O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Qatlamlar bilan ishlash texnologiyalari
Download 3.55 Mb. Pdf ko'rish
|
Kompyuter grafikasi va dizayn
9.5. Qatlamlar bilan ishlash texnologiyalari
Uskunani tanlaganimizdan keyin, yorqinlik darajasi aniqlanishi kerak bo‗lgan piksel ustida sichqoncha tugmasi bir marta bosiladi. 86-rasmda Informatsiyapalitrasida pastki qismida to‗rtta nuqtaning yorqinlik darajasi qiymatlari ko‗rsatilgan. Tasvir RGB rejimida bo‗lganligi uchun yorqinlik darajasi qiymati uchta rangda ko‗rsatiladi. Nuqtalar #1, #2 belgilari bilan Informatsiyapalitrasida ko‗rsatilgan. 87-rasmda to‗rtta nuqta tasvir ustida joylashgan. Biz bu nuqtalar joyini siljitish orqali o‗zgartirishimiz mumkin.Buuskuna uch xil holatda ishlaydi: nuqta namunasi; 3*3; 5*5. Nuqta namunasi holatida faqat bitta piksel yorqinlik darajasi haqida ma`lumot chiqadi. 3*3 ish holatida to‗qqizta pikselning o‗rtacha rangi yorqinlik darajasining o‗rtacha qiymati haqida ma`lumot chiqadi. 5*5 ish holatida 25 ta pikselning o‗rtacha ranggi yorqinlik darajasi o‗rtacha qiymati haqida ma`lumot beradi. Uskunalar ko‗rsatkichlari panelidan «Ochistit‘» ko‗rsatkichi orqali barcha uskuna nuqtalarini olib tashlashimiz mumkin. ish holatlari barcha nuqtalarni o‗chirib tashlash «Pipetka» – pikselning yorqinlik darajasini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu uskunani tanlaganimizdan keyin, yorqinlik darajasi aniqlanishi kerak bo‗lgan piksel ustida sichqoncha tugmasi bir marta bosiladi. Informatsiyapalitrasida rangning yorqinlik darajasi haqida ma`lumot chiqadi. Pipetka tanlagan rang asosiy rang sifatida qabul qilinadi. Pipetka uskunasi uch xil holatda ishlaydi: nuqta namunasi; 3*3; 5*5. 129 Nuqta namunasi holatida faqat bitta tanlangan piksel yorqinlik darajasi haqida ma`lumot chiqadi. 3*3 ish holatida 9 ta pikselning o‗rtacha ranggi yorqinlik darajasining o‗rtacha qiymati haqida ma`lumot chiqadi. 5*5 ish holatida 25 ta pikselning o‗rtacha ranggi yorqinlik darajasi o‗rtacha qiymati haqida ma`lumot beradi. Uskuna «Shift» tugmasi bilan birgalikda ishlatilsa Tsvetovaya proba uskuna kabi ishlaydi. ish holatlari «Mera» (o‗lcham ) – biror bir obyektni o‗lchamlarini aniqlash uchun «Mera» uskunasidan foydalanamiz.Bu uskuna yordamida uzunlik va og‗ish burchagini aniqlashimiz mumkin. O‗lchamlar haqida ma`lumotlarni Informatsiyapalitrasida yoki uskuna ko‗rsatkichlar panelidan olamiz. Bu yerda A – og‗ish burchagi; D– uzunlik. Uskuna ishga tushirilgandan keyin tasvirda sichqoncha tugmasi bir marta bosiladi. Sichqoncha tugma qo‗yib yuborilmasdan ikkinchi nuqta ko‗rsatiladi. Uskuna «Shift» tugmasi bilan birgalikda ishlatilsa og‗ish faqat 45˚ dan o‗zgaradi. Burchakni aniqlash uchun uskuna «Alt» tugmasi bilan birgalikda ishlatiladi. Download 3.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling