O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo`limi


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/42
Sana04.11.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1747575
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
Bog'liq
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida auditorlik xulosasi

34
 
2.3-rasm. Auditorlik hisobotida aks ettirilishi lozim bo`lgan ma`lumotlar
35
 
Aktivlar saqlanishini tekshirish natijalari aktivlarni inventarizatsiya qilishga 
asoslanishi va ularning haqiqatda mavjudligi hamda butligi to’g’risidagi 
axborotlarni o’z ichiga olishi lozim.
Auditorlik hisobotining yakuniy qismida aniqlangan xato-kamchiliklar va 
qoidabuzarliklarni bartaraf qilish bo’yicha auditorlik tashkilotining tavsiyalari
hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliya-xo’jalik faoliyati samaradorligini 
oshirish bo’yicha maslahatlar va takliflari aks ettiriladi.
№ 70 -AFMS ga muvofiq auditorlik tashkiloti tuzilgan auditorlik hisoboti 
uchun qonunchilikka muvofiq javobgar hisoblanadi.
Shuningdek, auditorlik hisobotidagi axborotlar maxfiy hisoblanadi va uni 
34
70-AFMS asosida muallif tomonidan tuzilgan.
35
Muallif tomonidan tuzilgan.


36 
oshkor etish mumkin emas. Ushbu axborotlarga aloqador shaxslar axborotlarni 
oshkor qilganligi uchun qonunchilikka muvofiq, javobgarlikka tortiladi
36

Auditorlik tekshiruvining natijalari asosida tuzilgan hisobotda korxona 
moliya-xo’jalik faoliyati va uning natijalarining umumiy ahvoli, shuningdek, 
buxgalteriya hisobii yuritish va hisobot tuzishning holati, tahlil ishlarining darajasi 
hamda korxonadagi hisob-tahlil xodimlarining tavsifi aks ettiriladi.
Auditorlik hisoboti ma’lumotlari korxona bozor sharoitlariga qanday 
moslashayotganligi va muvaffaqiyatli rivojlanishi hamda foydasini ko’paytira 
olishga qodirligini yoki aksiyanchaligini bildirishi lozim.
Albatta, tekshirilayotgan korxonadagi aqvol bezab ko’rsatilmasdan, 
auditorga taqdim qilingan axborot haqiqiy bo’lgandagina etiroslarga berilmagan va 
real auditorlik hisoboti hamda xulosa shakllanadi. Aks holda, auditorlik tekshiruvi 
befoyda va uni o’tkazish uchun sarflangan mablag’ esa zoe ketadi.
Auditor hisobotda keltirilgan kamchiliklar bo’yicha ularni bartaraf qilishga 
qaratilgan o’z takliflarini ham ko’rsatib o’tishi lozim.
Lekin tekshirilayotgin korxona xodimlariga «yaxshilik» qilish maqsadida 
auditor shaxsan o’zi dastlabki hujjatlar, hisob registrlari va buxgalteriya 
hisobotlaridagi xatolarni to’g’rilashi mutlaqo mumkin emas.
Shu bilan birga auditorlarga u yoki bu noxush faktlarni boshqacha qilib 
yoritishga yoki tekshiruvchilar uchun qulay xulosa tuzib berishga majburlash 
maqsadida ruhiy, jismoniy yoki boshqacha taz’yiqlar o’tkazgan hollarda ular 
qat’iylik va printsipiallik bilan ish tutishlari lozim.
Auditor aniqlangan xato yoki kamchiliklar to’g’risida korxona rahbariyatiga 
bildiradi va ularni tuzatish bo’yicha aniq tavsiyalar beradi.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor moliyaviy hisobot mijozning 
tekshiruv holatini to’g’ri aks etishiga kafolat olish maqsadida, muayyan 
muolajalarni amalga oshiradi. Shuning bilan bir qatorda, hisobotda bir qator buzib 
ko’rsatishlar aniqlanmasdan qolib ketish xafvi borligini inkor qilib bo’lmaydi. 
Auditorning moliyaviy hisobotda ahamiyatli darajada buzib ko’rsatishlar 
36
№70 «Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to`g`risida auditorlik xulosasi» nomli AFMS. 7-parag. 16-17-bandlar


37 
mavjud bo’lishi mumkinligi to’g’risidagi har bir shubhasi, o’z shubhalaridan 
kechish yoki ularni tasdiqlash uchun, undan muolajalarni kengaytirishni talab 
qiladi. 
Moliyaviy hisobotdagi buzib ko’rsatishlar, ya’ni buxgalteriya hisobii tashkil 
etish va yuritish bo’yicha belgilangan qoidalarga rioya qilmaslik natijasida 
buxgalteriya ma’lumotlarini noto’g’ri aks ettirish va taqdim etishni ikki turi 
mavjud: ataylab qilingan va birlmasdan sodir etilgan. 
Moliyaviy hisobotda ataylab qilingan buzib ko’rsatishlarni sodir etish 
tekshirilayotgan iqtisodiy sub’ekt xodimlarining oldindan birlgan holdaharakat 
qilishi (yoki harakat qilmasligi) natijasidir. Ular moliyaviy hisobotdan 
foydalanuvchilarni chalg’itish uchun g’arazgo’ylik maqsadida amalga oshiriladi. 
Shuning bilan bir qatorda, auditor moliyaviy hisobot ma’lumotlarida buzib 
ko’rsatishlarga olib keladigan iqtisodiy sub’ektining xodimi tomonidan oldindan 
birlgan holda qilgan harakatlari (yoki harakat qilmasligi) to’g’risida xulosa faqat 
bunga vakolatga ega bo’lgan idora tomonidan chiharilishi mumkinligini 
unutmasligi lozim. 
Moliyaviy hisobotda bilmagan holda buzib ko’rsatishlar tekshirilayotgan 
sub’ekt xodimlari tomonidan birlmasdan turib harakat qilishi (yoki harakat 
qilmasligi) natijasidir. Ular hisob yozuvlari va hisob-kitoblardagi xatolar, hisob 
to’liqligi yuzasidan nazorat yetarli bo’lmaganligi, hisobda xo’jalik faoliyatiga oid 
voqealar, mol-mulkning mavjudligi va holati noto’g’ri aks etilishi natijasida hosil 
bo’lishi mumkin. 
Moliyaviy hisobotni ataylab va bilmagan holda buzib ko’rsatish ahamiyatli 
(ya’ni, ular moliyaviy hisobot ishonchliligiga shunday darajada ta’sir etadiki, 
natijada yuqori malakali foydalanuvchi uning asosida noto’g’ri xulosalarga kelishi 
yoki noto’g’ri qarorlar qabul qilishi mumkin) yoki ahamiyatsiz bo’lishi mumkin.
Buzib ko’rsatishlar paydo bo’lishiga sabab bo’lgan iqtisodiy sub’ektning 
ichki 
xo’jalik 
yuritish 
faoliyatiga 
mansub 
omillar 
quyidagilardir:


38 

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling