O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo`limi


-rasm. Auditorlar, auditorlik tashkilotlar va aksiyadorlik jamiyatlari soni


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/42
Sana04.11.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1747575
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Bog'liq
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida auditorlik xulosasi

2-rasm. Auditorlar, auditorlik tashkilotlar va aksiyadorlik jamiyatlari soni 
yillar kesimi bo`yicha
14
 
Yuqoridagi raqamlarni tahlil qiladigan bo`lsak, 5 yil davomida (2012-2016) 
deyarli o`zgarmagan ko`rsatkich bu auditorlar soni bo`lib, davr oxirida 103 nafarni 
tashkil qilgan. Auditorlik tashkilotlari sonida esa keskin kamayish yuzaga kelgan. 
2012-yilda 713 nafarni tashkil etgan ushbu ko`rsatkichning 2016-yilga kelib 624 
tani qayd etganligi ularning 3 ta guruhga ajratilishi va auditorlar malaka 
sertifikatini olishi uchun kamida «Moliyaviy hisob-1» imtihonini topshirishi 
lozimligi, auditorlik tashkilotlari esa ikkinchi va uchinchi guruhga mansub bo`lishi 
uchun kamida 1-2 ta CAP yoki CIPA sertifikatiga ega bo`lgan auditor bo`lishi 
belgilab qo`yilgani sabab bo`lgan. Natijada ushbu imtihonlarni topshirish va 
sertifikat olish uchun auditorlar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari va 
14
 www.biznes-daily.uz. “O`zbekistonda xo`jalik yurituvchi subyektlarga egalik qilishda davlatning optimal ishtirokini belgilash 
masalalari. 30.10.2017. №:10(118)-2017. 


12 
auditning xalqaro standartlarini bilish, boshqaruv hisobi, moliyaviy menejment 
kabi sohalarda bilimga ega bo`lishi belgilandi
15

Shuningdek, 2017 yilning 1-yanvaridan boshlab tadbirkorlik subyektlarini 
rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi, yuridik 
shaxslarning tugatilayotganida, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning 
qonunchilik buzilganligi holatlari bo`yicha bergan murojaatlari asosida faqatgina 
nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi 
qaroriga muvofiq o`tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar bundan mustasno 
bo`lgan holda hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini, shu jumladan, jinoyat 
ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinishi 
belgilanib qo`yildi 
16
. Shu o`rinda aytib o`tish lozimki, ushbu farmon tadbirkorlik 
faoliyatining jadal rivojlanishini ta`minlashga, xususiy mulkni har tomonlama 
himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga qaratilgan 
va ilmiy tadqiqot ishi uchun ahamiyat jihatidan yuqori hisoblanmaydi. Biroq 
mamlakatdagi kichik biznes vakillari ustidan moliyaviy nazorat o`rnatilishida 
ularga nisbatan yengilliklar yaratilishini ta`minlaydi. 
Yuqoridagi ma`lumotlarning dissertatsiyaning ushbu bobida keltirilishiga 
asosiy sabab, ushbu bobda auditorlik hisoboti va xulosasiga bo`lgan zaruriyatdan 
kelib chiqadi. Auditorlik tekshiruvlari majburiy qilib belgilan aksiyadorlik 
jamiyatlari sonining ortib borishi esa auditorlik hisoboti va xulosasiga bo`lgan 
zaruriyatni oshiradi.
Auditorlik tekshiruvlarini umumlashtirish auditorlar tomonidan auditorlik 
hisoboti hamda xulosalarini rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi va ushbu 
harakatni bajarish uchun auditorlar ulardan foydalanuvchilarning ehtiyojlarini 
hisobga olishlari lozim. 
Quyida auditorlik hisoboti va xulosasiga bo`lgan zaruriyatni ifodalovchi 
omillar batafsil keltirilgan: 
15
I.N.Qo`ziyev. “ Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida auditorlik hisobotini tuzish va umumlashtirish metodologiyasini 
umumlashtirish” nomli doktorlik dissertatsiyasi avtoreferati. Toshkent-2017. 15-bet. 
16
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta`minlashga, xususiy mulkni har 
tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 
2016-yil 5-oktabrdagi
PF-4848-son Farmoni. 


13 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling