O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali «oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish


“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan


Download 5.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet216/346
Sana08.11.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1756627
TuriСборник
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   346
Bog'liq
TKTI-Shahrisabz-konfrensiya-2022

“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan 
foydalanish muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel 
210 
GO’SHT MAHSULOTLARINI KONSERVALASHDA SIFAT TALABLARINING 
BUZILISHI. 
 
Fayzullayeva Gulchehra Akbarali qizi TKTI Shahrisabz filiali talabasi 
Qobilov Feruz Shuxrat o`g`li TKTI Shahrisabz filiali assistenti 
Go‘sht konservalari yuqori haroratda issiqlik ishlovi berib, tunuka yoki shisha bankalarga joylab, 
germetik bekitib, sterilizatsiyaqilingan mahsulotdir. Go‘sht konservalarining ozuqaviy Qiymati va 
energiya berish qobiliyati go‘shtlardan ham yuqoridir, chunki konserva mahsulotlarini tayyorlashda 
go‘shtdan iste’mol qilinmaydigan qismlar ajratib tashlanadi va unga qo‘shimcha ta’m 
beruvchimoddalar qo‘shiladi. 
Go‘sht konservalarining sifati bankalarning tashqi ko‘rinishini nazorat qilish va bankadagi 
mahsulotningorganoleptik, kimyoviy va bakteriologik ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida baholanadi. 
Tashqi ko‘rinishini aniqlaganda avvalom bor germetik bekitilgan yoki bekitilmaganligi, bombaj bor 
yoki yo‘qligi, bankaning deformatsiya uchraganligi, choklarida nuqsonlarning mavjudligi yoki 
mavjud emasligi, zanglaganlik belgilari kabi ko‘ratkichlariga e’tibor beriladi. Konserva sifatini 
baholaganda har bir partiyadan o‘rtacha namunalar olinadi. Bir xil partiya deganda bir zavodda, bir 
kunda va vaqtda bir xil nomdagi va navdagi ishlab chiqarilgan konserva mahsulotlari tushuniladi. 
Agar mahsulot sig‘imi 1 litrgacha bo‘lgan bankalarga qadoqlangan bo‘lsa, unda har yashikdan jami 
10 ta banka olinib, shu bankalardan kichik namunalar olinadi. Namunani laboratoriya tekshiruviga 
jo‘natishda dalolatnoma tuziladi va albatta konservaning etiketka qog‘ozi bo‘lishi kerak. Unda 
korxonaning nomi, mahsulotning nomi, navi va ishlab chiqarilgan vaqti, namuna olingan mahsulotni 
partiyasi hajmi, namuna olingan vaqti, namuna olgan kishining ismi-sharifi, mansabi, konservaning 
qaysi ko‘rsatkichlari aniqlanishi kerakligi, konserva sifati bo‘yicha javob berishi kerak bo‘lgan 
me’yoriy texnik xujjatning nomeri va transport xujjati nomeri kabi axborotlar keltirilishi kerak. 
Bombaj belgilari bor germetik bo‘lmagan, bankadan mahsulot sizib chiqqanlik belgilari mavjud, juda 
zanglab ketgan konserva mahsulotlarni sotuvga ruxsat etilmaydi. Konserva bankalarining germetik 
bekitilganligini tekshirishning eng oddiy usuli bankalarni 90-95°gacha qaynoq suvga 5-7 daqiqa solib 
qo‘yib kuzatish hisoblanadi. Bankalarda yoki uning choklaridan havo pufakchalarining ajralib chiqa 
boshlashi konserva bankasining germetik emasligidan dalolat beradi. Agar havo pufakchalarining 
ajralib chiqishi kuzatilmasa, unda konserva bankalari germetik bekitilgan deb topiladi. Go‘sht 
konservalaridan faqatgina dimlangan mol, qo‘y, cho‘chqa go‘shti konservalari a’lo va1-chi navlarga 
bo‘linadi, qolganlari esa navlarga bo‘linmaydi. Organoleptik baholashda banka ichidagi 
mahsulotning tashqi ko‘rinishi, rangi, konsistensiyasi, hidi va ta’mi, quymasining sifati kabi 
ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Go‘sht konservalarining asosiy fizik-kimiyoviy ko‘rsatkichlariga butun 
konserva massasida go‘sht qismining miqdori, ular tarkibidagi yog‘ va tuz miqdori kiradi. 
Shuningdek, go‘sht konservalari tarkibida qalay tuzi miqdori ham aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich 1 kg 
mahsulotda 200 mg dan oshmasligi standartda belgilab qo‘yilgan. 
Go‘sht konservalari tunuka va shisha bankalarga 250 g dan 1000 g gacha qilib qadoqlanadi. 
Bankalar litografiya yo‘li bilan tamg‘alangan yoki yorliq yopishtirilgan bo‘lishi kerak. Litografiya 
yo‘li bilan bankalar tubiga bosilgan shartli raqamlarning birinchi qatorida korxonaning raqami va 
konserva ishlab chiqarilgan yilning oxirgi raqami ko‘rsatiladi. Ikkinchi qatordagi raqamlarda esa 
smena nomeri bitta raqam bilan, konserva ishlab chiqarilgan chislo ikkita raqam bilan, oylar rus 
alifbesidagi A dan N gacha harflar bilan (A-yanvar, B fevral va hokazo) va konserva assortimenti 
uchtagacha raqam bilan ko‘rsatiladi. Hozirgi kunda go‘sht konservalarini tamg‘alashda EAN 
sistemasi bo‘yicha shtrixli kodlashga ham katta e’tibor berilmoqda. 
Go‘sht konservalarini toza, quruq xonalarda,15 C dan yuqori bo‘lmagan haroratda va havoning 
nisbiy namligi 75% dan ortiq bo‘lmagan sharoitda saqlash tavsiyaetiladi. Go‘sht konservalarining 
saqlanish muddati ularning termik ishlov berilganligi, konserva turi va konserva qanday idishga 
qadoqlanganiga qarab har xil bo‘ladi. Masalan, Dimlangan go‘shtli konservalarni ichki tomoni 
sirlangan tunuka bankalarda 45 yilgacha saqlash mumkin. Boshqa sterilizatsiya qilingan konserva 



Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling