Buyuk Britaniyada muvaffaqiyatsiz birlashish sabablari19
Omadsizlik sabablari
|
Ushbu omilni muvaffaqiyatsizlik sababi sifatida ko„rsatgan respondentlarning ulushi,%
|
Menejment pozitsiyasi
|
85
|
Birlashishdan keyingi davrda integratsiya
rejasining yo‘qligi
|
80
|
Xaridorda birlashish ob'yekti va uning sohasiga oid etarli bilimlar mavjud emasligi
|
45
|
Boshqaruv xodimlarining past darajasi va birlashish ob'yektida boshqaruvning qoniqarsiz darajasi
|
45
|
Xaridor kompaniyada kompaniyalarni sotib olish sog‘asida tajriba yo‘qligi yoki yetishmasligi
|
30
|
Uoker (Walker, 2000) 1980-yildan 1996-yillar oralig‘ida AQSHda kuzatilgan yutib yuborishlar diversifikatsiyani o‘zida aks ettirib, xaridor kompaniyaning aksiyadorlik qiymati kamayishiga olib kelganini aniqladi. Boshqa tomondan, xaridor kompaniyaning faoliyati kengayishiga olib kelgan birlashishlar aksiyadorlik qiymatining ortishiga olib kelgan.
Fuller, Netter va Stijmoller (Fuller, Netter and Stegemoller, 2002) AQSHda xaridor kompaniya aksiyadorlari birjada kotirovka
qilinmaydigan kompaniyalarni sotib olganda yutishi, kotirovka
19 Coopers and Lybrand (1993). A Review of the Acquistions Experience of Major UK Companies.
qilinadigan kompaniyalarni sotib olganda esa yutqazishini aniqlagan. Bundan tashqari, ular yirik kompaniyalarni sotib olayotganda va kompensatsiya sifatida pul emas, balki aksiyalar qatnashganda foyda ko‘proq bo‘lishini payqashdi.
Bruner (Bruner, 2004)ning ta'kidlashicha, juda ko‘plab tadqiqotlarda qo‘llaniladigan AQSH firmalarini yutib yuborish tajribasiga asoslangan yondashuv to‘g‘ri emas, chunki unda asosan yirik kompaniyalar qatnashgan omadsiz birlashishlarning nisbatan kichik soni tadqiqot natijalariga favqulodda ta‘sir ko‘rsatgan.
Ushbu muallifga ko‘ra, barcha yutib yuborishlar nishon-kompaniya aksiyadorlariga, shuningdek, xaridor kompaniyaning aksariyat aksiyadorlariga foyda keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |