O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo`limi
Download 2.32 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida auditorlik xulosasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Auditorlik hisobotining yakuniy qismi
34
2.3-rasm. Auditorlik hisobotida aks ettirilishi lozim bo`lgan ma`lumotlar 35 Aktivlar saqlanishini tekshirish natijalari aktivlarni inventarizatsiya qilishga asoslanishi va ularning haqiqatda mavjudligi hamda butligi to’g’risidagi axborotlarni o’z ichiga olishi lozim. Auditorlik hisobotining yakuniy qismida aniqlangan xato-kamchiliklar va qoidabuzarliklarni bartaraf qilish bo’yicha auditorlik tashkilotining tavsiyalari, hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha maslahatlar va takliflari aks ettiriladi. № 70 -AFMS ga muvofiq auditorlik tashkiloti tuzilgan auditorlik hisoboti uchun qonunchilikka muvofiq javobgar hisoblanadi. Shuningdek, auditorlik hisobotidagi axborotlar maxfiy hisoblanadi va uni 34 70-AFMS asosida muallif tomonidan tuzilgan. 35 Muallif tomonidan tuzilgan. 36 oshkor etish mumkin emas. Ushbu axborotlarga aloqador shaxslar axborotlarni oshkor qilganligi uchun qonunchilikka muvofiq, javobgarlikka tortiladi 36 . Auditorlik tekshiruvining natijalari asosida tuzilgan hisobotda korxona moliya-xo’jalik faoliyati va uning natijalarining umumiy ahvoli, shuningdek, buxgalteriya hisobii yuritish va hisobot tuzishning holati, tahlil ishlarining darajasi hamda korxonadagi hisob-tahlil xodimlarining tavsifi aks ettiriladi. Auditorlik hisoboti ma’lumotlari korxona bozor sharoitlariga qanday moslashayotganligi va muvaffaqiyatli rivojlanishi hamda foydasini ko’paytira olishga qodirligini yoki aksiyanchaligini bildirishi lozim. Albatta, tekshirilayotgan korxonadagi aqvol bezab ko’rsatilmasdan, auditorga taqdim qilingan axborot haqiqiy bo’lgandagina etiroslarga berilmagan va real auditorlik hisoboti hamda xulosa shakllanadi. Aks holda, auditorlik tekshiruvi befoyda va uni o’tkazish uchun sarflangan mablag’ esa zoe ketadi. Auditor hisobotda keltirilgan kamchiliklar bo’yicha ularni bartaraf qilishga qaratilgan o’z takliflarini ham ko’rsatib o’tishi lozim. Lekin tekshirilayotgin korxona xodimlariga «yaxshilik» qilish maqsadida auditor shaxsan o’zi dastlabki hujjatlar, hisob registrlari va buxgalteriya hisobotlaridagi xatolarni to’g’rilashi mutlaqo mumkin emas. Shu bilan birga auditorlarga u yoki bu noxush faktlarni boshqacha qilib yoritishga yoki tekshiruvchilar uchun qulay xulosa tuzib berishga majburlash maqsadida ruhiy, jismoniy yoki boshqacha taz’yiqlar o’tkazgan hollarda ular qat’iylik va printsipiallik bilan ish tutishlari lozim. Auditor aniqlangan xato yoki kamchiliklar to’g’risida korxona rahbariyatiga bildiradi va ularni tuzatish bo’yicha aniq tavsiyalar beradi. Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor moliyaviy hisobot mijozning tekshiruv holatini to’g’ri aks etishiga kafolat olish maqsadida, muayyan muolajalarni amalga oshiradi. Shuning bilan bir qatorda, hisobotda bir qator buzib ko’rsatishlar aniqlanmasdan qolib ketish xafvi borligini inkor qilib bo’lmaydi. Auditorning moliyaviy hisobotda ahamiyatli darajada buzib ko’rsatishlar 36 №70 «Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to`g`risida auditorlik xulosasi» nomli AFMS. 7-parag. 16-17-bandlar 37 mavjud bo’lishi mumkinligi to’g’risidagi har bir shubhasi, o’z shubhalaridan kechish yoki ularni tasdiqlash uchun, undan muolajalarni kengaytirishni talab qiladi. Moliyaviy hisobotdagi buzib ko’rsatishlar, ya’ni buxgalteriya hisobii tashkil etish va yuritish bo’yicha belgilangan qoidalarga rioya qilmaslik natijasida buxgalteriya ma’lumotlarini noto’g’ri aks ettirish va taqdim etishni ikki turi mavjud: ataylab qilingan va birlmasdan sodir etilgan. Moliyaviy hisobotda ataylab qilingan buzib ko’rsatishlarni sodir etish tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ekt xodimlarining oldindan birlgan holdaharakat qilishi (yoki harakat qilmasligi) natijasidir. Ular moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg’itish uchun g’arazgo’ylik maqsadida amalga oshiriladi. Shuning bilan bir qatorda, auditor moliyaviy hisobot ma’lumotlarida buzib ko’rsatishlarga olib keladigan iqtisodiy sub’ektining xodimi tomonidan oldindan birlgan holda qilgan harakatlari (yoki harakat qilmasligi) to’g’risida xulosa faqat bunga vakolatga ega bo’lgan idora tomonidan chiharilishi mumkinligini unutmasligi lozim. Moliyaviy hisobotda bilmagan holda buzib ko’rsatishlar tekshirilayotgan sub’ekt xodimlari tomonidan birlmasdan turib harakat qilishi (yoki harakat qilmasligi) natijasidir. Ular hisob yozuvlari va hisob-kitoblardagi xatolar, hisob to’liqligi yuzasidan nazorat yetarli bo’lmaganligi, hisobda xo’jalik faoliyatiga oid voqealar, mol-mulkning mavjudligi va holati noto’g’ri aks etilishi natijasida hosil bo’lishi mumkin. Moliyaviy hisobotni ataylab va bilmagan holda buzib ko’rsatish ahamiyatli (ya’ni, ular moliyaviy hisobot ishonchliligiga shunday darajada ta’sir etadiki, natijada yuqori malakali foydalanuvchi uning asosida noto’g’ri xulosalarga kelishi yoki noto’g’ri qarorlar qabul qilishi mumkin) yoki ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. Buzib ko’rsatishlar paydo bo’lishiga sabab bo’lgan iqtisodiy sub’ektning ichki xo’jalik yuritish faoliyatiga mansub omillar quyidagilardir: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling