O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Adobe Photoshop oynasining umumiy ko„rinishi
Download 3.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi va dizayn
9.2. Adobe Photoshop oynasining umumiy ko„rinishi Adobe Photoshop ishchi oynasi qo‗yidagi elementlardan tashkil topgan. Tasvir oynasi. Adobe Photoshop dasturida bir vaqtning o‗zida tezkor va virtual xotirada bir necha tasvirdan foydalanish mumkin. Holat satri. Dasturda foydalanilayotgan uskuna haqida qisqacha tasvir beriladi. Uskunalar paneli. Bu panelda har xil belgilar bilan belgilangan tugmalar joylashgan. Har bir tugmacha kursor yaqinlashtirilsa, kursor belgisi ostida uskunaning vazifani bajarish haqida axborot paydo bo‗ladi. Uskunalar paneli pastki qismida 4 ta blok boshqarish elementi joylashgan: rangli blok uskunasi chizish ranglarini o‗zgartiradi; niqoblash blok uskunalari tez niqoblash va niqoblashdan chiqib ketish imkoniyatini beradi, tasvir oynasi bilan ishlash uskunalari tasvirlash tartibini o‗zgartiradi; oxirgi tugma Image Ready dasturini ishga tushiradi. Suzuvchi palitralar. Photoshop dasturida 15 ta palitra mavjud. Bunga uskunalar paneli va uskunalar ko‗rsatkichlari kirmaydi. Hamma suzuvchi palitra tasvir oynasiga bog‗liq bo‗lmagan holda joylashadi. Palitralarni panel ko‗rinishida guruhlash yoki bitta palitra sifatida joylashtirish mumkin. 124 Bog‗lanish paneli. Uskunalar ko‗rsatkichlari paneli o‗ng qismida kulrang panel ko‗rinishida joylashgan. Bu panelda barcha palitralar bog‗liq holatda bo‗ladi. Axborot maydoni. Bu maydonda 2 ta qiymat ko‗rsatilgan bo‗ladi. Masalan: Doc: 7.9 M /7.9 M. Birinchi qiymat tasvir egallagan hajmini ko‗rsatadi. Tasvir balandligi, enini va 1 ta piksel qalinligida chuqurlik ko‗paytirilib birinchi rangli tasvirni hisoblab chiqamiz. To‗liq rangli 1 ta piksel 24 bit xotirani egallaydi. 640*480*3=21600=900 kBayt. Ikkinchi qiymat tasvirdan hamma qo‗shimcha qatlamlarni hisobga olib tasvir xaqiqiy hajmini ko‗rsatadi. Agar tasvir bitta qatlamdan iborat bo‗lsa, birinchi qiymat bilan teng bo‗ladi. Ikkinchi qiymatda niqob, rang kanallari, inkor qilingan amallar va boshqa ma`lumotlar hisobga olinadi. Ko‗rsatkichlar paneli. Uskunaning ko‗rsatkichlarini o‗zgartirish mumkin. Tasvir sarlavhasi. Tasvir nomi, masshtabi ko‗rsatilgan bo‗ladi. M: 0583.jpg @ 66.7% (RGB) Menyu qatori. Photoshop dasturi menyusi 9 ta banddan iborat. Har bir menyu tarkibida ochiladigan menyu bandlari mavjud. Menyu «Fayl, Redaktirovanie, Izobrajenenie, Sloy, Videlenie, Fil‘tr, Vid, Okno, Pomoshch‘» bandlaridan tashkil topgan. Download 3.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling