi. 
Shuning uchun ham fraktallar nazariyasi, o‗simliklar ildiz tizimining o‗sish 
tezligini, botqoqlikni quritishga mehnat hajmlarini, poxol massasining novdalar 
uzunligiga bog‗liqligi va ko‗plab boshqa holatlarni oldindan bashorat qilish imkonini 
beradi. 
Matematikadagi ushbu yangi yo‗nalish, yigirmanchi asr fanida, o‗zining 
ahamiyati bo‗yicha ehtimollar nazariyasi va kvant mexanikasi bilan tenglashadigan 
darajadagi to‗ntarishni amalga oshirdi. Fraktal geometriyasining obyektlari, o‗zining 
tashqi ko‗rinishi bilan biz uchun odatiy bo‗lgan geometrik ―to‗g‗ri‖ shakllardan 
keskin farq qiladi.


110 

Download 3.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling