Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 0.61 Mb.
bet53/151
Sana04.11.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1745292
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   151
Bog'liq
B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org

(


) 100%


(3.2.9)


Bu ko‘rsatkichni hisoblash uchun korxonaning balans bo‘yicha o‘z mablag‘lari manbalari ya’ni, balans passivining birinchi bo‘linmasi summasi jami passiv summasiga bo‘linadi. Nolikvid balanslarga ega bo‘lgan korxonalarga esa bank kreditlaridan foydalanish huquqi berilmaydi. Korxona balansi likvidligi quyidagicha hisoblanadi: korxona balansi (1- shakl) passiv qismi birinchi bo‘limi summasiga, ikkinchi bo‘lim uzoq muddatli majburiyatlari qo‘shilib (agar to‘lov muddati uch oydan ortiq bo‘lsa) balans aktiv qismi birinchi bo‘limi summasi ayriladi. Agar chiqqan natija ijobiy bo‘lsa, korxona balansi likvidli hisoblanadi.
64

3.2.3-misol. Quyidagi ma’lumotlar asosida aksiyadorlik jamiyatining uzoq muddatli bank krediti olish uchun kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlaridan muxtorlik koeffitsiyentini hisoblang:


  • asosiy vositalar qoldiq qiymati: 365,0 ming so‘m;



  • tovar moddiy zaxiralari va xarajatlari: 10600,0 ming so‘m;



  • debitorlik qarzlari: 430,0 ming so‘m;



  • pul mablag‘lari: 2,0 ming so‘m;


  • uzoq muddatli majburiyatlar: 345,0 ming so‘m;


  • joriy majburiyatlar: 10700,0 ming so‘m;


  • o‘z mablag‘lari manbalari: 435,0 ming so‘m.


Yechish: Korxonaning kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlaridan muxtorlik koeffitsiyenti quyidagi formula bilan yechiladi:


. . = ( ) 100% =



  • , 100% = 3,8% .


Bank kredit berishda korxonaning mahsulot sifatini, muddati uzaytirilgan debetorlik qarzlarini, kapital remont uchun qilingan xarajatlarni, turli zararlarni qoplashini ko‘rib chiqish kerak. Bunga sabab shuki, ushbu aytilganlar bo‘yicha qo‘shimcha sarflanishlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, korxonada bu qo‘shimcha sarflanishlar aylanma mablag‘lari hisobidan bo‘ladi, shu sababli ushbu qo‘shimcha sarflanishlar aylanma mablag‘lariga salbiy ta’sir etib, haqiqatda xo‘jalik jarayonida qancha aylanma mablag‘lari ishtirok etayotganligini ifodalaydi. Balans bo‘yicha aylanma mablag‘larini mavjud summasi bilan haqiqatdan ham korxona xo‘jalik aylanmasida ishtirok etadigan aylanma mablag‘larini summasi bir-biridan farq qiladi.


Har ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi farq aylanma mablag‘larini immobilizatsiyasini tashkil etadi. Immobilizatsiyasi aylanma manbalarini chetga tortilishidir. Ya’ni o‘z maqsadidan tashqari sarflanishidir. Kredit inspektori ushbu koeffitsiyentni hisoblashda, albatta aylanma mablag‘larining mavjud summasi immobilizat-siyasini hisobga olishi kerak.
65
Korxona (mijoz) kredit olishga layoqatliligining tahlilida qo‘llaniladigan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘lib, aylanma mablag‘-larining aylanuvchanlik koeffitsiyentini va aylanma mablag‘larining kunlardagi aylanuvchanligi ko‘rsatkichlari qo‘llaniladi.


Aylanma mablag‘lari aylanuvchanligi koeffitsiyenti aylanma mablag‘lari harakatining tezligini ifodalaydi va tahlil qilinayotgan davr uchun mahsulot sotishdan olingan tushum va aylanma mablag‘larining o‘rtacha qiymati o‘rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi. Tahlil uchun ma’lumotlar yillik hisobotning 1-shakli balans va ikkinchi shakli moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan olinadi.
=


= (3.2.10)




1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling