“Oziq-ovqat va funksional oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish
muammolari” ilmiy-amaliy anjumani Shahrisabz-2022 yil 22-23 aprel
283
havoda uzoq vaqt saqlab turish jarayonida eruvchanlik xolati kamayib boradi, yopishqoqlik xolati esa
ortib boradi.
Quruq pilal uzoq vaqt saklanganda ham ipak chiqishi va sifati pasayadi. [4]
Pilla 6 oydan 30 oygacha saqlanadi. Tajribalarni koʻrsatishicha saqlash muddati 12 oydan 30
oygacha uzayganda ham ipak chiqishi 6,7 foizga, chuvuluvchanlik 7 foizga pasayar ekan. SHu bilan
birga losning chiqishi 1,5 foizga, kazna chiqishi 1,3 foizga koʻpayadi.
Tirik pillalar sovuqxonalarda dastlabki ishlov berilmasdan saqlansa, pilla qobig’ining suv
oʻtkazuvchanlik xususiyati, qizigan va namlangan issiq xavo bilan oʻldirib soyali quritkichlarda
quritilgan pillalarga nisbatan 2-2,5 barobar ortadi.Tirik pillalar sovuqxonalarda saqlanganda pilla
qobig’iga suvning shimiluvchanligi, ishlab chiqarishda qoʻllanilayotgan usuldagiga nisbatan kamayishi
hisobiga suv oʻtkazuvchanligi 2 barobar ortadi. Bu oʻz navbatida ipak xom ashyosining chiqishini
ortiradi. [5]
Pillaga issiq va qizigan havo bilan dastlabki ishlov berish va soyada quritish jaroyonlari,
pilladan ipak xom ashyosini chiqishi koʻrsatkichini 30,3 % gacha kamayadi.Pilla qobig’idagi namlik
sovuqxonalarda saqlangan pillalarda yuqori boʻlganligi sababli ularning yigiriluvchanlik koʻsatkichi
yaxshi saqlanadi.Tirik pillalarga dastlabki ishlov bermasdan xolodilnikda saqlansa seritsinning suvda
eruvchanlik darajasi, issiq va qizigan xavo bilan ishlov berilgan pillalarga nisbatan 52% ortadi. Tirik
pillalarga dastlabki ishlov bermasdan xolodilnikda saqlansa qoʻshimcha 10,3 % ipak xom ashyosi olish
imkoniyati borligi aniqlangan.Sovuqxonada saqlangan pillalarni yigirmaydigan otdonka qavati 30,1 %
gacha kamayadi.Pilla qobig’ining yigiruvchanligi xolodilnikda saqlangan pillalarda 9,1 % ga ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |