O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo`limi


 Auditorlik xulosasi va hisobotini tuzishning me`yoriy-huquqiy


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/42
Sana04.11.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1747575
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42
Bog'liq
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida auditorlik xulosasi

1.2. Auditorlik xulosasi va hisobotini tuzishning me`yoriy-huquqiy 
asoslari 
Hozirgi 
iqtisodiyotni 
yanada 
erkinlashtirish 
sharoitida 
iqtisodiyot 
tarmoqlarini diversifikatsiyalash jarayoni jadal sur`atlar bilan davom etmoqda. Shu 
jumladan , auditorlik xulosasi va hisobotining me`yoriy-huquqiy asoslarini 
takomillashtirishga ham ahamiyat qaratilmoqda. Bizningcha, auditorlik xulosasi va 
hisobotining me`yoriy-huquqiy asoslarini quyidagicha tarkiblash, maqsadga 
muvofiq(1.4-rasm): 
1.4-rasm. Auditorlik xulosasi va hisobotini tuzishni ifodalovchi me`yoriy-
huquqiy asoslari
24
 
Auditorlik hisoboti va xulosasi auditorlik tekshiruvlari natijalarini 
umumlashtiruvchi va o`zida aks ettiruvchi muhim hujjatlar hisoblanib, har bir 
hujjatni tuzish va shakllantirishdan ko`zlangan vazifalar bo`lganidek, ushbu 
hujjatlarni tuzishda ham bir qator vazifalar bajarilishi kerak. Ana shunday muhim 
vazifalarga biz quyidagilarni kiritishni lozim topdik: 
- audit tekshiruvining yuqori sifatini ta’minlash; ;
23
O`zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritilib Toshkent sh., 2000 yil 
26 may, 78-II-son bilan yangi tahrir qilingan “Auditorlik faoliyati to`g`risida ”gi qonuni. 8-modda. 
24
Muallif tomonidan tuzilgan.


19 
- davlat organlari tomonidan tekshiruv ustidan nazorat olib borish 
zaruriyatini osonlashtirish; 
- auditor uchun mijoz bilan o'zaro ishonchga asoslangan munosabat olib 
borishga imkon yaratish;
- audit tekshiruvi jarayonida alohida elementlar o'rtasida aloqa o`rnatish 
imkonini berish;
- turli auditorlik firmalari ishini sifat nuqtayi nazaridan taqqoslash imkonini 
berish;
- audit tekshiruvini sodda holda aks ettirish. 
Yuqorida aytib o`tilganidek, auditorlik hisoboti va auditorlik xulosalari 
auditorlik tekshiruvlarini umumlashtiruvchi asosiy ikki hujjat bo`lganligi sababli, 
shakli va mazmumni qat`iy qilib belgilangan auditorlik faoliyatining 2016-yil 1-
dekabrida Adliya Vazirligidan 2844 rahami bilan ro`yxatdan o`tkazilgan 70-sonli 
“Moliyaviy hisobot to`g`risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi” nomli 
standartga(dissertatsiyaning keyingi o`rinlarida AFMS deb yuritiladi) muvofiq 
tuziladi va taqdim etiladi. Ushbu bobda biz 70-sonli AFMSning mazmuni haqida 
qisqacha to`xtalib o`tamiz xolos, chunki uning batafsil tarkibi ilmiy tadqiqot 
ishimizning keyingi bobida bayon qilingan.
Standart “Auditorlik faoliyati to`g`risida”gi qonunga muvofiq auditorlik 
tekshiruvi natijalari bo`yicha auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzishning 
yagona tartibini belgilaydigan me`yoriy-huquqiy hujjat hisoblanadi. Standart 5 ta 
bob, ular esa o`z navbatida paragraflardan tashkil topgan bo`lib, standart so`nggida 
6 ta ilova keltirilgan hamda ilovalarda auditorlik xulosalaridan namunalar 
keltirilgan. 
Standartning 1-bobida 1.1-rasmda ko`rsatilganidek, umumiy qoidalar 
keltirilgan bo`lib, uning 3-bandida standartdagi asosiy tushunchalar, standartning 
talablari auditorlik tekshiruvlari natijalarini umumlashtirishda barcha auditorlik 
tashkilotlari va auditorlar uchun majburiyligi va auditorlik tashkilotlari auditorlik 
tekshiruvini o`tkazishda auditorlik xizmatlari ko`rsatish to`g`risidagi shartnomaga 
muvofiq, auditning xalharo standartlarini qo`llashi mumkinligi ta`kidlab o`tilgan. 


20 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling