O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti biznes moliyasi


Download 0.77 Mb.
bet146/216
Sana14.11.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1772326
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   216
Bog'liq
Toshkent moliya instituti biznes moliyasi-fayllar.org

Korporatsiyaga soliqlar
Siddiqiy (Siddiqi, 1995) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar, kutilgani kabi, soliqqa tortish qoidalarida korxonalar uchun dividendlarni kamroq xarajatli qiluvchi o‘zgarishlar dividend to‘lovlarini ko‘paytirishini ko‘rsatdi.
Pul oqimlari va investitsiya imkoniyatlari
Barklay, Smit va Uotts (Barclay, Smith and Watts, 1995) saralab olingan Amerika kompaniyalari faoliyatini o‘rganish asosida, xuddi bir paytlar MM ta‘kidlaganidek, kompaniyada jiddiy investitsiya imkoniyatlari mavjud bo‘lgan paytlarda dividend pasayish tendentsiyasiga ega bo‘lishini aniqlashdi.
MM tamoyillariga amal qiluvchi kompaniyalarga misollar
Chakana savdo bo‘yicha yirik kompaniya bo‘lgan Monsoon plc 2004 yil uchun hisobotida quyidagini bayon etgan: —Guruh kelgusi yillarda dividend to‘lab berishi dargumon, chunki u yuqori kapital xarajatlar bosqichida qolishda davom etmoqda”.
Ryanair Holdings plc byudjet aviakompaniyasining bosh direktori Maykl O‘Liri esa o‘z fikrini Monsoon plc dan ko‘ra yaxshiroq va ochiqroq ifoda etdi. U shunday dedi: —Toki men tirik va nafas olar ekanman, toki men eng yirik aksiyador ekanman, hech qanaqa dividend to‘lamaymiz. Agar siz dividendlar olish maqsadida aviakompaniyaga investitsiya kiritadigan darajada telba bo‘lsangiz, unda sizlarni o‘zingiz qochib kelgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga qayta yotqizish kerak”
(Osborne, 2004). Aftidan, Ryanair barcha mavjud moliyaviy resurslarni yutib yuboradigan ko‘lamda kengayib borgan.
MM tamoyillariga qat’iy rioya qilyapti deyish mumkin bo„lmagan kompaniyalarga misollar
Ko‘pgina kompaniyalar, aftidan, dividendlar darajasini oxirgi moliyaviy yil foydasi bilan, lekin kelgusi investitsiyalashga tuzatishlar kiritgan holda bog‘lashadi. Misol uchun, pivo ishlab chiqaruvchi xalqaro kompaniya sanaluvchi Interbrew NV (Bass, Beck‘s, Stella Artois) 2003 yil uchun yillik hisobotida shunday bayonot beradi: —Bizning siyosatimiz kelgusidagi o‘sishni moliyalashtirish uchun
daromadlarimizning aksariyat qismini saqlab qolishdir. Biz faoliyatning oddiy turlaridan sof foydaning o‘rtacha 25-33% ini dividend to‘lovlari uchun ishlatish niyatidamiz”.
Ba‘zi kompaniyalar dividendlarni daromad darajasiga bog‘lashga qiziqish bildirmoqda. Biznesi kimyoviy moddalar va bo‘yoqlar ishlab chiqarish bo‘lgan Imperial Chemical Industries plc kompaniyasi 2003 yilgi hisobotida shunday bayon bergan: —Guruhning dividend siyosati shundan iboratki, dividendlar an‘anaviy hisoblanadigan satrlar va gudvill amortizatsiyasini chegirib tashlangunga qadar bo‘lgan sof daromadning uchdan biriga yaqinini tashkil etishi kerak”.
Boshqa kompaniyalar ham dividendni daromadga bog‘lashni afzal ko‘rishadi va ayni paytda boshqa kompaniyalar orasida ajralib turishmaydi. Masalan, The GoAhead Group plc transport kompaniyasi 2004 yilgi hisobotida dividendni oshirish haqida e‘lon qilar ekan, shunday bayonot beradi: —O‘tgan yili tasdiqlangan siyosatga muvofiq, yil davomida dividendlarning umumiy miqdori o‘tgan yilga nisbatan 52% ga oshdi. Endilikda 2003-yilgi dividend qoplamasini korrektirovka qilingan daromadlarning 3,2 hajmi o‘rniga joriy yilda 2,9 hajmigacha qisqartirish taklif qilinadi. Kelgusi qisqartirish prognozlangan bo‘lishi mumkin, chunki u o‘xshash kompaniyalar guruhining o‘rtacha ko‘rsatkichiga yo‘naltirilgan - ya'ni, joriy vaqtda bu umumiy hajmning 2,3 ini tashkil etadi”.
Ajablanarli jihati, Ettrij va Kim (Ettridge and Kim 1994) hisob siyosatida o‘zgarishlar daromadlar va soliq yukining yuqori bo‘lishiga olib kelgan kompaniyalarda dividendlar darajasi ham o‘sish tendentsiyasiga ega bo‘lganini aniqlashdi. Investitsiya imkoniyatlari va operatsion pul oqimlarining hajmi buxgalteriya hisobidagi o‘zgarishlarga ta‘sir etmasligi sababli bu g‘alati ko‘rinadi. Yagona real o‘zgarish esa soliq to‘lovlarining o‘sishi bo‘ladi. Bu kompaniyalar dividendlarni iqtisodiy reallikka qaraganda buxgalterlik hisobi bo‘yicha foydaga ko‘proq bog‘lashini ko‘rsatadi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling