O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo`limi
Auditorlik xulosasi va hisobotini tuzishning me`yoriy-huquqiy
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida auditorlik xulosasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4-rasm. Auditorlik xulosasi va hisobotini tuzishni ifodalovchi me`yoriy- huquqiy asoslari 24
1.2. Auditorlik xulosasi va hisobotini tuzishning me`yoriy-huquqiy
asoslari Hozirgi iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarini diversifikatsiyalash jarayoni jadal sur`atlar bilan davom etmoqda. Shu jumladan , auditorlik xulosasi va hisobotining me`yoriy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga ham ahamiyat qaratilmoqda. Bizningcha, auditorlik xulosasi va hisobotining me`yoriy-huquqiy asoslarini quyidagicha tarkiblash, maqsadga muvofiq(1.4-rasm): 1.4-rasm. Auditorlik xulosasi va hisobotini tuzishni ifodalovchi me`yoriy- huquqiy asoslari 24 Auditorlik hisoboti va xulosasi auditorlik tekshiruvlari natijalarini umumlashtiruvchi va o`zida aks ettiruvchi muhim hujjatlar hisoblanib, har bir hujjatni tuzish va shakllantirishdan ko`zlangan vazifalar bo`lganidek, ushbu hujjatlarni tuzishda ham bir qator vazifalar bajarilishi kerak. Ana shunday muhim vazifalarga biz quyidagilarni kiritishni lozim topdik: - audit tekshiruvining yuqori sifatini ta’minlash; ; 23 O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritilib Toshkent sh., 2000 yil 26 may, 78-II-son bilan yangi tahrir qilingan “Auditorlik faoliyati to`g`risida ”gi qonuni. 8-modda. 24 Muallif tomonidan tuzilgan. 19 - davlat organlari tomonidan tekshiruv ustidan nazorat olib borish zaruriyatini osonlashtirish; - auditor uchun mijoz bilan o'zaro ishonchga asoslangan munosabat olib borishga imkon yaratish; - audit tekshiruvi jarayonida alohida elementlar o'rtasida aloqa o`rnatish imkonini berish; - turli auditorlik firmalari ishini sifat nuqtayi nazaridan taqqoslash imkonini berish; - audit tekshiruvini sodda holda aks ettirish. Yuqorida aytib o`tilganidek, auditorlik hisoboti va auditorlik xulosalari auditorlik tekshiruvlarini umumlashtiruvchi asosiy ikki hujjat bo`lganligi sababli, shakli va mazmumni qat`iy qilib belgilangan auditorlik faoliyatining 2016-yil 1- dekabrida Adliya Vazirligidan 2844 rahami bilan ro`yxatdan o`tkazilgan 70-sonli “Moliyaviy hisobot to`g`risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi” nomli standartga(dissertatsiyaning keyingi o`rinlarida AFMS deb yuritiladi) muvofiq tuziladi va taqdim etiladi. Ushbu bobda biz 70-sonli AFMSning mazmuni haqida qisqacha to`xtalib o`tamiz xolos, chunki uning batafsil tarkibi ilmiy tadqiqot ishimizning keyingi bobida bayon qilingan. Standart “Auditorlik faoliyati to`g`risida”gi qonunga muvofiq auditorlik tekshiruvi natijalari bo`yicha auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzishning yagona tartibini belgilaydigan me`yoriy-huquqiy hujjat hisoblanadi. Standart 5 ta bob, ular esa o`z navbatida paragraflardan tashkil topgan bo`lib, standart so`nggida 6 ta ilova keltirilgan hamda ilovalarda auditorlik xulosalaridan namunalar keltirilgan. Standartning 1-bobida 1.1-rasmda ko`rsatilganidek, umumiy qoidalar keltirilgan bo`lib, uning 3-bandida standartdagi asosiy tushunchalar, standartning talablari auditorlik tekshiruvlari natijalarini umumlashtirishda barcha auditorlik tashkilotlari va auditorlar uchun majburiyligi va auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvini o`tkazishda auditorlik xizmatlari ko`rsatish to`g`risidagi shartnomaga muvofiq, auditning xalharo standartlarini qo`llashi mumkinligi ta`kidlab o`tilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling