O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo`limi


Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/42
Sana04.11.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1747575
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida auditorlik xulosasi

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Tadqiqotning asosiy 
masalasi bo`lib O`zbekiston Respublikasida auditorlik tekshiruvlari natijalarini 
umumlashmasi bo`lgan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini tuzish va 
taqdim etishning nazariy asoslarini o`rganish, ularni jahon amaliyoti bilan 
taqqoslash va tahlil qilish, auditorlik hisobotlari va xulosalarini tuzish va taqdim 
etishda yuzaga keladigan muammolarni o`rganish hamda ularni bartaraf etish 
bo`yicha takliflar ustida ishlash va bunda mahalliy hamda jahon tajribasni 
o`rgangan holda ilmiy tadqiqot ishini olib borishdan iborat.  
Tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Auditorlik 
xulosasi va hisobotini tuzishning ilmiy, nazariy va metodologik asoslarini 



yoritishda 
mahalliy 
iqtisodchi 
olimlardan 
K.Ahmadjonov, 
I.Yakubov
3

O.Masharipov
4
, Sh.N.Fayziyev, A.A.Karimov
5
, F.R.Islomov, A.Z.Avloqulov
6
darsliklari, Raximov M., Fayziyeva U., Pardaev A., А.Аbdugаniеv, Quziyev I. 
Do`stmurodov R., А.Kаrimоv, R.Хоlbеkоv, Z.Mаmаtоv, N.Kаrimоv, , B.Xаsаnоv, 
A.Xoshimov, vа bоshqаlаrning ilmiy ishlаri o`rganildi. Xorijiy olimlardan esa 
Sheremet D.A, Suyts V.P
7
,
Ivashkevich V.Blarning
8
ning ilmiy ishlari bilan 
tanishib chiqildi.
Mazkur adabiyotlarda Shuningdek O`zbekiston Respublikasining 
“Auditorlik faoliyati to`g`risida”gi qonuni, «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish 
va auditorlik tekshiruvlarining ahamiyatini oshirish to'g'risida» gi O'zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentyabrdagi 365-son qarori, 
auditorlik faoliyatining 2016-yil 1-dekabrida Adliya Vazirligidan 2844 rahami 
bilan ro`yxatdan o`tkazilgan 70-sonli “Moliyaviy hisobot to`g`risida auditorlik 
hisoboti va auditorlik xulosasi” nomli standarti,
700-sonli “Moliyaviy hisobotlar 
to`g`risida fikr hosil qilish va hisobot (xulosa) berish”, 705-sonli “Mustaqil 
auditorlar hisoboti(xulosasi) da fikrni modifikatsiyalash”, 706-sonli “Mustaqil 
auditorlar hisoboti(xulosasi) da tushuntirish paragraflari va boshqa masala 
paragraflari”, 710-sonli “Qiyosiy axborot-qiyosiy ko`rsatkichlar va qiyosiy 
moliyaviy hisobotlar” nomli auditorlik faoliyatining xalqaro standartlaridan 
foydalanildi. 
Biroq, ularning ilmiy ishlarida auditorlik hisoboti va tuzishdagi muammolar 
va ularni bartaraf etish yo`llari yetarlicha yoritilmaganligini ta`kidlash joiz. Shu 
bois, mazkur dissertatsiya ishida mavjud muammolarni bartaraf qilish yuzasidan 
tadqiqotlar olib borildi. 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling