O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo`limi


Download 2.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/42
Sana04.11.2023
Hajmi2.32 Mb.
#1747575
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42
Bog'liq
iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida auditorlik xulosasi

1.10-rasm.
 
700-sonli “Moliyaviy hisobotlar to`g`risida fikr hosil qilish va 
hisobot (xulosa) berish” nomli auditorlik faoliyatining xalqaro standartida 
yoritilgan masalalar
30
 
1.11-rasmda qayd etilgan so`nggi “Qiyosiy axborot –qiyosiy ko`rsatkichlar 
va qiyosiy moliyaviy hisobotlar deb nomlangan 710-sonli AXSda ushbu masalalar 
bilan tartibga solinadi (1-11-rasm). 
Auditorlik muolajalarini rejalashtirishda va amalga oshirishda hamda ular 
natijalariga baho berishda va hisobot taqdim etishda auditor subyekt faoliyati 
qonunlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiq emasligi moliyaviy hisobotga ahamiyatli 
30
700-sonli AXS asosida muallif tomonidan tuzilgan.


32 
ta’sir ko’rsatishi mumkinligini his etishi lozim.
1.11-rasm. “Qiyosiy axborot –qiyosiy ko`rsatkichlar va qiyosiy moliyaviy 
hisobotlar deb nomlangan 710-sonli AXSdagi asosiy yoritilgan masalalar 
tarkibi
31
Auditorlik muolajalarini rejalashtirishda va amalga oshirishda hamda ular 
natijalariga baho berishda va hisobot taqdim etishda auditor subyekt faoliyati 
qonunlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiq emasligi moliyaviy hisobotga ahamiyatli 
ta’sir ko’rsatishi mumkinligini his etishi lozim.
Biroq, audit faoliyatning barcha qonunlarga va me’yoriy hujjatlarga muvofiq 
bo’lmagan holatlarini aniqlab beradi deb bo’lmaydi.
Faoliyat muvofiq emasligini aniqlash, ahamiyatligidan qat`iy nazar, subyekt 
rahbariyati yoki xodimlarning halolligiga oid masalalarni va ular auditning boshqa 
jabhalariga ta’sir ko’rsatishligi ehtimolini ko’rib chiqishni talab qiladi

Birinchi bob bo`yicha xulosalar 
Xo`jalik yurituvchi subyektlar moliyasi davlat moliyaviy saloxiyatining 
asosini tashkil etishini hisobga oladigan bo`lsak, O`zbekiston Respublikasining 
“Auditorlik faoliyati to`g`risida”gi qonunini amalga oshirish, auditorlik 
tekshiruvlarining roli va maqomini belgilash , soliq va boshqa nazorat organlari 
tomonidan auditorlik xulosalari hisobini yuritishni ta`minlash maqsadida so`nggi 
vaqtlarda mamlakatimizda auditorlik faoliyatini amalga oshirish tartibiga jiddiy 
o`zgartirishlar kiritilayotgani ushbu saloxiyatni yanada oshirishga qaratilganini 
31
710-sonli AXS asosida muallif tomonidan tuzilgan.


33 
anglashimiz mumkin.
Auditorlik hisoboti va xulosasi foydalanuvchilarga xolis taraf tomonidan 
korxonaning moliyaviy ahvoli va ichki nazorat tizimi to`g`risida shaffof hamda 
haqqoniy axborot berishini e`tiborga oladigan bo`lsak, ularni tuzish va taqdim etish 
masalalarini tartibga solish zaruriyati dolzarb masala ekanligini xulosa qilish 
mumkin.
Birgina aksiyadorlik jamiyatlari, banklar va boshqa kredit tashkilotlari, 
sug`urta tashkilotlari, investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning 
mablag`larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning investitsiya 
aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar, manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning 
ixtiyoriy badallari bo`lmish hayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar, 
mablag`larining hosil bo`lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, 
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo`lmish 
byudjetdan tashqari fondlar, ustav fondida davlatga tegishli ulush bo`lgan xo`jalik 
yurituvchi sub’ektlar va davlat unitar korxonalari, fond va tovar birjalarida 
auditorlik tekshiruvlarining majburiy qilib belgilanganligining o`zi ushbu ikki 
hujjatga bo`lgan ehtiyoj va ularga yuklatilgan mas`uliyatning yuqoriligini 
belgilaydi
32
.
Bizningcha, mamlakatimiz yurtboshi ta`kidlaganlaridek iqtisodiy siyosatda 
noreal raqamlar ortidan quvish, amalga oshmaydigan xomxayollarni haqiqat 
sifatida taqdim etishdek noma’qul ish uslubi tanqidiy qayta ko‘rib chiqilgani 
auditorlik hisoboti va xulosalarini tuzish hamda taqdim etish masalalarini yanada 
takomillashtirish uchun turtki bo`ladi.

Download 2.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling