O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo`limi


I BOB. AUDITORLIK HISOBOTI VA XULOSASINI TUZISHNING


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/42
Sana04.11.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1747575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida auditorlik xulosasi

I BOB.
AUDITORLIK HISOBOTI VA XULOSASINI TUZISHNING 
NAZARIY ASOSLARI 
1.1 Auditorlik xulosasi va hisobotini tuzishning zaruriyati hamda uning 
iqtisodiy mazmuni 
Mamlakatimizda keyingi paytlarda auditorlik faoliyatini rivojlantirishga 
alohida e’tibor berilmoqda. Bunga misol tariqasida «Auditorlik faoliyati 
to’g’risida»gi Qonunga o`zgartirishlar kiritilishi, «Auditorlik faoliyatini 
takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’risida» 
Vazirlar Mahkamasining 22-sentabr 2000-yilda 365-son bilan qarorining 
tasdiqlanishi kabilarni misol tariqasida keltirish mumkin. Buning natijasida esa 
malakali auditorlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda auditorlik faoliyatini 
litsenziyalashda jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bu o’z navbatida auditorlar va 
auditorlik tashkilotlarini huquq va mas’uliyatlarini yanada oshirdi va ular o’rtasida 
raqobat kuchaydi. 
Auditorlik tashkilotlari ularning zimmasiga yuklatilgan vazifalarga 
muvofiq, moliyaviy hisobotlar hamda u bilan bog’liq bo’lgan tekshiruv 
axborotlarning 
qonunchilikka 
muvofiqligi 
va 
ishonchliligini 
auditorlik 
tekshiruvlaridan o’tkazadi, shuningdek professional xizmatlar ko’rsatadi. 
Sifatsiz yoki batafsil bo’lmagan auditorlik tekshiruvi natijasida xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt va (yoki) auditorlik tekshiruvi buyurtmachisiga keltirilgan zarar
shu jumladan boy berilgan foyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Auditorlik tashkilotlari litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishini 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har uch yilda kamida bir marotaba 
tekshirib turadi. Auditning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, umumlashtirilgan 
va baholangan tekshiruv natijalarini kamida ikkita hujjat bilan rasmiylashtirish 
maqsadga muvofiqdir:
1.Korxona moliya-xo’jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvdan o’tkazilganligi 
to’g’risida hisobot; 
2. Moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosasi.



Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining ma’lumotiga ko‘ra, bugungi 
kunda O‘zbekistonda 604 ta aksiyadorlik jamiyati mavjud
9
. Shu o`rinda aytib 
o`tish kerakki,
“Toshkent” respublika fond birjasida 2017-yilda aksiyalarining 
aylanmasi amalga oshirilgan aksiyadorlik jamiyatlarining soni 99 tani tashkil 
etgan.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling