12
Noaniqlilik, bu albatta noaniq, ya’ni kutilmagan holatlar bilan bog‘liq. Uning yuzaga kelish va tus olish shakli noaniq bo‘lib qola-veradi.
O‘tgan asrning 20-yillarida F.Nayt birinchilardan bo‘lib «Daro-mad doim noaniqlilik bilan bog‘liq» degan fikrni olg‘a suradi. Jumladan riskka quyidagicha ta’rif beradi: “Risk va noaniqlilik kategoriyasi iqtisodiy munosabatlarda katta rol o‘ynaydi. Xo‘jalik faoliyatining ajralmas qismi bo‘lgan noaniqlilik barcha murakkab va muhim iqtisodiy hodisalarning asosida yotadi. Noaniqlilik mohiyati riskda namoyon bo‘ladi”3.
P.Samuelson esa, quyidagilarni ta’kidlagan: “Noaniqlilik qarama-qarshiliklar natijasida kelib chiqadi, ya’ni insonlar nimalarni kutmoqdalar-u, nimalar sodir bo‘lmoqda, buning natijasi esa foyda yoki zararda namoyon bo‘ladi”4.
Samarali tashkil qilingan bozor iqtisodiyotida mahsulot ishlab chiqarish kam xarajat qilish bilan, uning taqsimoti esa bozor talabiga asosan amalga oshiriladi. Raqobat korxonalarning xarajatlarini iloji boricha minimum darajagacha kamaytirishga, tovarlar ishlab chiqarishni strategik rejalashtirishga va faqat bozor talabiga mos keluvchi tovarlar ishlab chiqarishga majbur qiladi.
Ma’lumki, faqat iqtisodiy erkinlik, mulkchilik huquqi, raqobat va boshqa bozor atributlari mavjud bo‘lgan holda iqtisodiyot samarali bo‘lishi mumkin.
Bozorning eng muhim atributlaridan biri - bu iqtisodiy erkinlik hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy erkinlik asosida faoliyat ko‘rsatish makro, mezo va mikro darajada turli xil risklarga bog‘liq bo‘ladi. Agar O‘zbekistonda davlat taktikasini shartli ravishda:
davlat boshqaruvi bilan bozor mexanizmining samarali bog‘lanishi bo‘yicha;
ichki ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlab qolgan holda raqobatbardosh sohalarni rivojlantirish, tadbirkorlik yo‘lini tanlash;
Do'stlaringiz bilan baham: |