Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Inflatsiya riski - bu inflatsiyaning o‘sishi natijasida olinadigan pul shaklidagi daromadlarning qadrsizlanishidir


Download 0.61 Mb.
bet97/151
Sana04.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1745292
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   151
Bog'liq
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org

121

Inflatsiya riski - bu inflatsiyaning o‘sishi natijasida olinadigan pul shaklidagi daromadlarning qadrsizlanishidir.


Bunda tadbirkorlar sezilarli darajada moliyaviy yo‘qotishlarga duchor bo‘ladilar. Inflatsiya risklari tashqi risk hisoblanib, unga ta’sir qilish imkoniyatlari juda kichik bo‘ladi.


Inflatsion risk moliyaviy risklarni tarkibiy qismi bo‘lib, boshqa risklardan ajratilgan tartibda bo‘lishiga qaramay investitsion, bank, valuta va boshqa risklar bilan ham uzviy bog‘liqdir.


Inflatsion risklarning yuzaga kelishning asosiy sabablari bo‘lib quydagilar hisoblanadi:



  • milliy iqtisodiyot ayrim sohalari o‘rtasidagi nomutanosibliklar;


  • jamg‘arma va iste’mol o‘rtasidagi nomutanosibliklar;


  • talab va taklif orasidagi nomutanosibliklar;


  • davlat daromadlari va xarajatlari orasidagi nomutanosibliklar. Valutalarning xarid qobiliyatlari bo‘yicha ularning o‘zaro nisbati

    o‘zida qiymat qonunini aks ettirib, valuta kursini aniqlash vositasidir. Shu sababli valuta kursiga inflatsiya sur’atlari ta’sir ko‘rsatadi. Mamlakatda inflatsiya darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, milliy valuta kursi shunchalik past bo‘ladi. Inflatsiya oqibatida pul qadrsizlanishi mamlakatda pulning xarid qobiliyatining pasayishiga va inflatsiya sur’atlari nisbatan past mamlakatlarning valutalari kursidan tushib ketishiga sabab bo‘ladi.


    Inflatsya riski iste’mol narxlarini o‘sishi va xarid qilib olish qobilatining passayishi natijasida investitsiya daromadliligini kamaytiradi.


    Inflatsion risklar ko‘zda tutilmagan moliyaviy yo‘qotishlar paydo bo‘lish ehtimoli bilan xarakterlanganligi uchun, uning darajasini baholashda investitsiyalashdan ko‘zda tutilayotgan daromadning o‘rtacha yoki hisob miqdoridan chetlanishi aniqlanadi. Shuning uchun investitsion risklarni baholash ko‘zda tutilayotgan daromadlar va ularni yo‘qotish ehtimolini baholash bilan bog‘liq.



    Download 0.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   151




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling