O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Download 3.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi va dizayn
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9- bob. ADOBE PHOTOSHOP RASTR GRAFIKASI DASTURI 9.1. Adobe Photoshop rasm tahrirlagichini asosiy xususiyati va ish jarayoni
8.5. Rang va o„lcham
Bu o‗lchamga bag‗ishlangan eng murakkab qismdir. Gap shundaki, u tasavvur uchun nisbiydir. Ko‗p hollarda biz barcha obyektlar orasidan eng yiriklariga qarab o‗rganganmiz, vaholanki buning uchun hech qanday sabab yo‗q. Shunday qilib, birinchi va asosiy xossa: oq fonda qora obyektlardan ko‗ra yorug‗ obyektlar qora fonda yirikroq ko‗rinadi (7-rasm). 121 7- rasm. Oq orasida qora obyektlardan ko„ra qora fonda oq obyektlar yirikroq ko„rinadi. Masalan, logotipda yorug‗ligi bo‗yicha bir-biridan kuchli farqlanadigan obyektlarni simmetrikligini aks ettirishda ushbu xossani hisobga olish zarur. Tomoshabinga ishingiz sifatli chiqmaganligini ko‗rsatish uchun balki qora elementni kattalashtirishga to‗g‗ri keladi. 8-rasmda biz qora aylana radiusini 2% ga kattalashtirdik – bo‗lmasa logotip o‗ylangandek chiqmas edi. 8-rasm. Ushbu ishda aylanalar bir xilko„rinishi uchun qora aylananing diametri oq aylana diametriga nisbatan 25 ga kattaroq Nazorat savollari 1. O‗lcham deganda nimani tushunasiz. 2. O‗lchamni tasavvur qilish obyektning nimasiga bog‗liq. 3. Teksturani qo‗llash bizga nima beradi.` 4. Tekstura rangi qanday tanlanadi. 5. Dizayn deganda nimani tushunasiz? 6. Qanday figuradagi nurlar obyektning chegarasi deb qabul qilinmaydi 122 9- bob. ADOBE PHOTOSHOP RASTR GRAFIKASI DASTURI 9.1. Adobe Photoshop rasm tahrirlagichini asosiy xususiyati va ish jarayoni Adobe Photoshop Adobe System kompaniyasida ishlab chiqilgan. Photoshop dasturi skanerlangan va raqamli tasvirlarga ishlov berish uchun mo‗ljallangan. Tasvirlarga ishlov beruvchi dasturlar raqobati natijasida Adobe Photoshop dasturi imkoniyatlari oshib bormoqda. Bu foydalanuvchilar uchun qulayliklar tug‗diradi. Boshqa tasvirlarga beruvchi dasturlar kabi Adobe Photoshop dasturi diskda saqlanayotgan fotosuratlar va kartinkalarga o‗zgartirishlar kiritadi. Photoshop dasturi yordamida fotosuratdagi dog‗larni yo‗qotishni, qo‗shimcha maxsus natijalar qo‗shish, matn kiritish, eski rasmlarni qayta ishlash va tiklash, tasvirlar ranglarini almashtirish, ranglar nisbatini o‗zgartirish, bir suratdagi elementni ikkinchi suratga olib o‗tish mumkin. Adobe Photoshop imkoniyatlari keng qamrovli bo‗lib, gazeta va jurnallarni xilma-xil rasmlar bilan boyitishga, afishalar yaratishda juda katta qulayliklar yaratadi. Dasturda tasvirlar kvadratlar ketma-ketligi orqali tasvirlanadi. Bunday tasvirlar rastrli grafika deyiladi. Bu kvadratlar piksellar deb ataladi. Piksellar soni qancha ko‗p bo‗lsa, tasvir aniq ko‗rinadi. Bir piksel bitta bitga to‗g‗ri keladi (0 yoki 1, ha yoki yo‗q). Rastrli grafika kamchiligi shundan iboratki, tasvirni masshtablashtirish (kichiklashtirish, kattalashtirish) jarayoni natijasida piksellar o‗lchovi o‗zgarishi bilan tasvir aniqligi yomonlashishi va tanib bo‗lmaydigan darajaga bo‗lishi mumkin.Tasvir kattalashganda piksel kvadrat shakllari aniq ko‗rinadi. Bunday holatdan chiqish uchun tasvir piksellar sonini oshirish kerak bo‗ladi. Ammo piksellar sonini oshirish fayl hajmini ortishiga olib keladi. 123 a b a) tasvir yaqinlashtirilgandan keyingi holati; b) tasvir uzoqlashtirilgandan keyingi holati. Nashrlarda turli illyustratsiyalarni yaratishda, skaner, raqamli fotoapparat yoki videokamera (bunday qurilmalarning narxi qimmat) orqali olingan foto yoki rassom tomonidan tayyorlangan tasvirlardan foydalaniladi. Download 3.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling