Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


o‘z kapitalingiz imkon berganidan ortiq risk qila olmaysiz


Download 0.61 Mb.
bet137/151
Sana04.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1745292
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   151
Bog'liq
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org


o‘z kapitalingiz imkon berganidan ortiq risk qila olmaysiz;







  • risk oqibatlari haqida o‘ylash zarur;



  • oz narsa uchun ko‘p narsa bilan risk qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.


    Birinchi tamoyilni amalga oshirish kapitalni joylashtirishdan avval investor quyidagilarni amalga oshirishi kerakligini anglatadi:





  • ushbu risk bo‘yicha maksimal yo‘qotish hajmini aniqlash;







  • uni joylashtirilayotgan kapital hajmi bilan solishtirish;

    198


  • uni barcha o‘z moliyaviy resurslari bilan taqqoslash va ushbu kapitalni yo‘qotish investorning bankrot bo‘lishiga olib kelish-kelmasligini aniqlash.


    Tadqiqotlar ko‘rsatadiki, agar risk koeffitsiyent deganda = kattalik tushunilib, unga ko‘ra bunda Y – zararning maksimal mumkin bo‘lgan miqdori, so‘m; S – aniq ma’lum bo‘lgan mablag‘ tushumlarini hisobga olgan holda o‘z moliyaviy resurslarining hajmi bo‘lsa, optimal risk koeffitsiyenti 0,3 ni, investorni bankrotlikka olib keluvchi risk koeffitsiyenti esa 0,7 va undan ko‘proqni tashkil qiladi.


    Ikkinchi tamoyilni amalga oshirish tadbirkor zararning maksimal ehtimoliy miqdorini bilgan holda u nimaga olib kelishi mumkinligi, risk ehtimoli qandayligini aniqlashini va riskdan voz kechish (ya’ni, chora ko‘rish), risk uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olish yoki riskni boshqa shaxs javobgarligiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilishini taqozo etadi. Uchinchi tamoyilga ko‘ra, riskni o‘z ichiga olgan chora -tadbirlarni joriy etish bo‘yicha qaror qabul qilishdan avval, riskli vaziyat yuz bergan holatda tadbirkor ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlar bilan kutilgan natijalarni (unum) taqqoslash zarur bo‘ladi. Ushbu tamoyilning ta’siri moliya riskini o‘tkazishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu holatda u investor sug‘urta mukofotlari bilan sug‘urta summasi o‘rtasidagi o‘ziga ma’qul bo‘lgan nisbatni belgilashi kerakligini anglatadi. Sug‘urta mukofoti yoki sug‘urta badali – bu sug‘urta riski uchun sug‘urtalanuvchining sug‘urtalov-chiga to‘lovidir. Sug‘urta summasi esa moddiy qimmatliklar (yoki fuqarolik javobgarligi, sug‘urtalanuvchi shaxsning hayoti va sog‘lig‘i) sug‘urta qilingan pul summasi hisoblanadi. Riskni saqlab qolish kerak emas, ya’ni, zarar miqdori sug‘urta mukofotlaridan tejab qolingan mablag‘ga nisbatan katta bo‘lsa, investor riskni qabul qilmasligi kerak.


    Risk menejmenti strategiyasida bir qator qoidalar qo‘llanilib, ularning asosida u yoki bu risklarni boshqarish usuli va yechim varianti tanlanadi. Ushbu qoidalarning asosiylari esa quyidagilardir:




  • Download 0.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   151




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling